YAllig`langan-o’zgargan ortiqcha to’qimalarni olib tashlash. YOmon fiksatsiyalangan tish
protezlarini taqib yurganda, ularning noadekvatligi natijasida ko‘pincha alveolyar yoy, milk egatchasi shilliq
qavatida fibroz o‘simtali o‘zgarishlar yuzaga keladi. Tish protezini korrektsiya qilish bilan bunday
o‘zgarishlarni yo‘qotish mumkin. Boshqa hollarda esa patologik to‘qimani operativ yo‘li bilan olib tashlash
zarur. Eng oddiy usul bo‘lib, elektrokoagulyatsiya yoki lazer yordamida olib tashlash hisoblanadi, bunda
jarohat tampon ostida ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Sezilarli miqdorda ortiqcha yallig`langan to‘qimalar
bo‘lganda, periostgacha bo‘lgan oddiy kesib olib tashlash usuli o‘tkaziladi, so‘ng jarohat tugunsimon yoki
uzluksiz choklar bilan tikiladi. Jarohatni tikish uchun to‘qimalar etishmaganda uning qirg`oqlarini tortmasdan
suyak usti pardasiga tikib qo‘yiladi; hosil bo‘lgan nuqson ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Barcha jarrohlik
aralashuvda kelajakda protezlash uchun sharoitlarni hisobga olish shart, shu o‘rinda etarli chuqurlikdagi milk
egatini hosil bo‘lishi ham. SHakllantiruvchi shina, perevyazka yoki gigienik aralashuvlarda echiluvchi
yumshoq taglik asosli protezlarning fiksatsiyasi bunga olib kelishi mumkin.
Eng qiyin bo‘lib, qattiq tanglay shilliq qavatidagi papillamatoz o‘simtalarni olish hisoblanadi. Bunday
o‘zgarishlar asosan tish protezlari shikastlanishida, og`iz bo‘shlig`ining etarli bo‘lmagan gigienasida,
zamburug`li infektsiyalarda yuzaga keladi. Konservativ davolash va protez korrektsiyalari effektiv bo‘lmagan
holatlarda operativ aralashuvlar talab qilinadi. Bu koagulyatsiya, lazer yordamida olib tashlash, suyuq azot
bilan obrabotka, bor yordamida, shuning skalpel bilan patologik to‘qimalarni suyak usti pardasigacha
olishdan iborat bo‘ladi. Albatta, to‘qimalarni patologoanatomik tekshirish zarur. Bog`lam va himoya
plastinkasi (iloji bo‘lsa yumshoq tagliklisi ma`qul) bilan jarohat yuzast yopilganda, 4 hafta ichida ikkilamchi
tortilish bilan jarohatni bitishiga yaxshi sharoit yaratiladi. YUqori jag` alveolyar o‘sig`i va pastki jag`
alveolyar qismini qoplab turuvchi shilliq qavat va suyak usti pardasidagi g`adir-budurlikni kamayishida
patologik maydonini qamrab oluvchi ellipsimon ulanib ketuvchi kesmalar o‘tkaziladi. Bir-biriga teguvchi
tortilmasdan vestibulyar va oral tomondan shilliq-suyak usti pardasi laxtagi mobilizatsiya qilinib, so‘ng
jarohat tugunsimon yoki uzluksiz choklar yordamida tikiladi. Agar jarohat chetlarini bir-biriga
yaqinlashtirgandan so‘ng yalag`ochlangan suyak maydonchasi qolsa uni doka tamponi bilan yopiladi. Jarohat
ikkilamchi tortilish bilan bitadi. Retromolyar sohadagi to‘qimalar hajmini kamayishi. Bu sohada gipertrofiya
natijasida ko‘pincha ortiqcha to‘qimalar kuzatiladi. Ortiqcha to‘qimalar ellipssimon shaklda kesiladi, nuqson
qirralari yupqalashtirilib, jarohat tugunsimon yoki uzluksiz choklar yordamida tikiladi. Tanglay distal
sohasidagi ortiqcha yumshoq to‘qimalarni olib tashlash. Tanglay gumbazining distal qismida ko‘pincha
ortiqcha yumshoq to‘qimalar aniqlaniladi, bu esa uning torayishiga va protezlashda qiyinchiliklarga olib
keladi. Operatsiya vaqtida oldingi tanglay arteriyasi, qanotsimon venoz tutamining jarohatlanishi kuzatiladi,
shuning uchun to‘qimalar yuzaki olib tashlanadi. Ortiqcha yumshoq to‘qimalar o‘tkir yupqa skalpel bilan
shilliq qavat va shilliq osti qavat chuqurligiga teguvchi yuzagacha olinadi. Jarohat chetlari yaqinlashtirilib,
choklar qo‘yiladi va jarohat yuzasiga himoya plastinkasi taqiladi.