Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Boboqulova Sh pdf

uchinchi bosqichi); to„rtinchi bosqichda o„rganilgan kategoriyani bilib olish 


12 
uchun mashq qilinadi; amaliy vazifani hal qilish maqsadida (fikrni aniq 
ifodalash, so„zni va gapni to„g„ri yozish uchun) o„quvchilarda tushunchaga 
asoslanish ko„nikmasi shakllantiriladi. 
Shunday qilib, tilga oid tushunchalarni shakllantirish jarayoni shartli 
ravishda to„rt bosqichga bo„linadi: 
Birinchi bosqich – tushunchaning muhim belgilarini ajratish maqsadida til 
materialini tahlil qilish. Bu bosqichda ma‟lum so„z va gaplarning leksik 
ma‟nosidan kelib chiqib mavhumlashtirish amalga oshiriladi va shu til 
hodisasi, til kategoriyasi uchun umumiy hisoblangani ajratiladi. O„quvchilar 
tahlil qilish va mavhumlashtirish aqliy amalini bilib oladilar. 
Ikkinchi bosqich – tushunchaning belgilarini umumlashtirish, ular 
orasidagi bog„lanishni aniqlash(tushunchalarning ichki bog„lanishini aniqlash), 
atamani berish. O„quvchilar taqqoslash va tarkib amalini bilib oladilar. 
Uchinchi bosqich – tushuncha ta‟rifini ifodalashni tushunish, belgilar 
mohiyatini va ular orasidagi bog„lanishni aniqlash. 
To„rtinchi bosqich – yangi til materiali asosida o„rganilayotgan 
tushunchani aniqlashtirish, bilim tajribaga tatbiq etiladigan mashqlar ishlash, 
o„rganilayotgan tushunchaning ilgari o„zlashtirilgan tushunchalar bilan 
bog„lanishini aniqlash. 
Ko„rsatilgan bosqichlarni “fe‟l” grammatik tushunchasini shakllantirish 
jarayoni misolida ko„rib chiqaylik: 
Tushuncha ustida ishlash til materialini tahlil qilish va tushunchaning 
muhim 
belgilarini aniqlashdan boshlanadi. Ko„pgina tekshirishlar, agar 
o„quvchilar o„qituvchi rahbarligida muayyan vazifani bajarish bilan dastlabki 
til materialini o„zlari tuzsalar yoki tanlasalar, ularning analitik faoliyati 
samaradorligi ortishini ko„rsatdi. Masalan, o„quvchilar harakatlarini kuzatish 
asosida gap tuzadilar. Darsda o„quvchilarni fe‟ldan foydalanish va e‟tibor bilan 


13 
yozishga undaydigan qulay nutqiy vaziyat yaratiladi. Ekskursiya, yaqinda 
ko„rilgan film, shu darsda ko„rsatilgan diafilmning biror qismi, o„qilgan hikoya, 
rasm materiali yuzasidan gaplar tuzish ham mumkin. Gap tuzishda fikrni aniq 
ifodalaydigan kerakli so„z (fe‟l)ni jamoa bo„lib topish imkonini beradigan 
vaziyat yaratish muhimdir. Masalan, mavzuni o„rganishdan oldin o„quvchilar 
bahorda tabiatda yuz beradigan o„zgarishlarni kuzatadilar. 
O„qituvchi: – Bahorda tabiatda qanday o„zgarishlar yuz beradi?
O„quvchilar: – Kunlar isiydi. 
– O„tlar ko„karadi. 
– Daraxtlar kurtak chiqaradi. –Bodom gullaydi. 
–Dastlab shaftoli, o„riklar gullaydi. – Olma keyinroq gullaydi. 
O„quvchilar o„qituvchi tavsiya qilgan bir necha gapni izohlab yozadilar. 
O„qituvchi: – Narsaning harakatini ifodalash uchun siz qaysi so„zlardan 
foydalandingiz? Ularning tagiga ikki to„g„ri chiziq chizing (O„quvchilar vazifani 
bajaradilar). 
– Harakatni bildirgan so„zlarga so„roq bering va taqqoslang (O„quvchilar 
nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? so„roqlarini beradilar). 
– Endi darslikda fe‟l haqida nima deyilganini o„qing. 
– Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so„zlar qanday ataladi, ular qanday 
so„roqlarga javob bo„ladi? 
Bodom gulladi. Olma gullaydi gaplarini gap bo„laklariga ko„ra tahlil 
qiling (O„quvchilar eganing tagiga bir, kesimning tagiga ikki to„g„ri chiziq 
chizadilar) 
– Gulladi, gullaydi fe‟llari gapda qaysi bo„lak vazifasida kelgan? (Kesim.) 
– Endi fe‟l haqida nimalarni bilib oldingiz? Rejadan foydalanib ayting 


14 
(umumlashtiring):
1. Fe‟l nima? (So„z) 
2. Nimani bildiradi? (Shaxs va narsaning harakatini) 
3. Qanday so„roqlarga javob bo„ladi? (Nima qildi? Nima qilyapti? Nima 
qiladi?) 4. Qaysi gap bo„lagi vazifasida keladi? (Kesim) 
– Kitobdagi qoidada rejaning qaysilariga javob berilgan? Rejani o„qing va 
unga javob bering. O„quvchilar kitobdagi va qo„shimcha mashqlarni 
ishlaydilar. 
– Fe‟ldan boshqa yana qanday so„z turkumlarini bilasiz? (Ot, sifat, son, 
olmosh) 
– So„zlarni taqqoslang: gul, gulli, gulladi. So„z turkumlari (ot, sifat, fe‟l) 
bir-biridan qanday farqlanadi? (O„quvchilar rejadan foydalanib javob beradilar). 
O„quvchilar mustaqil bir necha gap tuzadilar, ayrimlarini yozib, fe‟llarning 
tagiga chizadilar. Bu dars fragmentida tushuncha bilan tanishtirish jarayonining 
yuqoridagi to„rt bosqichi qisqa shaklda o„z aksini topgan. Biroq bu darsda 
o„quvchilar tushuncha bilan faqat tanishtirildi, uni o„zlashtirish uchun esa 
dasturda mavzuni o„rganishga ajratilgan barcha darslardagi mashqlar tizimini 
bajarish 
lozim. 
Mavzuni 
o„rganish 
jarayonida 
“Fe‟l” 
tushunchasi 
chuqurlashadi va kengayadi, o„quvchilar fe‟lning yangi belgilarini o„rganadilar 
(fe‟llarda bo„lishli va bo„lishsizlik, ularning shaxs-son qo„shimchalari bilan 
tuslanishi, 
fe‟l 
zamonlari). 
O„quvchilarda fe‟llarni shaxs-son, zamon, 
bo„lishsizlik qo„shimchalari bilan o„zgartirish va fikr bayon etish maqsadiga mos 
fe‟l shakllaridan nutqda to„g„ri foydalanish ko„nikmasi shakllantiriladi. 
Tushunchani shakllantirish jarayonida so„zning leksik ma‟nosi, uning gap 
tarkibida boshqa so„zlar bilan birga kelgandagi ma‟nosi asta-sekin aniqlanib, 
oydinlashtirilib boriladi, og„zaki va yozma nutqda so„zni uslubiy to„g„ri ishlatish 
ko„nikmasi orta boradi. Buning uchun o„quvchilar so„zning ko„p ma‟noliligi, o„z 


15 
va ko„chma ma‟noda ishlatilishi, sinonim va antonim so„zlar bilan elementar 
tanishtiriladi. 
O„rganilgan grammatik belgilarni amalga keng tatbiq etish va ulardan 
jonli nutqda aloqa maqsadida 
bevosita 
foydalanish 
uchun 
grammatik 
tushunchani shakllantirishda o„quvchilarda mavhumlashtirishni va so„zlar uchun 
xarakterli bo„lgan umumiy grammatik belgilarni sintezlashni o„stirish zarur, 
shuningdek, ular so„zning leksik ma‟nosini chuqur bilishlariga erishish muhimdir. 
Bular o„quvchilarning nutqini o„stirish mohiyatini aks ettiradi, yani o„quvchilar 
nutqda so„zlardan amaliy foydalanishga, so„zning leksik ma‟nosini tor 
tushunishdan chuqurroq tushunishga o„tadilar, so„zning leksik va grammatik 
ma‟nolari bir-biriga ta‟sir qilishini tushuna boshlaydilar, natijada nutqda 
so„zlardan ongli foydalanishga asos yaratiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin