ajralishi anesteziya paytidagina emas balki operatsiyadan keyin og`riqlarga xam olib keladi. Anestetik suyak
to‘qimasiga suyak usti pardasi orqali yaxshi diffuzlanadi. 7-10 minutdan so‘ng og`riqsizlanish yuz beradi.
Suyak usti pardasi ostiga anestetik yuborishni tish pulpasida ishlatish mumkin, qachonki yuqorida ko‘rsatilgan
usul buyicha infiltratsion anesteziya ko‘rsatilgan usul buyicha infiltratsion anesteziya effekt bermasa. Suyak usti
pardasi ostiga anesteziyani kalta (3sm) ingichka ninada qilgan yaxshi. Bir ozdan so‘ng suyak usti pardasiga
o‘tiladi va igna tish ildizi o‘qi bo‘ylab 45
0
burchak ostida xarakatlantirilib, tish ildizi uchida 2 ml anestetik
deposi xosil qilinadi. Anestetikni sekin yuborish anesteziyani kam og`riqli qiladi.
Alveolyar o‘siq shilliq qavati ostida yoki suyak usti pardasi ostida xosil qilingan anestetik deposi odatiy
infiltratsion anesteziya effekt bermagan, anestetikni to‘g`ridan to‘g`ri tish ildizlari orasidagi alveolyar o‘siq
g`ovaksimon moddasiga yuborib suyak ichi anesteziyasi o‘tkazish mumkin. Buning uchun applikatsion yoki
infiltratsion anesteziya ostida maxsus trepan yoki ingichka sharsimon bor bilan milk so‘rg`ichi asosida
suyakkacha boriladi. Trepani gorizontal tekislikka nisbatan 40-60
0
burchak ostida joylashtiriladi. Keyin
bormashina kichik tezligida tashqi kompakt plastinka trapanatsiya qilinadi. Xosil qilingan kanal orqali
in`ektsion ninani alveolyar o‘siq g`ovak moddasiga kirgiziladi va 2% ml, 1-2 ml anestetik yuboriladi. Tezda
ildizlari orasida soxasida chuqur og`riqsizlantirish yuz beradi. Anesteziya davomiyligi 1 soat atrofida va
xirurgik aralashuvi, karies bo‘shlig`ini tozalashni, tishni sun`iy qoplama ostida charxlashni, pulpani olib
tashlashni og`riqsiz o‘tkazishga imkon beradi. Usulni ancha qiyinligini xisobga olgan xolda suyak ichi
anesteziyasi poliklinikada kam va ayrim ko‘rsatmalarda qilinadi.
Infiltratsion og`riqsizlantirish anatomik tuzilishlar yoki operatsiya maydonidagi patologik protsess
xarakteri xisobiga effekt bermaganda o‘tkazuvchi anesteziya qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: