Qattiq tanglaydagi tanglay valigi sohasidagi ekzostozlarni olish. Olib qo‘yiluvchi tish protezlarini
konstruktsiya qilish va ishlatish vaqtida ko‘pincha tanglay valigidagi ekzostozlar muammo keltiradi. Ular har
xil shakl va konfiguratsiyaga ega bo‘ladi, ba`zida etarli darajadagi kattalikka ega bo‘ladi va tanglay
gumbazini deformatsiyalaydi. Ekzostozlarni olishda tanglay o‘rta chizig`i bo‘ylab engil kesma o‘tkaziladi va
kesmaning oldingi va distal oxirlari 30-45
O
burchak ostida kesiladi. SHilliq-suyak usti pardasi laxtagi
ko‘chirilib, chetga suriladi va uni qirg`oqlaridan ligaturalar o‘tkazilib, suyak do‘mbog`i asosi
yalang`ochlanadi. Do‘mboq iskana (doloto) va bolg`acha, bor yoki frezlar yordamida olinadi. Ko‘p hollarda
do‘mboqni bir necha fragmentlarga bo‘lib, kusachka, iskanalar bilan qismlarga bo‘lib olinadi. Lekin bu ishni
astalik bilan qilish lozim, chunki burun bo‘shlig`i tubini perforatsiya qilib qo‘yish mumkin. Suyak yuzasi
silliqlanadi va shilliq-suyak usti pardasi laxtagi joyiga qo‘yilib, suyak yuzasiga yumshoq to‘qimalar barmoq
bilan bosiladi. Ortiqcha to‘qimalar olib tashlanadi va jarohat qirg`oqlarini tortmagan holda unga tugunsimon
choklar qo‘yiladi. Gematoma bo‘lishini oldini olish uchun tanglay sohasiga uncha katta bo‘lmagan bosim
kuch bilan yodoform suyuqligi yoki yodli aralashma, shipovnik, oblepixa moyi va b.qalarga shimdirilgan
dokali bog`lam qo‘yiladi. Bunday boylamni iloji bo‘lsa ipakli choklar bilan mahkam qilib qo‘yish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Tayyorlangan himoya plastinkasi yaxshi fiksatsiyalanishi kerak, lekin ortiqcha bosim
ko‘rsatmasligi lozim, chunki yuqori bosimda yumshoq to‘qimalarning nekrozi yuzaga keladi. Opreatsiyadan
keyingi davrda bog`lamlar almashtirilb turiladi va yallig`lanishni oldini olish uchun og`iz bo‘shlig`ida
gigienik muolajalar olib boriladi.