Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Boboqulova Sh pdf

 
 



I BOB.Grammatik tushunchalarning mohiyati.
1.1.Ularni o„zlashtirishdagi qiyinchiliklar. 
Tushuncha atrof-muhitdagi predmet va hodisalarning muhim belgilari va o„zaro 
aloqadorligi aks ettirilgan tafakkur shaklini tasvirlab ko„rsatadi. 
Grammatik tushunchalarda ham, boshqa tushunchalar kabi, hodisalarning 
muhim belgilari umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Til hodisalarining o„ziga 
xos xususiyati, ya‟ni tushunchaning mazmun tomoni grammatik tushunchaning 
o„ziga xos xususiyatini keltirib chiqaradi. Til hodisalari, til kategoriyalari boshqa 
hodisalarga nisbatan juda mavhumligi bilan farqlanadi. Biologik tushunchalarni 
shakllantirishda belgilarini kuzatish, bir tizimga solish va umumlashtirish 
mumkin bo„lgan aniq hodisalar va predmetlar material sifatida asos qilib 
olinadi. Grammatik tushunchalar esa so„z, so„z birikmasi, gap, morfema, leksema, 
fonema va boshqalarning o„ziga xos muhim belgilarini aniqlash va umumlashtirish 
natijasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kishilar tomonidan yaratilgan 
grammatik tushunchaga asos bo„lgan dastlabki materialning o„zi etarli darajada 
mavhumdir. Demak, grammatik tushunchalar umumlashtirilganlarning yana 
umumlashtirilgani hisoblanadi. 
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o„quvchilarda tushuncha 
juda ko„p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani bilib olish 
uchun mavhum tafakkur ma‟lum darajada rivojlangan bo„lishi lozim. Mavhum 
tafakkur ta‟lim jarayonida vujudga keladi va maxsus mashqlarni talab qiladi. Bu 
mashqlar muayyan aqliy ko„nikmalarni va lingvistik tasavvur hamda bilimlar 
yig„indisini shakllantirishga qaratilgan bo„lishi zarur. Ko„pgina ruhshunos 
olimlarning tekshirishlari natijasida aniqlanishicha, tushunchani shakllantirish 
jarayoni tafakkurga oid analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlashtirish 
amallarini bilib olish jarayoni ham hisoblanadi. O„quvchilarda tu-shunchani 
shakllantirishning 
natijasi 
ularning 
mavhumlashtirish 
faoliyatining 
qay 
darajada o„sganligiga bog„liq. 
Mavhumlashtirishda qiynaladigan o„quvchilar so„zlarni taqqoslay olmaydilar 



va ularning muhim grammatik belgilariga ko„ra bir guruhga birlashtira 
olmaydilar, tushunchani shakllantirishda qiynaladilar va xatoga yo„l qo„yadilar. 
Masalan, fe‟l o„rganilganda o„quvchilar fe‟l predmetning harakatini bildirishini 
bilib oladilar. Yurmoq, o„qimoq, olmoq kabi fe‟llarda leksik ma‟no grammatik 
ma‟noga mos keladi. Ko„p fe‟llarda bunday moslik bo„lmaydi. Grammatikada 
predmet harakati deyilganda, harakat bilan birga predmetning holati, uning 
boshqa predmetlarga munosabati, predmet belgisining o„zgarishi kabilar ham 
tushuniladi: uxlamoq, o„ylamoq, sevmoq, o„smoq, ko„karmoq va hokazo. Predmet 
harakatini bunday keng ma‟noda, umumlashtirilgan holda tushunish endigina tilni 
o„rgana boshlagan o„quvchilarga qiyinlik qiladi, ular harakatni ko„proq yurish, 
siljish ma‟nosida aniq tasavvur qiladilar. Shuning uchun fe‟lni o„rganishning 
boshlang„ich bosqichida yotmoq, kasallanmoq, turmoq, qizarmoq kabi so„zlarni 
predmet harakatini bildiradi deb hisoblamaydilar. Bunday hodisani otni 
o„rganishda ham uchratish mumkin. Ayrim o„quvchilar tinchlik, qahramonlik, 
qadam kabi so„zlarni ot turkumiga kiritmaydilar.Tushunchani shakllantirish 
uchun o„quvchilarda mavhumlashtirish ko„nikmasini o„stirish, ular diqqatini 
so„zning aniq leksik ma‟nosidan grammatik ma‟nosiga qaratish va shu guruhdagi 
so„zlarga oid umumiy, Grammatik belgilarni hisobga olgan holda, ularni bir 
guruhga birlashtirish talab etiladi. Masalan, k i m? yoki n i m a? so„rog„iga javob 
bo„ladigan barcha so„zlar “ot” turkumiga birlashadi; predmet bildirish, son (birlik 
va ko„plikda kelish), egalik qo„shimchalari bilan o„zgarish, kelishiklar bilan 
turlanish bu so„zlar uchun umumiy grammatik belgilar hisoblanadi. Tushunchani 
shakllantirishda xatoning oldini olish uchun ta‟lim berish jarayonida qator 
metodik talablarga rioya qilinadi. 
Grammatik tushunchaning bu xususiyatlari tufayli o„quvchilarda tushuncha juda 
ko„p qiyinchilik bilan shakllanadi. Grammatik tushunchani o„zlashtirish uzoq 
tushunchani o„zlashtirish davom etadigan va kichik yoshdagi o„quvchilar uchun 
ancha murakkab jarayondir. O„qituvchi boshlang„ich sinflarda tushunchani 
o„zlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda o„rganiladigan tushunchaning lingvistik 
mohiyatini, 
bilimlarni 
o„zlashtirish 
jarayonining 
psixologik-didaktik 



xususiyatlarini, o„quvchilarning nutqiy va aqliy o„sishi bir-birini taqozo etishini, 
grammatik bilimning nutqdagi rolini asos qilib oladi.
Jamiyatimizning barcha jabhalarida qayta qurish bo„lgani kabi ta‟lim-tarbiya 
sohasida ham qayta qurish, yangilanish zarurligi namoyon bo„lib bormoqda. 
Mustaqillik va ta‟lim sohasidagi islohotlar ta‟lim jarayoni uchun tavsiya etiladigan 
didaktik materillarni zamon talablari asosida tubdan qayta ko„rib chiqish va 
zamonaviy shakllarini yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy didaktik materiallar qanday bo„lishi kerak ekanligi borasida qator 
didakt olimlar izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu paragrafda zamonaviy darslik, 
o„quv qo„llanmalar va ikkilamchi didaktik materiallarga quyiladigan talablarni 
tahlil qilamiz.
Bugungi kunda boshlang„ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul o„qituvchi 
zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay darajada xis 
etishiga bog„liq bo„lib qoldi. Har bir boshlang„ich sinf o„qituvchisi o„zi 
o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim 
bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va 
ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul 
bilan olib borish masalasini o„qituvchi ehtiyoriga berish ma‟qul, deb bilamiz. 
Lekin o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har 
bir bosqichiga mas‟uliyat bilan yondoshmog„i lozim.
Demak dars jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata 
oladigan qilib etishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan 
narsa, o„quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik 
bo„ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va 
pedagogik talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o„qituvchi nazariy 
va metodik tomondan yaxshi qurollangan va o„z kasbining jon kuyar fidoiysi 
bo„lmog„i kerak. Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan 
ko„rgazmali qurollar va tarqatma didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak. 
Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilarini o„z farzandi mehri bilan sevishi 


10 
va o„z oldigan yosh avlodni kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib 
tarbiyalashdek murakkab va mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak. 
Bugungi kunda boshlang„ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul o„qituvchi 
zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay darajada xis 
etishiga bog„liq bo„lib qoldi. Har bir boshlang„ich sinf o„qituvchisi o„zi 
o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim 
bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va 
ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul 
bilan olib borish masalasini o„qituvchi ehtiyoriga berish ma‟qul, deb bilamiz. 
Lekin o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har 
bir bosqichiga mas‟uliyat bilan yondoshmog„i lozim. 
Dars jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata oladigan qilib 
etishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan narsa, o„quvchilarni 
faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo„ladi
. Darslarni zamonaviy 
usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik talablarga qattiy rioya 
qilish lozim. Birinchi navbatda o„qituvchi nazariy va metodik tomondan yaxshi 
qurollangan va o„z kasbining jon kuyar fidoiysi bo„lmog„i kerak. Ikkinchidan esa, 
estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan ko„rgazmali qurollar va tarqatma 
didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak. Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf 
o„quvchilarini o„z farzandi mehri bilan sevishi va o„z oldigan yosh avlodni 
kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib tarbiyalashdek murakkab va 
mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak. 


11 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin