Mashg’ulot bayoni
Pastki jag teshigi (foramen mandibulae) sohasida ogriqsizlantirishi (mandibulyar anesteziya).
Bu ogriqsizlantirishni mandibulyar deb atash kabul kilingan. Birgina uning nomi uning moxiyatini anglatmaydi,
bu teshikda pastki jag nervi emas, balki uning periferik tarmoqlari (pastki alveolyar va til nervlari) joylashadi.
Ogriqsizlantirishni amalga oshirishda pastki jag anatomik hosilalari orientir kilib olinadi, pastki jag teshigi
orqali pastki alveolyar nervlar suyak kanali (canalis mandibulae)ga kiritiladi va kanalni ichki yuzasi bilan
masofasi (oldingi soxada 15 mm, kesilish sohasi 22 mm, orqa sohasi 13 mm).
Bu teshikning joylashishi yoshli odamlarda katta ozik tishlarning chaynov yuzasiga tugri keladi, keksalar va
bolalarda ozgina pastrokda.
Pastki jag teshigi oldin va ichkaridan pastki jag burtigi — tilchasi (lingula mandibulae) bilan ko`plangan,
shuning uchun teshikdan 0,75—1 sm yukoridan — suyak burtmasi yukori qismidan anestetik kiritiladi, bu erda
nerv kanalga kirishdan oldin suyak boyin egatchasi (sulcus colli mandibulae)da yotadi.
Bu erda yumshoq kletchatka borligi sababli anestetik yaxshi tarkaladi.
Pastki katta tish ildizining chaynov yuzasiga 0,75—1 sm li igna kirgiziladi. Mandibulyar anesteziya ogizichi
va ogiz tashki yo`llari orqali qilinadi.
Ogizichi usuli. Suyakni palpatsiya natijasida anotomik joyini topib va apodaktil metod (pal‘pastiyasiz) bilan
anesteziya qilinadi.
1) Bu anesteziyani bajarish uchun orqa molyar chuqurcha va chakka tojini topishimiz kerak. Bu uz navbatida
ignani tikish uchun muljal xisoblanadi. Pastki jag alveolyar o`simtasi til tomonidan suyak valik utkazilgan-
chakka usigi (criqa temporalis). Pastki qismda o`siq ichki va tashki oyoklarga bolinadi. Uz navbatida bu ikkita
oyokcha uchburchak hosil qiladi (retromolyar uchburchak). Pastki jag oldingi kirrasi tarmogi orasi pastga
utuvchi kiyshik liniya va chakka tojiga katta bolmagan uchburchak forma joylashgan — molyar orti
chuqurchasi. Suyak muljali kursatkich barmoq bilan pal‘pastiya qilinadi. Agar anesteziya ungdan kilinsa, chap
kul barmogi bilan chapdan qilinadi.
Bemor ogizni katta ochganda pastki jagning oldingi kirrasi 3 katta ildizi tishning diqal kirrasi satxida pal‘pastiya
qilinadi. Barmoqni ichkarirokka joylashtirganda chakka toji xayolan qavat utish joyiga proeksiya qilinadi.
Barmoqni retromolyar chuqurcha fiksasiya qilinadi. Premolyar tishlar satxida karama —qarshi tomondan shpris
kuyilib igna sanchish chakka tojidan ichkarirokda 0,75—1 sm 3 katta ildizning chaynov yuzasidan
yukorirokda hisoblanadi. Igna tashkariga va orqaga harakatlantiriladi. 0,5 — 0,75 sm chuqurlikda suyakka borib
takaladi va 0,5—1 ml anestetik yuboriladi. Pastki alveolyar nervdan oldinga joylashgan til nervi xam
ogriqsizlantiriladi. Igna yana 2 sm ichkariga suyak tarnovchasiga (jelobok) pastki alveolyar nervning jag
kanaliga kirish qismiga 2 — 3 ml anestetik yuboriladi (YUkoridagi nervni anesteziya qilish uchun).
Pastki jag nervi tarmogi sagital yuzada anik joylashmagan bulib, burchak ostida uning oldingi kirrasi yakinida,
uning orqa kirrasi esa o`rta liniyadan uzoqrokda joylashgan. Tarmoqning bustilishi bemorlarga xar xil buladi.
SHuning uchun 0,75 sm chuqurrokka suyakkacha igna kiritiladi va til nervi ogriqsizlantiriladi. SHprisning
boshlangich holati uzgartirilmasdan igna chuqurrok pastki jag teshigigacha yunaltiriladi. Bu holatni hammavaqt
xam kilib bulmaydi. Kam xollarda shpris holatini markaziy kesuvchi tishlar satxiga tugrilash kerak va igna
orqaga pastki jag tarmogi ichki yuzaga paralel ravishda va 2 sm chuqurlikda joylashgan pastki jag teshigi va
sulcus colli mandibulae ga yo`naltiriladi.
Pastki jag nervi tarmogi sagital yuzada anik joylashmagan bulib, burchak
ostida uning oldingi kirrasi yakinida, uning orqa kirrasi esa o`rta liniyadan uzoqrokda joylashtan. Tarmoqning
bustilishi bemorlarga xar xil buladi. SHuning uchun 0,75 sm chuqurrokka suyakkacha igna kiritiladi va til nervi
ogriqsizlantiriladi. SHprisning boshlangich holati uzgartirilmasdan igna chuqurrok pastki jag teshigigacha
YUnaltiriladi.
Pastki jag nervi tarmori sagital yuzada anik joylashmagan bulib, burchak ostida uning oldingi kirrasi yakinida,
uning orqa kirrasi esa o`rta liniyadan uzoqrokda joylashtan. Tarmoqning bustilishi bemorlarga xar xil buladi.
SHuning uchun 0,75 sm chuqurrokka suyakkacha igna kiritiladi va til nervi ogriqsizlantiriladi. SHprisning
boshlangich holati uzgartirilmasdan igna chuqurrok pastki jag teshigigacha yo`naltiriladi. Bu holatni hammavaqt
xam kilib bulmaydi. Kam xollarda shpris holatini markaziy kesuvchi tishlar sa`qiga tutrilash kerak va igna
orqaga pastki jag tarmori ichki yuzaga paralel ravishda va 2 sm chuqurlikda joylashgan pastki jag teshigi va
sulcus colli mandibulae ga yo`naltiriladi.
U chakka kirrasi ichida joylashgan bulib uzun, kiska yoki kundalang kattalikda buliish mumkin. Bemor ogiz
katta ochilgan xolda, shpris kichik ozik yoki birinchi katta ozik tishning karama — qarshi tomonidan sustiladi.
Igna qanotsimon — pastki jag burmasining pastki va yukorigi katta ozik, tishlar chaynov yuzasining oralik
sohasidan (ular yo`kligida — alveolyar o`siqlar kirrasi oralik sohasidan) sanchiladi. Igna tashkari va orqaga to
suyak to`qimasiga takalguncha kiritiladi(1,5 —2 sm chuqurlikda). Keyin esa 2 — 3 ml anestetik pastki
alveolyar va til nervlarining sezgirligini yuk qilish uchun yuboriladi. Ba‘zan 2 sm chuqurlikda igna kiritilishi
suyak to`qimasiga takalish imkonini bermaydi. Bu pastki jag anotomik xususiyatlarga boglik, kaysiki u sagital
tekislikda ko`prok egilgan. Bunday xolda igna pastki jag shoxlarining ichki yuzasidan, suyakka tegmagan
xolda kiritiladi. Bunda ikkinchi katta ozik tish sohasida shprisni karama —qarshi tomondan ko`prok yuborish
kerak. Pastki jag shoxlari ichki yuzasi va igna orasidagi burchakni uzgartirib, igna suyakka takaladi. Agar
qanotsimon — pastki jag burmasi keng bulsa, igna burmasi o`rtasidan, agar tor bulsa — medial yuzasidan igna
kiritiladi.
qanotsimon pastki jag burmasi — chakka kirrasiga karaganda kam ishonchli muljal, shuning uchun apodaktil
usulda pastki alveolyar nervlariga eritma anik kiritilmaydi.
Ogiz tashki usuli. Agarda pastki alveolyar nervni ogiz ichidagi usulida blokada qilish mumkin bulmasa, tashki
usul qo`llaniladi.
Pastki jag osti sohasidan kiruvchi anesteziya.
Anesteziyani anik bajarish uchun pastki jag teshigini teridagi proeksiyasini tugri aniklash kerak. U quloq suprasi
dirildogidagi chaynov mushagi oldingi kirrasi bilan kesishgan nuktasidagi chizik o`rtasida joylashgan. Pastki jag
teshigiga muljal kilib shu nukta olinadi.
Igna pastki jag burchagidan 1,5 sm oldindan sanchiladi. Igna yukoriga 3 — 4 sm pastki jag shoxining orqa
kirrasi buylab kiritiladi. Bunda ignani suyakka takab amalga oshiriladi. Ignani oldin uzini sanchib, anestetik
yuborishdan oldin shprisni ulash kulay. 2 ml ogriqsizlantiruvchi eritma olinadi. Til nerviga karab igna 1 sm
yukoriga harakatlantiriladi.
YOnoq osti usuli (Bershe Dubova). Ayrim xollarda ignani quloq suprasi dirildogidan 2 sm oldindan yonoq
ravogining pastidan sanchiladi. Ignani teriga perpendikulyar xolda 3,5 sm kiritiladi. Anestetikni kam —kam
yuborib boriladi. Ignani tashki qanotsimon mushakning boshlari orasidan yoki uning tashki yuzasidan kiritiladi
(kaysiki pastki alveolyar va til nervlari joylashgan). 3 — 5 ml anestetik yuborilgandan 10 — 20 minut keyin
ogriqsizlanish ko`zatiladi.
Pastki alveolyar va til nervini ogriqsizlantirilganda ogriqsizlanish maydoni: Pastki jag alveolyar, til nervining
anesteziya — pasti jagning tegishli yarmidagi hamma tishlar, alveolyar o`siqning suyak to`qimasi, pastki jag
tanasining malum qism, alveolyar o`siqning daxliz va til yuzalari shilliq til osti sohasi shilliq qavati, tilning
oldingi 2 dan Z qismi, pastni labningg terisi va shilliq qavati, ogriqsizlantirilgan tomon iyak terisi. SHuni esda
tutish keraki, alveolyar o`siqni shilliq qavatining kam ildizli ikkinchi tishning teng o`rta qismidan ko`p ildizli
ikkinchi tishning teng o`rta qismigacha bulgan sohasining inervatsiyasi birgina pastgi tish chigalidan boradigan
shoxcha bilan emas, balki lunj nervi xam innervasiya k;iladi. Mana shu soxa shilliq qavatini tulik
ogriqsizlantirish uchun infiltratsion anesteziya kurinishida kushimcha ravishda 0,5 ml anestetik yuboriladi.
Pastki jag anesteziyasidan sung 15 — 20 minutdan keyin ogriqsizlanish yuzaga chikadi va 1 — 1,5 soat davom
etadi.
Kurak va qoziq tishlar sohasining karama —qarshi tomon bilan anastamozi sababli ogriqsizlanish darajasi past
buladi.
Asorati: ignani medial qanotsimon pasti jag burmasiga kiritganda yutkin to`qimasi sezuvchanligi pasayishi
YUzaga kelishi va medial qanotsimon mushakning shikaqlanishi sabab pastki jag kontrakturasiga sabab bulishi
mumkin. Bu asoratni bartaraf etish uchun uzoq muddati, fizioterapevtik muolajalar mexanoterapiya va progenal
eritmasi ineksiyasi amalga oshiriladi. Kon —tomir shikaqlanishi va kon —ketish, pastki lab va iyak sohasi
terisida ishemik soxa yuzaga kelishga sabab buladi. Pastgi alveolyar va til nervning igna bilan shikaqlanishi,
diotermiya va galvanizasiya yo`li bilan davolanadigan nevrit kasalligi sabab buladi. Kam xollarda yuz nervi
shoxining blokadasi yuz mushaklari falajiga sabab buladi. Mandibulyar anesteziya texnikasining xato amalga
oshirilishi igna sinib kolishiga olib keladi.
Bu asorat sababi ignaning ichki uchi juda chuqurda va yumshoq tustima bilan ko`plangan yoki suyak va mushak
oraligida joylashganda ignaning birinchi holatini tezlik bilan uzgartirganda kelib chikadi.
Bu asorat xavfi ignaning mushak payiga kiritganda ortadi. Bu asoratni oldini olish uchun sifatli ignalardan
foydalanish, anesteziya texnikasiga qattiq amal qilish ignani kon yo`ligacha yumshoq to`qimaga kiritmaslik va
qupol tez amallarni bajarmaslik kerak. agar ignaning singan qismi tulik to`qima orasida kolganda uni kuyidagi
holatlarda (ogizni ochgandagi uz uzidan ogriq, kontraktura holatlarida, yalliglanish alomatlarida) chuqur
rengenologik tekshirishdan sung stasionarda operasiya yo`li bilan olib tashlanadi. Bunday kiyin holatlarda
yaxshi operasion texnika va xirurgik maxorat talab etiladi.
Ayrim xollarda singan igna to`qimada kobiklanadi va xech kanday etirozga sabab bulmaydi. Bunday holatlarda
uni olib tashlamaslik mumkin.
M.M. Veysbrem buyicha pastki jag bolishchasi sohasi anesteziyasi (torusalnaya anesteziya)
Bu anesteziyada ogriqsizlantiruvchi eritma pastki jag bolish sohasiga yuboriladi. (torus mandibulae). U bugim
va tojsimon o`siqlari birlashgan joyda bulib, suyak tilchasidan yukori va oldinrokda joylashgan.
Torusdan pastda va ichkarida pastki alveolar, til va lunj nervlar joylashgan bulib, govak to`qima bilan oralgan.
Kursatilgan soxaga anestetik yuborilishi bu nervlarni bir vaqtni uzida ogriqsizlantiradi. Anesteziya utkazish
paytida bemor ogzi maksimal darajada ochilgan bulishi kerak. Ignani lunj shilliq qavatiga perpendikulyar
holatda sustib, shpris karama —qarshi tomonda yo`naltirilgan buladi. Ko`p ildizli tishlar joylashgan soxa bilan
bir tekislikda sanchish sohasida nukta hosil buladi.
Bu yukorigi uchinchi molyar tishning chaynov yuzasidan 0,5 sm pastdan utkazilgan gorizontal chizik va
qanotsimon — pastki jag lateral yuzasi burmasi va lunj hosil qiladigan egatda.
Igna suyakkacha olib boriladi (0,25 dan 2 sm gacha) chuqurlikda 1,5 — 2 ml anestetik yuboriladi, bunda pastki
alveolyar va lunj nervlari ogriqsizlanadi. Igna bir necha mm orqaga tortildi va 0,5 — 1 ml anesteik til nervi
anesteziyasi uchun yuboriladi. Anesteziya 5 minutdan so`ng boshlanadi.
Ogriqsizlanadigan soxa: pastki jagga tegishli ogriqsizlanti-riladigan soxa va lunj nervi innervasiya qiladigan
to`qimalar- lunj terisi va shilliq qavati, pastki jag kam ildizli qismi soxaga alveolyar o`siq shilliq qavati.
Lunj nervi pastki yarim oysimon va til nervlari bilan uzaro borlik, uzaro alokada bulsa xam, lekin
ogriqsizlantirish va hammavaqt xam yonoq nervi innervasiyalaydigan zonalar ogriqsizlanmay koladi. Bunday
holatlarda yonoq nervining periferik oxirlarini blokadash uchun operasion maydonga kushimcha ravishda
infiltratsion aneqiziya utkazishimiz kerak.
LUNJ NERVINI OGRIQSIZLANTIRISH
Bemorining ogizkatta ochilgan xolda, ignani lunjning shilliqqavatiga sanchamiz, shprisni karama — qarshi
tomonga yo`naltiramiz. YUkori katta chaynov tishlarning chaynov yuzasi darajasida utkazilgan gorizontal
chizik va lunj shilliq qavatiga tojsimon usimtaning oldingi kirra proeksiyasi bulib, vertikal chiziklarning
kesishgan joyi bulib xisoblanadi. Ignani qanot — chakka to`qima oralikdan chikadigan lunj nervlar kesib
ketadigan yoki chakka mushaklari tutami va lunj mushaklarining tashki yuzasida joylashgan tojsimon
usimtaning oldingi kirrrasigacha 1 — 1,5 sm ichkariga kiritamiz. 1—2 ml anestetik eritma yuboramiz.
Ogriqsizlantirish lunj nervi innervasiyalaydigan zonada boshlanadi. (karang. Pastki jag valigiga
ogriqsizlantirish. (torusalanesteziya.))
TIL NERVINI OGRIQSIZLANTIRISH
Til nervi pastki jag valigidagi pastki jag teshikda utkazilgan anesteziya orqali blokada qilinadi. Bundan tashkari
u jag —til tarnovgacha xam ta‘sir qiladi. Buning uchun tilni shpatel bilan karama — qarshi tomonga suramiz.
Ignani pastki 3 chi katta chaynov tishi koronka o`rtasining darajasida jag —til tarnovchasi shilliq qavatining eng
chuqur qismiga sanchamiz. Bu erda til nervi juda yuzada joylashgan. 2 ml anestetik yuboriladi.
Ogriqsizlantirish zonasi til nervi innervasiya zonasiga tugri keladi.
IYAK NERVINI OGRIQSIZLANTIRISH
Anesteziyani utkazish uchun iyak teshigi kanday joylashganligini aniklashimiz kerak. Ko`pincha u pastki 2 chi
chaynov tish alveolasi o`rta darajasida yoki 1 — 2 chi kichik chaynov tishlar alveolalararo tusigi o`rtasida va
pastki jag tanasi asosidan 12 — 13 mm bilandlikda joylashgan. Teshik proeksiyasi kuyidagi holatda, chaynov
mushagini oldingi kirralari o`rtasidagi oralikdagi masofada joylashadi. Iyak teshigi (yoki kanalning kirish joyi)
orqaga, yukoriga, tashkarigaochiladi. Ignani kanalga yo`naltirayotganda buni esdan chikarmaslik kerak.
Ogizdan tashkari usul — Anesteziyani pastki jag ung tomonida utkazilayotganda vrach bemorning ung tomoni
va orqasida turib utkazilishi kulay. Agar anesteziyani pastki jag ung tomonidan utkazsak, unda vrach bemorning
ung tomonida vaoldida turishi kulay. YUkorida keltirilgan orientirlardan foydalanib teridagi iyak proeksiyasi
topiladi. CHap kul kursatkich barmogi bilan shu nukta yumshoq to`qimalari suyakga bosiladi. Kanal yo`lini
xisobga olgan xolda ignani iyak teshigidan 0,5 sm yukoriga va orqaga sanchamiz.
Keyin ignani pastga, ichkariga vaoldinga to suyakka tekkunicha kirgizamiz. 0,5 ml anestetik eritmaYUborilib,
extiyotkorlik bilan iyak teshigi topiladi va kanalga kiriladi. Ignani 3 — 5 mm kirgizilib 1—2 ml anestetik
YUboriladi anesteziya 5 minutdan keyin boshlanadi. Agar ignani iyak teshigiga kirgizmasak, unda fakat pastki
lab va iyak YUmshoq to`qimalari ogriqsizlanadi. Bu xolda kichik chaynov tishlar kurak qoziq tishlar
vaalveolyar usimta soxalarida ogriqsizlantirish etarlicha bulmaydi.
Ogiz ichi usuli — yopik yoki yarim yopik bemor jaglarining lunjining yumshoq to`qimalari itariladi. Ignani 1
chi katta chaynov tish koronkasi o`rtasidan utuvchi burmadan bir necha mm tashkariga sanchiladi.
Ignani 0,75—1 sm chuqurlikka patga, oldinga va ichkariga iyak osti teshigigaetguncha harakatlantiriladi.
Ogriqsizlantirishning kolgan qismi ogiztashki usulining shu qismlaridan fark kilmaydi.
OGRIQSIZLANTIRISH ZONASI:
Iyak va pastki labning yumshoq to`qimalari, premolyar, tishlar, qoziqlar va kesuvchilar, alveolyar o`siqning
suyak to`qimasi, uning vestibulyar tarafdan shu tishlar joylagdgan soxaning shilliq qavati. Ba‘zida
ogriqsizlantirish 2— kattaozik tish sohasigacha tarkaladi. Ko`zga kurinarli ogriqsizlantirish odatda fakatgina
kichik oziq tish vaqoziqlar soxdsida yuzaga keladi.
Karama —qarshii tomondagi anastamozlar xisobiga tishlar sohasida ogriqsizlantirish kam effektli buladi.
Asoratlar: Kon — tomirlarning shikaqlanishi okibatida to`qimalarga kon kuyilishi va gematomalar hosil bulishi
mumkin, iyak va pastki lab terisida ishemiya soxalari paydo bulishi mumkin. Nerv stvolining jaroxatlanishi
natijasida iyak osti nervining nevriti rivojlanishi mumkin.
Bu asoratlarni davolash va profilaktikasi boshka nervlarni ogriqsizlantirishdagidan fark kilmaydi.
PASTKI JAG NERVINING HARAKATLANTIRUVCHI TOLALARINI BLOKADA QILISH.
1. Bershe buyicha. CHaynov nervini blokada qilish uchun ignani quloq suprasining dirildogidan 2 sm oldinga
chekingan xolda yonoq yoyining pastki kirgori ostidagi teri katlamlariga perpendikulyar xolda sustiladi. Ignani
o`rta chizikka gorizontal xolda 2 — 2,5 sm chuqurlikka pastki jag kesigi orqali harakatlantiriladi. 3- 5 ml
anestetik yuboriladi. Ogriqsizlantirish effekti 5—10 minutdan mushaklarning bushashishi bilan namoyon
buladi. Bu ogriqsizlantirish pastki jagning yalliglanish kontrakturasi bulganda qo`llaniladi, (u rivojlangandan 10
kungacha).
Muskullarda organik uzgarishlar paydo bulganda nerv blokadasi orqali ogizochishga erishilmaydi.
2. P.M.Egorov buyicha ogriqsizlantirish nafakat chaynov nervi, balki pastki jag nervining boshka
harakatlantiruvchi tolalarini bloklash imkonini beradi.
Anestetik deposi bugim dumbogi oldingi chegarasi asosida, osti dumbogining tashki yuzasi oldida hosil
qilinadi. Bu esa qanotsimon — chakka kletchatkasining, qanotsimon pastki jag bo`shlig‘i va chakka osti
chuqurchasini infiltrasiya imkoniyatini beradi. Xuddi shu erda harakatlantiruvchi tolalar yotadi.
Vrach bemorning ung tomonida turadi. CHap kul 1 — barmogi tirnok falangasini pastki jag bolishchasi va
bugim dumbogining tashki yuzasiga fiksasiya qiladi. Bemordan ogzini ochish va yopish, pastki jagni yon
tomonga harakatlantirish soraladi. SHu Yo`l bilan ignani sukish joyi aniklanadi. U yonoq yoyining pastki
kirgogi ostida 0,5—1 sm bugim dumbogidan oldinda bulishi kerak. Terini spir yoki yodning spirtli eritmasi
bilan kayta ishlanib topilgan nuktaga igna sustiladi. Ignani yonoq yoyi ostidan birmuncha yukoriga (60q - 70q
ostiga teriga) chakka suyagining tashqi yuzasigacha harakatlantiradi. Bu masofani ung kulning II barmogi
bilan fiksasiya qilinadi va ignani orqaga 0,5—1 sm chikariladi. Sung teri yuzasiga turli burchak ostida ignani
chuqurlikka II barmoq bilan belgilangan YUmshoq to`qimalarga kiritiladi va 2 ml anestetik eritmasi
YUboriladi.
YUQORI VA PASTKI NERVLARNI OTKAZUVCHAN OGRIQSIZLANTIRISH.
(stvol anesteziyasi)
YUkori yoki pastki jag barcha to`qimalari sohasida ogriqsizlantirish talab kiluvchi jaroxatli operasiyalar
utkazishda YUkori jag nervini qanot tanglay chuqurchasida aylana teshik oldida va pastki jag nervini avval
teshik oldida blokada qilish mumkin.
S.N. Vaysblat izlanishlari shuni kursatadiki uch shoxli nervning II va III shoxlarini blokada qilishda eng oson va
kulay muljal bulib ponasimon suyak qanotsimon usigining tashki plaqinkasi bulib xisoblanadi.
qanotsimon — YUkori jag yorigi orqali tashkariga ochiluvchi qanotsimon tanglay chuqurchasi va avval teshik
qanotsimon o`siqning tashki plaqinkasi bilan bir tekislikda joylashgan.
qanotsimon tanglay chuqurchasiga kirish yo`li, undan oldinga, avval teshik esa orqada joylashgan (14,a rasm)
Kon —tomir, nerv va kletchatka bilan tulganligi xisobiga xajmi kamaygan qanotsimon — tanglay
chuqurchasiga anestetikni aylana teshik sohasiga borib, yukori jag tuyintirguncha yuborish kerak. Ignani
bevosita aylana teshikka kirgizish mumkin emas. Stvol anesteziyasi uchun 7 — 8 sm uzunlikdagi igna
ishlatilishi shart.
YUkori jag nervini ogriqsizlantirish. S.N.Vaysblat buyicha qanot tanglay chuqurini yonoq osti qanotsimon yo`l
orqali ogriqsizlantirish.
S.N.Vaysblat isbotlab berishicha osik tashki plaqinkasi proeksiyasi quloq yumshogi ko`z liniyasidan keltirilgan
chizik (trago —orbital) o`rtasida joylashgan. Bu liniya quloq suprasi yumshogi va uksimon chizik o`rtasigacha
utkazilgan bulib, uksimon liniya ko`z tashki kirrasi va yonoq suyagining oldingi pastki sohasini biriktiradi.
Igna yonoq yoyi pastki kirgogiga tragoorbital gorizontal tekislik buylab ichkariga harakatlantiriladi.
Teri ko`plamiga perpendikulyar xolda qanotsimon o`siqning tashki plaqinkasigacha kiritiladi. Ignaga kiritilgan
steril rezinka bilan igna kirgan chuqurlik belgilanadi.
Ignani kiritilgan uzunlikdan yarmidan ko`progi kaytib orqaga chikariladi va uni oldinga 15q — 200q burchak
ostida ugiriladi kiritiladi. Bunda igna qanot — tanglay chuquriga boradi. U erga 2 — 4 ml anestetik eritmasi
yuboriladi. 10—15 min. dan keyin anesteziya yuzaga keladi.
TragoorbitalYo`li. Igna yonoq suyagi pastki kirgogining vertikal chizik bilan kesishgan joyiga sustiladi.
Vertikal chizik ko`z kosasining tashki kirgogidan utkaziladi. Ignani ichkariga va bir kancha yukoriga to yukori
jag dumbogiga tekguncha harakatlantiriladi. Sung ignani suyakka tekgan xolda harakatlantirib 4-5 sm orqa va
ichkariga harakatlantiriladi. Bunda igna qanot — tanglay chuquriga tushada va uning o`rtasidan ozgina yukoriga
boradi. 2 — 4 ml anestetik eritmasi kiritiladi.
Orbital yo`l. Igna ko`z kosasi burchagining pastki tashki yukori chegarasi sohasiga sustiladi. Bu yonoq
suyagining yukori kirgogiga mos keladi. Ignani ko`z kosasining tashki devori buylab orqaga 4—5 sm
chuqurlikda gorizontal tekislik buyicha kat‘iy harakatlantiriladi. Bunda igna suyak bilan kontaktni
yo`kotmasligi va yukoriga cheklanmasligi kerak. Bu chuqurlikda igna aylana teshik sohasiga etib boradi, u erda
5ml anestetik yuboriladi (V.F.Voyno —YAsenskiy). Agar ignani ko`z kosasi pastki devori buylab ko`z osti
erigacha etilsa, bunda anestetik u orqali qanot—tanglay chuquriga utadi va u erda yukori jag nervni bloklaydi.
(S.N.Vaysblat).
PalatinalYo`l (ogiz ichi)Ignani katta tanglay teshigi va katta tanglay kanali orqali qanot — tanglay chuquriga
kiritiladi.
Katta tanglay teshigiga kirgan ignani yukori va orqaga kanal buylab 3- 3,5 sm chuqurlikda qanot-tanglay
chuqurchasiga kiritiladi. 1,5- 5 ml anestetik yuboriladi. Ignani katta tanglay teshigiga kiritish usuli katta tanglay
nerv anesteziyasida kursatilgan.
Ogriqsizlantirish zonasi: 3 shoxli nervning 2 chi shoxi innervasiya qiladigan barcha to`qima va a‘zolar.
OVAL TESHIK SOHASIDA PASTKI JAG NERVINI S.N.VAYSBLAT BUYICHA
OGRIQSIZLANTIRISH.
Igna trago - orbital chizik o`rtasidan qanotsimon o`siq tashki plaqinkasigacha kiritiladi. Xuddi yukori jag nervi
blakadasidek.
Sungra ignani 1 sm orqaga burib oldingi chuqurlikka kiritiladi. Bunda igna avval teshikkacha boradi. U erga 2-
3 ml anestetik yuboriladi. Ogriqsizlantirish 10—15 min. dan keyin yuzaga keladi.
Ogriqsizlantirish zonasi: 3 shoxli nervning 3 chi shoxi innervasiya qiladigan barcha to`qima va organlar.
OGRIQSIZLANTIRISH ASORATLARI
Markaziy ogriqsizlantirish utkazilayotgan vaqtda igna bilan burun bo`shlig‘i, eshitish nayi shu bilan birga kalla
asosiga kirib infeksiya tarkatishimiz mumkin. Diplopiya kelib chikishi ko`zni harakatlantiruvchi nerv mexanik
zararlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |