mexanizmi. Markaziy оg’riqsizlаntirish. Xujayra neyrofiziologiyasi. Mahalliy anesteziya bu bemorni markaziy asab tizimiga ta`sir ko‘rsatmasdan operatsion maydonni
og`riqsizlantirishdir, ya`ni ta`sir periferik nerv tizimiga ko‘rsatiladi. In`ektsion (infiltratsion, o‘tkazuvchi) va
noin`ektsion (ximik, fizik, fiziko – ximik) og`riqsizlantirish farqlanadi.
Noin`ektsion mahalliy og`riqsizlantirish faqat yuzaki og`riqsizlantirish imkoniyatini beradi. Buning
uchun dori preparatlari (ximik yoki applikatsion usul), past xaroratda ta`sir etish (muzlatish), lazer nurlari bilan,
elektromagnit to‘lqinlar (fizik usul), to‘qimalarga anestetik eritmasini elektroforez yordamida kiritish (fiziko –
ximik usul) qo‘llaniladi.
In`ektsion og`riqsizlantirishda anestetik eritmasi to‘qimalrga igna yoki yuqori bosimda maxsus in`ektor
yordamida (ignasiz usul) yuboriladi. Eritmani in`ektsiyasi bilan infiltratsion va o‘tkazuvchi anesteziya qilinadi.
Infiltratsion, applikatsion va muzlatish bilan og`riqsizlantirishda og`riqni qabul qiluvchi periferik retseptorlar
o‘chiriladi. O‘tkazuvchi og`riqsizlantirishda operatsiya maydonidan og`riq impulslarini o‘tkazadigan nerv shoxi
(asosiy yoki ko‘pincha uning periferik shoxlari) bloklanadi.
Mahalliy og`riqsizlantirishni o‘tqazishga ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalar. Og`iz bo‘shlig`ida va
yuzda og`riq bilan kechadigan har qanday aralashuv mahalliy og`riqsizlantirish o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘ladi.
Bular YUJS yumshoq to‘qimalaridagi, jaq va tishlarda, og`iz bo‘shlig`ida o‘tkaziladigan operatsiyalardir.
Mahalliy og`riqsizlantirish holsizlangan bemorlarda, qariyalarda, nafas olish va qon – tomir etishmovchiligi bor
bemorlarda ya`ni ―kichik narkozlar katta xavf bilan bog`liq bo‘lganda‖ ko‘rsatma bo‘ladi.
Mahalliy og`riqsizlantirish uzoq davom etadigan va travmatik operatsiyalarda, mahalliy anestetiklarga
yuqori sezuvchanlik bo‘lganda, bemorni psixikasini labilligida va aqliy etishmovchilikda qarshi qo‘rsatma
bo‘ladi. Ba`zi plastik operatsiyalarda ahalliy anesteziyani qo‘llash mumkin emas, chunki yuborilgan eritma
to‘qimalar hajmini keskin o‘zgartiradi.