Piromekain — yuzaki og`riqsizlantirish uchun anestetik, samaraligi bo‘yicha dikain bilan bir xil.
Preparatni 1-2%li eritma, 5%li piromekain malxami, 5%li metiluratsilli piromekain malxami hamda 3%li
metiluratsil va kollagenli piromekain malxami (pirometkol) ko‘rinishida ishlatiladi, uni to‘qima yuzasiga
surtiladi. Piromekinning maksimal bir martalik dozasi — 1 g.
Novokain. Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq kristalli kukun. Uning suvli eritmasini suvda 30 daq.
qaynatish yo‘li bilan sterilizatsiyalanadi. Anestetik kam toksik, keng terapevtik ta`sirga ega. Uni infiltratsion va
o‘tkazuvchi og`riqsizlantirish uchun ishlatiladi. Novokainning 0.25%li eritmasi infiltratsion va 1-2%li eritmasi
o‘tkazuvchi va alveolyar o‘siq yumshoq to‘qimalarini anesteziyasi uchun qo‘llaniladi. YUmshoq to‘qimalarda
infiltratsion og`riqsizlantirish tez boshlanadi. Mushakka yuborilganda eng yuqori bir martalik dozasi — 0,1 g (5
ml). infiltratsion og`riqsizlantirish uchun quyidagi bir martalik dozalar belgilangan: 0.25%li eritma
qo‘llanilganda 500ml (1.25g)dan ko‘p emas operatsiya boshida, so‘ng operatsiya davomida har bir soatda
1000ml (2.5g)dan ko‘p emas; 0.5%li eritma qo‘llanilganda – 150ml (0.75g) va 400ml (2.0g). Klinik amaliyotda
o‘tkazuvchi anesteziyada 100ml 1%li va 30ml 2%li eritmalar ishlatiladi.
Novokainni qonga so‘rilishini sekinlashtirish uchun (toksik ta`sirini oldini olish uchun) va ta`sirini
kuchaytirish uchun eritmaga 0.1%li adrenalin gipoxlorid eritmasi (100ml novokainga 1ml adrenalin) qo‘shiladi.
Novokain bilan anesteziyani ta`siri 30 daq.gacha. yallig`lanish o‘chog`ida novokainni qo‘llash yuqori natija
bermaydi.
Intoksikatsiya maxalida bosh aylanishi, noxushlik, ko‘ngil aynishi, teri qoplamlarini oqarishi, ter
ajralishi, qo‘zg`alish, taxikardiya, qon bosimini pasayishi, nafas olishni buzilish apnoegacha, tutqanoq
rivojlanishi mumkin. Ba`zida o‘pka shishishi kuzatiladi. Allergik reaktsiya rivojlanganda terida toshmalar
toshishi, dermatit, Kvinke shishi, qichishish, bronxiospazm belgilari kuzatiladi.