MAHALLIY OG`RIQSIZLANTIRISH UCHUN QO’LLANILADIGAN ANESTETIKLAR Kokain — zamonaviy mahalliy og`riqsizlantirish davrini ochgan anestetik. Ammo u toksik, hozirgi
vaqtda stomatologiya amaliyotida qo‘llanilmaydi.
Dikain — suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq kristalli kukun. Uning eritmalari qaynatish bilan
sterilizatsiyalanadi. Dikain — kuchli mahalliy og`riqsizlantiruvchi eritma. 0.25 – 0.2%li eritma ko‘rinishida
mahalliy sohaga surtish uchun qo‘llaniladi. Kattalar uchun eng yuqori bir martalik doza – 0.09 g (3ml 3%li
eritma).