Trimekain (mezokain) — Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq krisstalik kukun. Eritmani 100 °S da 30
daqiqa davomida qaynatish bilan zararsizlantiriladi. Trimekain yallig`lanish o‘choqlarida, keloid chandiqlar va
granulyatsion to‘qimalar bor joylarda yaxshi ta`sir ko‘rsatadi. Novokaindan anesteziya vujudga kelishiga ko‘ra
2 marotaba, ta`sir kuchiga ko‘ra 2-2.5marotaba, ta`sir davomiyligiga ko‘ra 3 marotaba ustun turadi. Toksikligi
kam. Adrenalin bilan yaxshi kirishadi. Allergik reaktsiyalar kamdan-kam vujudga keladi. Applikatsion
anesteziya uchun qo‘llanilmaydi. Infiltratsion og`riqsizlantirish uchun 0,25—2 % li eritmalar, o‘tkazuvchi
og`riqsizlantirish uchun 1—2% li eritmalar qo‘llaniladi. 0.25%li anestetik qo‘llanilganda 800ml gacha, 0.5%li –
400ml gacha, 1%li 100ml, 2%li – 20ml gacha yuboriladi.
Lidokain (ksikain, ksilokain) — Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq kristalli kukun. Anesteziya uchun
lidokainning xlor vodorodli tuzi ishlatiladi. Kuchli anestetik xisoblanib, og`riqsizlantirish natijasiga ko‘ra
novokaindan 2-3 marotaba ustun va ta`sir etish davomiyligi 3-5 soatgacha. YAllig`langan to‘qimalarda yaxshi
ta`sir ko‘rsatadi. Allergik reaktsiyalar kamdan-kam kuzatiladi. Lidokain toksikligi eritma kotsenrratsiyasiga
bog`liq: 0,5%li eritmasini toksikligi novokainnikidan farqlanmaydi, 1—2%li eritmalarining toksikligi
novokainnikidan 1.4-1.5 marta yuqori. YUrak-qon tomir etishmovchiligida, atrioventrikulyar blokadaning II-
IIIdarajasida, jigar va buyrak kasalliklarida qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi. YUqori tezlikda aralashuvlarda
infiltratsion og`riqsizlantirish uchun 0.25-0.5%li eritmalar, o‘tkazuvchi anesteziyalarda esa (yuqori va pastki
jag` alveolyar o‘siqlaridagi boshqa operatsiyalarda ham) 2%li eritmalar ishlatiladi. Applikatsion anesteziya
uchun 1—2 % lidokain eritmasi, yoki 5 %li lidokain malxami va 10 % lidokain aerozoli ishlatiladi.
Anestetikning maksimal dozalari 0,15% — 1000 ml, 0,5%—500 ml, 1—2 % — 50 ml dan ko‘p emas.
Bupivakain (markain, karbostezin) og`riqsizlantirish kuchi bo‘yicha novokaindan 6 marta kuchli, lekin
toksikligi 7marta yuqori. Lidokaindan natijaliroq. Anesteziya 4—10 daqiqadan keyin boshlanadi, maksimum
15—35daqiqadan keyin boshlanadi. Og`riqsizlantirish davomiyligi— 12—13 soat. Xirurgik amaliyotida 0,25
%, 0,5 % va 0,75 % li eritmalar qo‘llaniladi. Maksimal doza — 175 mg.
Mepivakain (karbokain, skandikain) – amid guruxiga kiradi, ta`sir kuchi bo‘yicha ksikainga yaqin,
ammo undan toksikroq. Preparat 2% yoki 3% li eritma qo‘rinishida ishlatiladi. Boshqa anestetiklarga qaraganda
tomirlarni kengaytirmaydi va sekin so‘riladi. Mepivakainni ta`siri davomiyligi ksikaindan yuqoriroq, ammo bir
vaqtda inaktivatsiya tezligi kamroq, ya`ni sekinlashgan metabolizmga ega. Mepivakain xujayra membranasidan
yaxshi o‘tadi, yaxshi ―ximik turniket‖ xususiyatiga ega, to‘qimalarda saqlanib anesteziya ta`sirini uzaytiradi,
bunda vazokonstriktor yuborilishi kerak bo‘lmaydi.
Ultrakain (artikain, septonest, alfakain) – tiofenni amidli xosilasi. Infiltratsion va o‘tkazuvchi
anesteziya uchun qo‘llaniladi. Lidokaindan tezroq ta`sir qiladi, yuqori diffuz va oqsillar bilan bog`lanish
xususiyatiga ega va yog`da erish xususiyati past. Tomirni kengaytirish xususiyatiga ega, minimal
kontsentratsiyalarda vazokonstriktorlar bilan birga qo‘llaniladi..