Ultrakain D-S fort – bitta ampulada 80 mg artikain gidroxlorid va 0,024 mg epinefrin gidroxloridini
saqlaydi. Ma’ruza 6. Kuchaytirilgan mahalliyоg’riqsizlаntirish, mahalliyanestetiklarni ta’sirini uzaytiruvchi preparatlar. Vazokonstriktorlar farmakologiyasi, qo’llanilishi. Hamrox kasalliklari bor bеmоrlarda kuchaytirilgan mahalliyоg’riqsizlаntirish va operasiyaga tayyorlash. Potentsirlangan mahalliy og`riqsizlantirish – operatsion maydonni mahalliy og`riqsizlantirish
yordamida og`riq sezgirligini kamaytirish, organizm reaktivligini kamaytirish, umumiy analgeziya holatiga
aytiladi.
Poliklinika sharoitida potentsirlash uchun trankvilizatorlarni nonarkotik analgetiklar bilan birga
ishlatishadi. Ba`zida bu moddalarni antigistamin va narkotik moddalar bilan birga ishlatiladi. Trankvilizatorlar
orasida ko‘proq elenium, seduksen, trioksazin, fenazepam va hokazolar ishlatiladi.
Poliklinikada shifokor bemorni psixoemotsional holatidan kelib chiqqan holda trankvilizatorlarni
qo‘llash kerak. YAqqol nevrotik reaktsiyada, o‘ta qo‘zg`aluvchan hollarda vena ichiga seduksen (0,3 mg/kg)
leksir analgetik bilan birga (0,5 mg/kg) ishlatiladi. Meyyoriy manfiy reaktsiyada ichga trioksazin, fenazepam,
seduksen yuborish mumkin.
Statsionarda tayyorgarlik operatsiyadan bir yoki bir necha (ko‘rsatmaga qarab) kun avval o‘tkaziladi.
Tunda uxlatuvchi, antigistamin dorilar va kichik trankvilizatorlar buyuriladi. Operatsiyadan 3 soat oldin bu
dorilar qaytadan beriladi. Qo‘shimcha mushak orasiga narkotiklar va vitaminlar (V va S) yuboriladi.
Operatsiyadan 45 minut avval mushak ichiga, narkotik, antigistamin dorilar, M-xolinolitiklardan iborat
«aralashmasi» yuboriladi. Ularning o‘rniga (yoki birgalikda)seduksen yoki neyroleptanalgeziya uchun
foydalaniladigan dorilar (droperidol, fentanil) yuborish mumkin.
YOshi katta va qariyalarda tezkor holatlarda organizmni kompensator va adaptatsion xususiyatlari
pasaygan bo‘ladi. Bu koronar, buyrak, bosh miya tomirlarni aterosklerotik o‘zgarishlari bilan bog`liq.
Gipertonik kasalliklari bor bemorlar muolajadan, uning natijasidan, xirurgik xonadan qo‘rqib, arterial
bosim oshishi bilan reaktsiya berishadi. Emotsional zo‘riqish natijasida gipertonik kriz rivojlanishi mumkin,
uning asorati esa o‘tkir chap qorincha etishmovchiligi bo‘lishi mumkin. Og`riq ham arterial bosimni oshirib
yuborishi mumkin. SHuning uchun gipertonik kasallik bilan og`rigan bemorlarda effektiv og`riqsizlantirish
yaxshi sedativ , ba`zida gipotenziv tayyorgarlik bilan birga talab etadi.
Surunkali koronar etishmovchiligi va YUIK bor bemorlarda o‘tkir koronar buzilishlarni oldini olish
kerak. Antigistamin moddalar berish tavsiya etiladi (suprastin, diazolin). Profilaktika maqsadida koronarolitiklar
(validol, nitroglitserin til ostiga, 1—2 ml 2 % papaverin gidroxlorid eritmasi yoki 1—2 ml 2 % no-shpa eritmasi
mushak ichiga) buyuriladi.
Ortirilgan yurak etishmovchiligi bor bemorlarda stomatologik muolajalardan oldin yurak glikozidlari
bilan (strofantin yoki korglikon) quvvatlovchi davo o‘tkazish kerak.
O‘pka emfizemasida va pnevmosklerozda o‘pkani hayotiy sig`imi va nafas-perfuzion koeffitsient
kamaygan bo‘ladi. Bu esa gipoksik gipoksiya va giperkapniya rivojlanishiga olib keladi.
Bronxial astma — bu kasallikni etiologik faktori bo‘lib, allergik va infektsion komponentlar
hisoblanadi. Bronxial astmasi bor bemorlarda og`riqsizlantirishda xavflilik darajasi oshadi,chunki bu bemorlar
og`irlashgan allergologik anamnezlilar safiga kiradi.
Aholini 1-2% qandli diabet bilan og`riydi. Bunda yog` va qand almashinuvi buziladi. Har bir qandli
diabet bilan og`rigan bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lmasa, ular korrigirlovchi davo olishi
kerak.
Og`irlashgan allergologik anamnezli bemorlarga nisbatan taktika. Stomatologik poliklinikalarda
allergologik asoratlarni oldini olish uchun anamnezni (xususan allergologik anamnezni) yaxshi yig`ish va uni
tahlil qilish kerak.
Bu ma`lumotlar A. S. Lopatin (1983) fikricha, barcha bemorlarni ikki turga bo‘lish kerak: 1)
og`irlashmagan allergologik anamnez bilan va 2) og`irlashgan allergologik anamnez bilan.