Ko‘rik vaqtida yig`ilgan ma`lumotlar operativ aralashuv rejasini tuzishga va xirurgik asboblar
tayyorlashga imkoniyat beradi.
Bemorni tayyorlash. Muolajadan oldin bemorni tinchlantirish, tish olishni muvaffaqiyatli o‘tkazish
garovidir. SHuning uchun muolaja vaqtida bo‘ladigan hissiyotlar haqida bemorga aytib berish kerak. U
oldindan ularga tayyor bo‘ladi va kamroq e`tibor beradi. Labil nerv tizimli bemorlarda sedativ tayyorgarlik
kichik trankvilizatorlar yordamida o‘tkazish kerak.
Operatsiyadan oldin bemorga siqib turuvchi kiyimlarni echish, tasmani bo‘shashtirish, ko‘ylakni
yoqasini bo‘shashtirish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: