yil nashr etilgan. Tish va og‘iz bo`shlig‘i xirurgiyasi tarakkiyotida chet mamlakat tish shifokorlari maktabi katta
rol o`ynagan. 1808 yil prof. A. Bush ―quyon lab‖ bo`yicha birinchi orperatsiyani qilgan. 1820 yilda A. Bushning
o`quvchisi pastki jag‘ rezektsiyasini amalga oshirgan. Stomatologiyada ikkita tibbiy tartib odontologiya va yuz
jag‘ jarroxligi rivojlanish natijasida kelib chiqqan. Odontologlar tish kasalliklari, davolash va protezlash bilan
shug‘ullangan. YUz jag‘ jarroxlari tish kasalliklari natijasida kelib chiqqan asoratlar bilan shug‘ullangan.
Kasallarni davolash tajribasi odontogen kasalliklar davolashga o`rtacha yondoshishni talab etadi. tish vrachini
jarroxlik bo`limiga jarroxlarning bo`lgan e`tibori umumiy jarroxlikda jag‘ orperatsiyalarini takomillashtirishga
olib kelgan. Ularning ko`pchiligini asoschisi qilib rus vrachi N.I.Pirogovni xisoblasa bo`ladi. U tomonidan jag‘
o`smalarini davolash asoslari ishlab chiqilgan. YUz plastik jarroxlik rivojlanishida Kiev universitetining prof.
YU.K. SHimanovskiyning ishlari katta rol‘ o`ynagan. U plastik orperatsiyalarga ko`rsatmalar sistemasini
printsipini ishlab chiqqan. 1886 yil plastik orperatsiyalarni mukammallashtirilgan turlarini taklif qildi va bir
qator jarroxlik aralashuvlarini metodlarini yaratdi. Rus tish vrachi S.S.Tigershtedt (1914) jag‘ sinishida
bo`laklarni tish usti sim shinalari yordamida imobilizaqiya usulini taklif etgan. O`zbekistonda stomatologiya
mustaqil fan sifatida inqilobdan keyin rivojlana boshladi. Stomatologiya fani rivojlanishi bilan Respublikada
oliy toifali yordam ko`rsatish boshlandi. Turkistonda Turkiston Davlat Universiteti qoshida tibbiyot fakul‘teti
bor edi. Fakul‘tet xirurgiya klinikasi qoshida P.P. Sitkovskiy boshchiligida yuz jag‘ jarroxligi va odontologiyasi
bo`yicha dostentlik kursi ochildi. 1925 yil gospital jarroxlik klinikasida 10 yotoqlik stomatologiya bo`limi
ochildi. Besh yildan keyin 15 ta bo`ldi. 1940 yilga kelib respublikada beshta stomatologik klinikasi, 198 ta
stomatologik va odontologik kabinet, 47 ta bo`lim, 2 ta klinika, 65 ta koyka bor edi. Ulug‘ vatan urushi davrida
O`zbeksitonda jag‘ jarroxligi tez rivojlandi. Toshkent, Samarkand va Qo`qon shaharlarida gospital qoshida yuz
jag‘ jarroxligi ochildi. SHu davrda Parodoksov M.V, L.M.Obuxova, G.A.Londa, T.A. Ayupovich, L.R.Gubin,
A.F.Klyuevalar ilmiy maslaxat va davolash ishlarini olib borishdi. Ulug‘ vatan urushidan keyin 1950 yil
Samarkand tibbiyot instituti ochildi. Kursha dostent L.M.Obuxova boshchilik qildi. O`zbeksitonda
stomatologiyani rivojlanishi asosan 1954 yilda Toshkent tibbiyot instituti qoshida stomatologiya fakul‘teti
ochilgandan keyin boshlandi. Buxoro Davlvt Tibbiyot instituti 1991 yilda ochildi.
Dostları ilə paylaş: