Klinik bosqich
(25 daqiqa)
BZKTTM ―Yuz –jag‘ jarrohligi‖ bo‘limida bemorlar bilan ishlash, klinik
mashg‘ulotlarni mulyajlarda va bo‘limda bemorlarda bajarish. -5 – daqiqa
Bemorlarning bog‘lovlarida ishtirok etib, kasallik tarihlarini
o‘rganish.Davolash ishlarini olib boradi -10 - daqiqa
Mavzular asosida berilgan ma`lumotlarni umumlashtiradi va xulosalaydi, faol
ishtirokchi talabalarni rag‘batlantiradi va umumiy baholaydi. -10 - daqiqa
Qatnashadila
r, bajaradi,
yozadi, tahlil
qiladi,
yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
1. Yakunlovchi xulosa qiladi.
2. Talabalarni baholaydi
3. Mustaqil ish beradi
4. Uyga vazifa bveradi
Amaliy mashgulotning texnologik modeli.
Mashg‘ulot vaqti-3 soat
Talabalar soni 9
Nafar
Mashg‘ulot shakli
Amaliy mashg‘ulot
Mashg‘ulot rejasi
1. Kasalliklar klassifikatsiyasi
2. Kasallik etiologiyasi
3. Kasallik klinikasi
4. Kasallikni tashxislash usullari
5. Kasalliklarni davolash choralari
O‘quv mashg‘ulotning
maqsadi
Talabalarga 4 kurs taqvimiy reja asosida mavzularni
tushuntirish.
Ta`lim berish usullari
Mul‘timediya
Interfaol usullar ―Akvarium‖, ―Qor parchasi‖
Ta`lim berish shaqllari
Jamoaviy
Ta`lim berish vositalari
O‘quv uslubiy ishlanma , elektron darsliklar,
kompyuter
Ta`lim berish sharoiti
Metodik jixatdan jixozlangan auditoriya
Monitoring va jixozlash.
Tish va jag inervatsiyasi
Ogiz bo`shlig‘i organlarini harakatlantiruvchi, sezuvchi, vegetativ, (simpatik va parasimpatik) nervlar
innervasiya qiladi. YUz terisini, mshoq to`qimalari va ogiz bo`shlig‘i organlari, jaglarni, uch shoxli nerv, til-
halqum, adashgan nerv va boyindan kelayotgan (katta quloq nervlar va kichik ensa nervlar) shoxlari
inervatsiya qiladi. YUz sohasida, uch shoxli nervning joylashishi bo`yicha 5 ta vegetativ tugun
joylashgan.
Kiprik tuguni (Gangl ciliare)
qanotsimon tanglay tuguni (Gangl pterigopalatinum)
quloq tuguni (Gangl oticum)
Pastki jag osti tuguni (Gangl submandibulare)
Til osti tuguni (Gangl sublingularis)
Uch shoxli nervning 1-chi shoxi kiprik nervi bilan bogliq, 2-chisi qanotsimon tanglay nervi bilan, 3-chisi
quloq, pastki jag osti, nerv tugunlari kiradi. Simpatik nervlar, to`qima va yuz organlariga .kori boyin simpatik
tugunlaridan boradi.
Uch shoxli nerv (N/ Trigeminus)
Aralash. Uning tarkibi harakatlantiruvchi, sezuvchi va parasimpatik sekretor nerv tolalaridan iborat. Sezish
inervatsiyasi uch shoxli nervdan olinadi. (rasm 1) . Uch shoxli nervdan 3ta shox ajraladi:
Ko`znervi,
YUkori jag nervi,
Pastki jag nervlari.
Ko`z nervi ( N. Ophtalmicus)
Sezuvchi nerv, jag va ogiz bo`shlig‘i to`qimasi inervatsiyasiga katnashmaydi.
YUkori jag nervi (N. Maxillaris)
Sezuvchi kala suyagining aylana teshigidan chiqadi (foramen rotundum) qanot tanglay chuqurchasiga
tushadi (fossa peterigopalatina) va ko`p shoxlarga tarkaladi. (rasm 1).
Ko`z osti nervi (N. Infraorbitalis)yukori jag nervining davomi hisoblanadi, yonoq va tanglay nervidan
ketgandan keyin shu nomni oladi.
Qanot tanglay chuqurchasidan, pastki ko`z yorigi orqali ko`z kosasiga va ko`z osti egatiga yotadi
(sulkus infraorbitalis). Ko`z osti teshigi orqali (foramen infraorbitalis) ko`z kosasidan chiqib, bir necha
shoxlarga bolinadi va kichik g‘oz panjasi hosil qiladi. ( Pes anserius minor) oxirgisining joylashishi teri va
lab shilliq qavatini , pastki qovoq, ko`z osti sohasi, burun qanoti va burun chegarasining terisidir.
Qanot tanglay chuqurchasiga ko`z osti nervidan orqa yukori alveolyar nerv (Rami alv. Superioris
posterioris) 4-8 ta bolib, bularning kichik qismi suyak to`qimasiga kirmaydi va pastga qarab dumbostning
tashqi yuzasida alveolyar o`siq tomonga qarab joylashadi, yukori jagning suyak ustiga tugaydi, lunj shilliq
qavati va milkning vestibulyar tomonidan katta va kichik ildizli tishlar sohasidan o`tadi. Katta qismi orqa
yukori alveolyar shoxlarni hosil qiladi. (Foramina alv. posterior).
Orqa yukori alveolyar tarmoqlari yukoridagi tish chigalining orqa bo`limini hosil qilishda ishtirok etadi.
qanotsimon – tanglay chuqurchasi, ba‘zan ko`z osti egatining orqa bo`limi orasida ko`z osti nervidan orta yukori
alveolyar tarmoq (ramis alveoiares superior medius) ajraladi. U yukori jagning oldingi devori tarkibiga o`tadi va
alveolyar o`simtada tarmoqlanib ketadi. Bu tarmoq yukorigi tish chigalining orta bo`limini hosil qilishda
ishtirok etadi, oldingi va orqa yukorigi alveolyar tarmoqlar bilan anastamozlar hosil qiladi, kichik ildizli tishlar,
alveolyar o`simta shilliq qavati va shu tishlar sohasidagi shilliqlarning daxliz qismini innervasiyalaydi.
Ko`z osti kanalining oldingi bo`limida ko`z osti nervidan 1-3 ta stvol korinishda oldigi yukorigi
alveolyar tarmoqlar chiqadi, lekin bu alveolyar tarmoqlar ko`z osti nervidan ko`z osti kanali yoki egatining
butun uzunligi boylab, ko`z osti teshigidan chiqqan qismidan xam ajralishi mumkin. Oldingi alveolyar nervning
tarmoqchalari ko`z kosasi osti nervi bilan bitta kanalda (ko`z osti kanali) yoki suyakdan hosil bolgan aloxida
kanalda joylashishi mumkin. Oldingi alveolyar tarmoqlar yukori jag oldingi devori tarkibida, yukorigi alveolyar
tarmoqga nisbatan medial holatda otgan xolda yukoriga tish chigalining oldingi bo`limini tashkil qilishda
ishtirok etadi. Ular kesuvchi va qoziq tishlarini, alveolyar o`simtaning shilliq kavti va suyak usti pardasini va
mazkur tishlar sohasidagi milklarning daxliz qismini innervasiya qiladi. Oldingi yukorigi alveolyar
tarmoqlardan burun tarmogi chiqadi, xamda burun tubining oldingi bo`limi shilliq qavatini innervasiyalaydi va
burun - tanglay nervi bilan anastamozlar hosil qiladi.
Orqa, orta va oldingi yukorigi alveolyar tarmoqlar qorigi jag devori tarkibida otgan xolda bir – biri bilan
anastamozlar hosil qiladi va yukori tish chigali –plexusdentalissuperior ni hosil qiladi. CHigal yukorigi jag
alveolyar o`simtasi tarkibida, uning butun uzunligi boylab tishlarning ildizlari cho`qqilari ustida shuningdek
alveolyar o`simtaning yukorigi qismlarida, yukori jag bo`shlig‘i shilliq qavatida bevosita yaqin holatda
joylashadi.
YUkorigi tish chigalidan quyidagi bir qancha tarmoqlar chiqadi:
A) Tish tarmoqlari (rami dentalis) tishlarning pulpasiga boradi.
B) Periodontal va milk tarmoqlari (rami periodontales et rami gungivales) - tishlar periodonti va milk
to`qimalarini innervasiyalaydi.
V) Alveolyararo tarmoqchalar - alveolyararo to`siqlarga boradi, undan tishlar periodokti va jag suyak usti
pardasiga boradi.
G) YUkorigi jagning suyak devori va shilliq qavatiga boruvchi tarmoqlar.
Tish chigalining orqa bo`limidan chikuvchi tarmoqlar va ildiz tishlar sohasida, orta bo`limdan chiquvchi
tarmoqchalar – kichik ildizli mishlar sohasida, oldingi bo`limdan chiquvchi tarmoqlar – kesuvchi vaqoziq tishlar
sohasida tarmoqlanib ketadi.
Ko`z kosasi osti nervidan ko`z kosasi osti tishidan chiqqandan so`ng quyidagi tarmoqlar chiqadi.
Pastki qovoq tarmoqlar (rami palpebrales infiniores) – pastki qovoq terisini innervasiya qiladi.
Tashqi burun tarmoqlari (rami nasals externi)
Ichki burun tarmoqlari (rami nasals interni) – burun daxlizi shilliq qavatini innervasiyalaydi.
YUkorigi lab tarmoqlari (rami labials supperiores) – YUkorigi labning terisi va shilliq qavatining ogiz
burchagigacha bolgan qismini innervasiya qiladi.
Oxirgi 4 gurux tarmoqlar yuz nervi tarmoqlari bilan anastamozlar hosil qiladi.
Qanotsimon tanglay chuqurchasidaYUkorigi jag nervidan yonoq nervi (n. zygomaticus), u ko`z
kosasiga, pastki ko`z kosasi yorigiga kirib, u yerda 2 tatarmoqqa – yonoq – yuz (ramus zygomaticofacialis) va
yonoq-chakka (ramus zygaticoorbitales) tarmoqlariga bolinadi. Bu tarmoqlar yonoq suyagiga foramen
zygomaticoorbitale, orqali kirib, sungraxuddi shu nomdagi teshikdan chiqib, yonoq suyagi terisi,
lunj yukori qismi bo`limi, ko`z tirkishi tashqi burchagi, chakka soxaga oldingi bo`limi va peshona sohasi orqa
bo`limi teriga tarkatiladi. YOnoq nervi yuz va ko`z yosh nervi bilan anastamozlar hosil qiladi.
qanotsimon – tanglay chuqurchasi sohasidaYUkori jag nervining pastki yuzasidan qanotsimon – tanglay
nervlari (nn ptergopulatini) chikadi. Ular qanotsimon tuguniga boradi va uning sezuvchi tarmoqlaridan
boshlanuvchi nervi beradi.
Tolaning asosiy qismi tugunning tashki tarafdan o`tadi, tola bormasdan o`tadi. qanot tanglay tuguni
(gangl. Pterigopalatinum) – vegetativ nerv hosilasi (2 rasm).
Parasimpatik tolalarni u katta toshsimon nerv (n. petrosus major) sifatida yuz nervining tizzasimon
tuguni (gangl. geniculi) dan oladi. Simpatik tolalar esa chuqur toshsimon nerv (petrosus profundus) sifatida
ichki uyqu arteriyasining simpatik chigalidan oladi. qanotsimon kanalga kirib katta va chuqur toshsimon nerv
qoshiladi va qatonsimon kanal ichida shu nomli nervni hosil qiladi. Tugundagi sekretor (simpatik va
parasimpatik) va sezuvchi nervlar chiqadi: ko`z (rami nasales pasteriores superiores rami nasales pasteriores
inferiores) tanglay nervi (n.n. palatini). Ko`z tarmoqlar – orqa kovaksimon labirint va ponasimon bushlik shilliq
qavatiga tarmoqlanadi. Orqa yukori burun tolalari (rami nasales pasteriores superiores) burun bo`shlig‘iga
qanot – tanglay chuquridan foramen Sphenopalatinum orqali kiradi va 2 guruxga bolinadi. Lateral va medial.
Lateral tolalar (rami laterales) yukori vao`rta butun yo`llarini va bugunning umumiy yo`li shilliq
qavatiga govasimon bushlikning orqa katakchalariga, burun xoanasining yukori yuzasi va eshituv noyining
yutkin teshigiga tolalar beradi. Medial tolalar (rami mediles) burun tusigining yukori bo`limi shilliq qavatigi
tolalar beradi. Undan bir kancha tolalar burun tanglay nervi (n/ nasopalatinus) burun iusigining suyak usti
pardasi va shilliq qavati orasidan vaoldinga kurak tishlar kanaliga boradi va shu nomli nervning boshka
qismilari bilan anastamoz hosil qiladi va kurak tishlar teshigi orqali qattiq tanglayga chikadi.
Kurak tishlar teshigidan uta turib ba‘zan unga kirgunicha yukori tishlar chigalini oldingi qismi bilan
anastamoz hosil qiladi.
Pastki orqa yon burun tarmoqlari (rami nasalis pasteriopes inferiors laterals ) canalis palatinus major
kiradi va undan mayda teshik orqali chikadi. Ular burun bushliligiga kiradi, pastki butun bo`shlig‘i shilliq
qavatini vao`rta brun yo`llari shilliq qavatini va yukori jag bo`shlig‘i shilliq qavatini innervasiya qiladi.
Harakatlantiruvchi tolalar (facialis) dan n. petrasus major orqali boradi. Tanglay nervi (n.n.palatini) qanot
tanglay tugunida canalis palatinus major orqali chiqib 3 gruppa nervlarini hosil qiladi. Katta tanglay nervi (n.
petrosus major) eng katta tarmoqlar, qattiq tanglay foramen palatinus major orqali chiqadi va qattiq tanglayning
orqa va o`rta qismi shilliq qavatini to qoziq tisharigacha, kichik sulak bezlarini milk shilliq qavatini tanglay
tarafdan va qisman yumshoq tanglay shilliq qavatini innervasiya qiladi. Kichik tanglay nervlari (n.n.palatini
minores) kichik tanglay tishidan chikadi.yumshoq tangoay shilliq qavatini va bodomcha bezlarini innervasiya
qiladi. Bundan tashkari ular umshok tanglay kutaruvchi muskul tilcha muskuli (m. Levator veli palatini m.
uvulae) ni innervasiya qiladi. Uch shoxli nervning uchinchi shoxi pastki jag nervi (n. mandibularis) aralash nerv
(1-rasm) sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalardan iborat. Kallaasosidan avvalsimon teshik orqali chikadi va
chakkaosti chuqurrida ichki qanotsimon nerv va quloq, chakka nervi – quloq tuguni (gangl oticum), til nervi –
pastki jag (gangl submandibulare) tuguni bilan kushiluvchi kator tarmoqlarni beradi. Til osti nerv (n.
sublingualis) bilan til osti tuguni (gangl sublingualis) qoshiladi.
Bu tugunlar sulak bezi va tam surgichlarga postganglionlar parasimpatik tolalar beradi. Pastki jagnin
nervining ko`p qismi sezuvchi nervlar tashkil etadi. Uch shoxli nervning 3 – shoxdan harakatlantiruvchi tarmoq
pastki jagni kutaruvchi muskul (chaynov muskul) ga boradi.
CHaynov nervi (n. massetericus) – harakatlantiruvchi nerv.
Ko`pchilik xollarda u chaynov muskulning boshka nervlari bilan boshlanadi. Asosiy stvoldan lateral
qanotsimon muskul YUkori boshining ostki qismidan tashkarigi chiqib, keyin tashki yuzasi buylab ketadi.
Pastki jag uyigi orqali chaynov muskuliga keradi va uning oldingi burgagiga yunaladi. Asosiy stvoldan muskul
tutamiga tolalar beradi. CHaynov nervi muskuliga kirishdan oldin chakka pastki jag bugimiga ingichka sezuvchi
tola beradi.
Oldingi chuqur chakka nervi (n.temporalis profundus anterior) lunj nervi bilan ajralib lateral qanotsimon
muskulning yukori kirasidan utadi. CHakka osti kirrasidan utib chakka suyaknig tashki yuzasiga utadi.
CHaynov muskulning oldingi sohasida tarmoqlanadi. Uning ichki qismida kiradi. O`rta chuqur chakka nervi
(ntemporalis profundusmed) – doimiy bulmagan oldingi chuqur chakka nevrining orqa sohasidan ajrilib chakka
musuklining ichki yuzasining pastki chakka kirasi orqali va muskulning o`rta qismiga tarkaladi.
Orqa chuqur chakka nervi (n.temporalis protundus) o`rtaoldingi chuqur chakka nervining orqasidan
chikadi.
Pastki chakkaosti kirasi buylab tashki qanotsimon muskul ostidan chakka muskulning orqa ichki
qismiga kiradi va innervasiya qiladi. Hamma chuqur chakka nervlari pastki jag nervining tashqi yuzasidan
chikadi.
Lateral qanotsimon nerv (n.pteridoideus lateralis) odatda u lunj bilan birga chikadi. Bazan pastki
nervining tashki YUzasidan yaloxida bulib chikadi va lateral katonsimon muskulni yukori va ichki yuzasiga
kiradi.
Medial qanotsimon nerv(n. Pterygoideus medialis) harakatlan-tiruvchi nerv. Pastki nervning ichki
yuzasidan boshlanadi vaoldingi pastga yo`nalib medial qanotsimon muskulning ichki yuzasiga boradi. Uning
yukori kirasi yonidan kiradi. Medial qanotsimon nervning (n. Pterygoideus medialis) muskuliga yumshlk
tanglayni tortuvchi (m. Tensorisvelli polat) muskulga, nogora pardasini taranlovchi muskulga boradi.
Jag til osti nerv (n. mylohyoideus) pastki alveolar nervdan chikadi (for. mandibula) kirishdan oldin jag
nervdan kuyidagi sezuvchi nervlar chikadi. I. Lunj nervi (n. bussalis) dan chiqib lunjga tarmoq beradi. (m.
pterygoid lat). Lateral qanotsimon muskulning 2 ta boshidan utib chakka muskulining ichki yuzasida boradi.
Sung tojsimon usigining oldingi kirrasidan utib lunj muskulining tashki yuzasidan to ogiz burchagigacha
tarkaladi. Teridan lunj shilik qavatigaogiz burchagining terisiga tarmoqlanadi. Pastki jagning milk shilliq
qavatiga tarmoq beradi (2 – premolyar tishdan to 2 – molyar tishgacha).
YUz nervi va quloq tuguni bilan anastamozi bor. Lunj nervi 2 xil tarmoqlanadi.
Tarkok Magiqral
Burun qanot qismdan pastki labning o`rta qismini innervasiya qiladi. Iyak osti va ko`z osti nervi
innervasiyalangan zonaga lunj nervi tarkaladi. Bu nerv hammavaqtalveolyar o`siqni shilliq qavatini innervasiya
kilmaydi. (vestibulyar tomondan) lunj nervi til pastki alveolyar osik bilan pastki jag valik (plica alveola
mandibula) sohasida o`tadi. Torusal anesteziya kilganda hamma vaqt xam lunj nerviga tasir qilmaydi.
Quloq chakka nervi (n. auriculotemporalis) sezuvchi va parasimpatik sekretor tolalari bor. Avval
teshigidan ajralib, orqa va ichki tashki lateral qanotsimon muskuldan utib keyinchalik oldinga kayrilib pastki jag
orqa buyin orqali bogim o`siqchasiga boradi. YUkori qismiga borib quloq oldi solak bezidan otib chakka
sohasining terisigi kelib oxirgi shoxlarigacha tarqaladi.
Til nervi (n. lingualis) -avval teshigi yonidan pastki alveolyar nervdan boshlanadi. qanotsimon
mushaklar orqasidan oldingi qismida joylashadi. Oldingi kirrasining medial qanotsimon muskul til nerviga
nogoraparda (chorda tympani) qoshiladi. Uning tarkibiga (til osti, jag osti tugun) kiradi.
Pastki alveolyar nerv (n. alveolaris inferior) aralashdir. Bu pastki jag nervining bir kancha tolalari.
Uning stvoli tashki qanotsimon muskulning ichki yuzasida til nervining orqa tashki tarafida joylashan. U
tashkaridan tashki qanotsimon va ichki qanotsimon muskuldan hosil bulgan oralik klechatka kiradi. Pastki jag
teshigi (foramen mandibulae) orqali pastki jag kanali (canalis mandibulae)ga kiradi. Kanal ichida alveolyar nerv
uzaro anastamoz hosil kiluvchi tolalarni beradi va pastki tishlar chigali (plexus dentalis inferior) ni hosil qiladi
yoki ayrim xollarda pastki tish va milk tarmoqlarini beradi. Pastki tishlar chigali asosiy stvoldan ozgina
yukorida joylashgan. Undan rami dentalis et gingivales inferiors tishlariga vestibulyar o`siq shilliq qavat va
milklarga boradi.
Mayda ozik tishlar sohasida pastki alveolyar nervlardan bir kancha tolalar bulib iyak nervi (n. mentales)
chikadi, kaysiki, iyak teshigidan chiqib pastki jag terisi va shilliq qavatini, iyak terisini innervasiya qiladi. Pastki
alveolyar nervining bir qismi kurak va qoziq tishlar sohasida qalin suyakda joylashib iyak nervini bergandan
so`ng pastki alveolyar kurak tolalari (ramis incisuvus nervi aiveolaris inferiors) deb ataladi. Kurak va qoziq
tishlar va shu tishlar sohasidagi alveolyar o`siq va milkni vestibulyar tarafdan innervasiya qiladi. Pastki
alveolyar nerv pastki jag kanaliga kirishdan oldin, harakatlanuvchi tola jag-til osti (n. mylochyoideus) nervini
beradi.
Dostları ilə paylaş: |