Yurak-o’pka reanimatsiyasi asoslari. Narkoz va operatsiyadan oldin bemorga kompleks tayyorgarlik o‘tkaziladi, u o‘z ichiga:
psixoterapiyani, og`iz bo‘shlig`i va oshqozon ichak traktini tayyorlashni, aniq maqsad bilan dori vositalarni
kiritishni oladi.
Davolash shifokor tomonidan o‘tkaziladigan psixologik tayyorgarlik, yaxshi emotsional muhit
yaratishga qaratiladi. Tayyorgarlik bemor statsionarga kelishi bilan boshlanadi. Psixologik tayyorgarlikni
effekti kichik trankvilizatorlar yordamida kuchaytiriliishi mumkin.
Og`iz bo‘shlig`i, burun va halqum sanatsiya, qimirlayotgan tishlar (ayniqsa frontal) kappa bilan
mustahkamlanish kerak.
Narkoz vaqtida qayt qilish va regurgitatsiyani oldini olish uchun operatsiyadan bir kun avval va
kechqurun bemorga ovqat berilmaydi. Tunda to‘g`ri ichakni huqna yordamida tozalashadi. Bemor siydik
pufagini bo‘shatish kerak.