Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Vaziyatli masalalar 
 
1.  Bemor  Z.  63  yoshda,  bo‘limga  og`ir  axvolda  murojat  qildi.  Shikoyatlari:  boshning  o‘ng  yarimida 
doimiy  zirqiragan  o‘tkir  og`riqqa,  og`iz  ochilishini,  yutinishni  imkoniyati  yo‘qligiga,  umumiy  xolsizlikka, 
qaltirashga, tana haroratini 40,0 gacha ko‘tarilishiga. Anamnezidan, 2 kun ilgari turar joy poliklinikasida yuqori 
o‘ng tomon 7,8 tishlari surunkali periodontit o‘tkirlashuvi bo‘yicha sug`urilgan. Sug`urilishiga qaramay yuqori 
jag`  sohasida  og`riq  kuchaygan,  boshning  o‘ng  yarimiga  og`riq  tarqalgan,  og`iz  ochilishi  chegaralanishi 
kuchaygan, yutinishda og`riq ko‘paygan. 
Ob`ektiv:  teri  qoplami  oqargan,  yuz  sohasi  muzdek  ter  bilan  qoplangan,  shifokor  savollariga  sust javob 
qaytaradi.  Murojat  qilganda  tana  harorati  41,2  gradusda,  O‘ng  tomon  chakka  va  quloq  oldi  chaynov  sohalari 
yumshoq to‘qimalarida shish aniqlanadi. (―qum soati‖ belgisi), shuningdek o‘ng ko‘z yuqori va pastki qovoqlari 
shishi  kuzatiladi.  O‘ng  tomon  chakka  sohasi  teri  rangi  o‘zgarmagan.  Chakka  mushagi  kengligida  palpatsiya 
qilinganda  noaniq  konturli  o‘tkir  og`riqli  zich  yallig`lanish  infiltratli  aniqlanadi.  Flyuktuatsiya  aniqlanmaydi, 
og`iz ochilishi qiyinlashgan, pastki jag`ni yon xarakatlarida o‘tkir og`riq seziladi. Og`iz bo‘shlig`i: o‘ng yuqori 
6,7,8 tishlar sohasi vestibulyar tomondan o‘tuv burmasi shilliq qavatida qizarish, shish aniqlanadi. Yuqori jag` 
do‘mbog`iga  tomomn  palpatsiya  qilinganida  o‘tkir  og`riqli  yallig`lanish  infiltrati  aniqlanadi.  Shuningdek 
yumshoq tanglay va o‘ng tomon yutqin yon devori yuqori bo‘limlari shilliq qavatida shish kuzatiladi. 
 
1. Tashxis qo‘ying. Tashxislashda asoslangan asosiy klinik belgilarni ko‘rsating. 
2. Davolash rejasini belgilang. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin