Buxoro davlat tibbiyot instituti xirurgik stomatologiya kafedrasi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/258
tarix07.03.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#53443
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258
ogiz boshligi jarrohligi

Vaziyatli masala: 
 
1.Bemor  34  yosh  poliklinikaga  o‘ng  tomon  til  osti    sohasidagi  shish  va  og`riq,  yutingandagi  og`riq,  tilni  
harakatlantirgandagi  og`riq  tufayli  nutq  buzilishi  shikoyatlari  bilan  keldi.  Anamnezdan  2  yil  oldin    6  tishi  
davolangan. Vaqti-vaqti bilan tish og`rib turgan. Bir xafta oldin og`riq kuchaygan va o‘ng til osti  sohasida shish 
paydo bo‘lgan.  o‘ng tomon til osti  sohasi tekshirilganda infiltrat og`riqli, shilliq qavat shishgan va qizargan, 
jag`-til tarnovchasi silliq va og`riqli. 6 perkussiya musbat.  
1.  Taxminiy tashhis ko‘ying. 
2.  Infektsiya tarqalishi mumkin bo‘lgan yo‘llarni tushintiring. 
3.  Davolash rejasi va kesish usulini tuzing. 
 
2. Bemor 70 yosh poliklinikaga yuzning o‘ng tomoni shishi va og`rishi shikoyati bilan keldi. Anamnezidan: bir 
yil oldin 7 plombalangan, lekin plomba tushib ketgan va bir xafta oldin tish  sohasida shish va simillovchi og`riq 
paydo  bo‘lgan,  shish  sekin-asta  kattalashgan  va  shikoyatlar  ko‘paygan.  Og`zini  yaxshi  ocha  olmagan, 
yutinganda  og`riq  va  nutq  tushunarsiz  bo‘lgan.  Tekshirilganda  –  o‘tirgan  xolat,  og`iz  yarim  ochik,  nutq 
buzilgan.  Paypaslaganda      Dahan  osti  va  jag`  osti    sohalarida  og`riqli  va  qattiq  infiltrat,  bilqillash  yo‘q, 
krepitatsiya aniqlanadi.. 
1.  Tashhis ko‘ying. 
2.  Davolash rejasini tuzing 
3.  Nimaga krepitatsiya paydo bo‘lgani va bemor majburiy xolati sababini tushintiring 
4.  Qanday kesma o‘tkazish kerak va operatsiyadan keyingi davo  
 
 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   258




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin