uchinchi bosqichi); to„rtinchi bosqichda o„rganilgan kategoriyani bilib olish
12
uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq
ifodalash, so„zni va gapni to„g„ri yozish uchun) o„quvchilarda tushunchaga
asoslanish ko„nikmasi shakllantiriladi.
Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli
ravishda to„rt bosqichga bo„linadi:
Birinchi bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til
materialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma‟lum so„z va gaplarning leksik
ma‟nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til
hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O„quvchilar
tahlil qilish va mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar.
Ikkinchi bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular
orasidagi bog„lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog„lanishini aniqlash),
atamani berish. O„quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar.
Uchinchi bosqich – tushuncha ta‟rifini ifodalashni tushunish, belgilar
mohiyatini va ular orasidagi bog„lanishni aniqlash.
To„rtinchi bosqich – yangi til materiali asosida o„rganilayotgan
tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash,
o„rganilayotgan tushunchaning ilgari o„zlashtirilgan tushunchalar bilan
bog„lanishini aniqlash.
Ko„rsatilgan bosqichlarni “fe‟l” grammatik tushunchasini shakllantirish
jarayoni misolida ko„rib chiqaylik:
Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning
muhim
belgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko„pgina tekshirishlar, agar
o„quvchilar o„qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki
til materialini o„zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati
samaradorligi ortishini ko„rsatdi. Masalan, o„quvchilar harakatlarini kuzatish
asosida gap tuzadilar. Darsda o„quvchilarni fe‟ldan foydalanish va e‟tibor bilan
13
yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda
ko„rilgan film, shu darsda ko„rsatilgan diafilmning biror qismi, o„qilgan hikoya,
rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq
ifodalaydigan kerakli so„z (fe‟l)ni jamoa bo„lib topish imkonini beradigan
vaziyat yaratish muhimdir. Masalan, mavzuni o„rganishdan oldin o„quvchilar
bahorda tabiatda yuz beradigan o„zgarishlarni kuzatadilar.
O„qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o„zgarishlar yuz beradi?
O„quvchilar: – Kunlar isiydi.
– O„tlar ko„karadi.
– Daraxtlar kurtak chiqaradi. –Bodom gullaydi.
–Dastlab shaftoli, o„riklar gullaydi. – Olma keyinroq gullaydi.
O„quvchilar o„qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar.
O„qituvchi: – Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so„zlardan
foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to„g„ri chiziq chizing (O„quvchilar vazifani
bajaradilar).
– Harakatni bildirgan so„zlarga so„roq bering va taqqoslang (O„quvchilar
nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so„roqlarini beradilar).
– Endi darslikda fe‟l haqida nima deyilganini o„qing.
– Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so„zlar qanday ataladi, ular qanday
so„roqlarga javob bo„ladi?
– Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo„laklariga ko„ra tahlil
qiling (O„quvchilar eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to„g„ri chiziq
chizadilar)
– Gulladi, gullaydi fe‟llari gapda qaysi bo„lak vazifasida kelgan? (Kesim.)
– Endi fe‟l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting
14
(umumlashtiring):
1. Fe‟l nima? (So„z)
2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini)
3. Qanday so„roqlarga javob bo„ladi? (Nima qildi? Nima qilyapti? Nima
qiladi?) 4. Qaysi gap bo„lagi vazifasida keladi? (Kesim)
– Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o„qing va
unga javob bering. O„quvchilar kitobdagi va qo„shimcha mashqlarni
ishlaydilar.
– Fe‟ldan boshqa yana qanday so„z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son,
olmosh)
– So„zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So„z turkumlari (ot, sifat, fe‟l)
bir-biridan qanday farqlanadi? (O„quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar).
O„quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe‟llarning
tagiga chizadilar. Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining
yuqoridagi to„rt bosqichi qisqa shaklda o„z aksini topgan. Biroq bu darsda
o„quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o„zlashtirish uchun esa
dasturda mavzuni o„rganishga ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini
bajarish
lozim.
Mavzuni
o„rganish
jarayonida
“Fe‟l”
tushunchasi
chuqurlashadi va kengayadi, o„quvchilar fe‟lning yangi belgilarini o„rganadilar
(fe‟llarda bo„lishli va bo„lishsizlik, ularning shaxs-son qo„shimchalari bilan
tuslanishi,
fe‟l
zamonlari).
O„quvchilarda fe‟llarni shaxs-son, zamon,
bo„lishsizlik qo„shimchalari bilan o„zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos
fe‟l shakllaridan nutqda to„g„ri foydalanish ko„nikmasi shakllantiriladi.
Tushunchani shakllantirish jarayonida so„zning leksik ma‟nosi, uning gap
tarkibida boshqa so„zlar bilan birga kelgandagi ma‟nosi asta-sekin aniqlanib,
oydinlashtirilib boriladi, og„zaki va yozma nutqda so„zni uslubiy to„g„ri ishlatish
ko„nikmasi orta boradi. Buning uchun o„quvchilar so„zning ko„p ma‟noliligi, o„z
15
va ko„chma ma‟noda ishlatilishi, sinonim va antonim so„zlar bilan elementar
tanishtiriladi.
O„rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan
jonli nutqda aloqa maqsadida
bevosita
foydalanish
uchun
grammatik
tushunchani shakllantirishda o„quvchilarda mavhumlashtirishni va so„zlar uchun
xarakterli bo„lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o„stirish zarur,
shuningdek, ular so„zning leksik ma‟nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir.
Bular o„quvchilarning nutqini o„stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o„quvchilar
nutqda so„zlardan amaliy foydalanishga, so„zning leksik ma‟nosini tor
tushunishdan chuqurroq tushunishga o„tadilar, so„zning leksik va grammatik
ma‟nolari bir-biriga ta‟sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda
so„zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |