elevatorlar bilan tish olish biomexanikasi. Tish va tish ildizlarini olishda erta va kechki asoratlar
va ularni bartaraf etish usullari.
Stomatologik poliklinika amaliyotida tish olish keng tarqalgan operatsiya bo‘lib hisoblanadi. Uni amalga
oshirish uchun
tish olishni texnik usullari, maxsus asboblar bilan ishlashni bilish kerak.
Ko’rsatmalar: operatsiya shoshilinch va rejali ravishda o‘tkaziladi. SHoshilinch ravishda tish,
konservativ davoga qaramay periodontdagi yiringli yallig`lanish jarayoni davom etsa olinadi. Bundan tashqari,
o‘tkir osteomielitda, periostitda, jag` oldi abstsess va flegmonada, sinusitda, limfadenitda, tishlar infektsiya
manbai bo‘lsa, konservativ usul bilan davolab bo‘lmasa yoki funktsional ahamiyatga ega bo‘lmasa olib
tashlanadi.
Rejali ravishda tish olishga ko‘rsatmalar:
1) periodontda va uning atrofidagi suyak to‘qimasida surunkali yallig`lanish o‘chog`i bo‘lib,
endodontik yo‘l bilan davolanmasa, odontogen o‘choqlar natijasida organizmni surunkali intoksiktsiyasi
kuzatilsa (xroniosepsis);
2) Tishni tojining katta qismi singan yoki anatomik xususiyatlari sababli texnik noqulayliklar bo‘lsa
(ildizlarni qiyshaygan yoki o‘tib bo‘lmaydigan kanallari); davo natijasida ildiz yoki tish perforatsiyasi yuzaga
kelsa;
3) Toj qismini to‘liq emirilishi, qolgan ildiz tish protezlashi uchun ishlatib bo‘lmasa;
4) Paradontit va paradontozni og`ir shakllari tufayli tish atrofii suyak rezorbtsiyasi natijasida tishni III
darajali qimirlashi va
oldinga chiqishi;
5) Ortodontik davolanib bo‘lmaydigan, og`iz va til shilliq qavati zararlovchi noto‘g`ri joylashgan
tishlar. Bunday tishlar estetik ko‘rsatmalarga ko‘ra
ham olinadi;
6) Noto‘liq yoki to‘liq chiqmagan, shu tufayli atrof to‘qimalarda yallig`lanish jarayonini keltirib
chiqaruvchi tishlar;
7) Siniq chiziqda joylashib, bo‘laklar repozitsiyasiga halaqit beradigan va konservativ davolanib
bo‘lmaydigan tishlar;
8) Antogonist yo‘qligi sababli surilgan tishlar, funktsional tish protez tayyorlashga halaqit beruvchi
konvergirlovchi va divergirlovchi tishlar. Prikus anomaliyasini bartaraf etish uchun karies bilan og`rimagan
tishlar ham olinadi.
Tish olish operatsiyasiga ko‘rsatmalarni aniqlab olib, o‘tkazish vaqtini kelishib olinadi. Bu organizm
umumiy holati, turli a`zo va tizimlarni yo‘ldosh kasalliklarga bog`liq.
Dostları ilə paylaş: