Endotraxeal narkozga ko’rsatma. Endotraxeal narkoz yuz-jag` soxasi operatsiyalarida og`iz
bo‘shlig`i, og`iz va burun yo‘llari organ va to‘qimalarni anatomik o‘zgarishlari natijasida yuqori nafas yo‘llarni
o‘tkazuvchanligi buzilishi, traxeya va bronxlarga qon, so‘lak va yot moddalarni aspiratsiyasi xavfi bo‘lganda
qo‘llanadi. Uni ichki organ va to‘qimalar tomonidan o‘zgarishlarni oldini olish maqsadida uzoq va jarohatli
operatsiyalarda, yuz yumshoq to‘qimlar operatsiyalarda, narkoz niqob operatsion maydonni yopib qo‘ysa
foydalaniladi.