Endotraxeal narkoz hususiyatlari. Endotraxeal narkoz stomatologik bemorlarda umumiy xirurgik
yo‘nalishlari singari o‘tkaziladi. YUz-jag` sohasi patologik jarayon hususiyati traxeya intubatsiyasi uchun ba`zi
qiyinchiliklar tug`dirishi mumkin. Bu quyidagi kasalliklar, og`iz kam yoki umuman ochilmaganda (ankiloz va
kontraktura), til, og`iz tubi, yutqun, halqum sohalardagi o‘sma, mikrogeniya, makrognatiya, mikrostoma, bo‘yin
sohasidagi chandiqlar va boshqalar.
Bunday bemorlarda intubatsiya fibroskop yordamida amalga oshiriladi. Ba`zida intubatsion nayini
yaxshi va mustahkam fiksatsiya qilish kerak,chunki bemor boshini qimirlatishga to‘g`ri kelsa ekstubatsiya
yuzaga kelishi mumkin. Nay siqilib qolish natijasida nafas etishmovchiligi rivojlanadi. Narkoz va operatsiya
vaqtida qon va so‘lak aspiratsiyasi ehtimoli juda kam, yuqori nafas yo‘llarini o‘tuvchanligi doimiy nazoratda.
Lekin, operatsiyadan keyingi davrda til va og`iz tubi yumshoq to‘qimalari shishi, og`izda jarohat ajralmalari
borligi, yuqori nafas yo‘llarida to‘qimalarni anatomik o‘zgarishlari natijasida nafas etishmovchiligi yuzaga
kelishi mumkin.