Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


Mavzuning metod va metodologik asoslari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Boboqulova Sh pdf

Mavzuning metod va metodologik asoslari
Zamonaviy didaktik materiallar qanday bo„lishi kerak ekanligi borasida qator 
didakt olimlar izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu paragrafda zamonaviy darslik, 
o„quv qo„llanmalar va ikkilamchi didaktik materiallarga quyiladigan talablarni 
tahlil qilamiz. Bugungi kunda boshlang„ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul 
o„qituvchi zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay 
darajada xis etishiga bog„liq bo„lib qoldi. Har bir boshlang„ich sinf o„qituvchisi 
o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida fanlardan egallashlari 
lozim bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni talablari darajasida bilim
malaka va ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni 
qanday usul bilan olib borish masalasini o„qituvchi ehtiyoriga berish ma‟qul, deb 
bilamiz. Lekin o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, 
darsning har bir bosqichiga mas‟uliyat bilan yondoshmog„i lozim. Demak dars 
jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata oladigan qilib 
etishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan narsa
o„quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik bo„ladi. 
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik 
talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o„qituvchi nazariy va 
metodik tomondan yaxshi qurollangan va o„z kasbining jon kuyar fidoiysi 
bo„lmog„i kerak. Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan 
ko‟rgazmali qurollar vatarqatma didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak. 
Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilarini o„z farzandi mehri bilan sevishi 
va o„z oldigan yosh avlodni kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib 
tarbiyalashdek murakkab va mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak 
Ishning amaliy ahamiyati.
Keyingi yillarda ijodkor o„qituvchilar bolalarning qayerda toliqib qolishlarining 
oldini olish, ularni o„qishga, ilm olishga qiziqtirish maqsadida turli usullardan 
foydalanib kelmoqdalar. Ma‟lumki bola maktabga kelganga qadar asosan o„yin 



bilan mashg„ul bo„lgan. Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, 
epchillik kabi ijobiy xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali etilmagan bo„ladi. 
Muttasil o„yin bilan mashg„ul bo„lgan bolaning faoliyati endilikda o„zgaradi. 
Kechagi o„yin bilan mashg„ul bo„lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida 
diqqatini bir yerga to„plab, talabga rioya qilgan holda o„qituvchi bilan faoliyatda 
bo„ladi, bilim oladi, mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. 
O„qituvchi yana shunday vaqtda o„quvchilarni o„quv mashg„ulotlariga qiziqtirish 
yo„llarini topishi o„z ishiga ijodiy yondashuvi lozim. O„quvchilarning darsga 
bo„lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini rivojlantirishda noan‟anaviy dars turlarini 
qo„llash, ta‟limiy o„yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday darslarning 
oddiy darslardan farqi shundaki, o„qituvchi darsni o„yin tariqasida tashkil etadi va 
bolalarni xayolan turli olamga, ertaklar olamiga, kosmas va hatto marsga ham olib 
chiqishi mumkin. Masalan, o„yin, munozara (savol-javob), mushohada bellashuv 
sahnalashtirilgan uyg„unlashgan, test-sinov kabi dars shakllari noan‟anaviy darslar 
jumlasiga kiradi. Bunday dars darslikda berilgan katta bo„lim materiallari o‟rgani b 
bo‟lingach , chorak (yil) oxirlarida egallangan bilimlarni takrorlash, 
mustahkamlash maqsadida o„tkazilishi ham mumkin. Bunday noan‟anaviy darslar, 
albatta, qiziqarli o„tadi. Uquvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O„yin faoliyati 
tobora jiddiy tus olib, mashg„ulot (dars) bilan almashinadi, ya‟ni topshiriqlar, 
suhbatlar, savshl-javoblar asta-sekin murakkablashib boradi. Bazan darsda 
o„quvchilarni mustaqillikka, ijodkorlikka yo„naltirish maqsadida juda ko„p ish 
turlaridan foydalangan holda darslar tashkil etiladi. Bunday hollarda dars 
strukturasi buziladi. Ana shu dars strukturasining buzilishi noan‟anaviy dars 
demakdir. Demak noan‟anaviy dars-dars strukturasining buzilishi. Quyida biz 
boshlangʻich 
sinf 
oʻquvchilarining 
grammatikaga 
oid 
tushunchalarini 
shakllantirishda ta‟limiy o„yinlardan foydalanishda foydalaniladigan o„yinlardan 
namunalar keltirib o„tamiz. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin