Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


Grammatik va so„z yasalishiga oid mashqlar



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boboqulova Sh pdf

2.2.Grammatik va so„z yasalishiga oid mashqlar. 
Davra suhbati - ta‟lim oluvchilar davra stolida o„tirib, bir- birlarining savollariga 
konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-
javobga kirishadilar.
Guruhdagi munozaralar - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash 
qo„llaniladigan hammaga ma‟lum usulidir.
a) katta guruhda muhokama - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo„lgan 
g„oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki 
uyushtirilgan mavzular atrofida o„tkaziladi.
b) kichik guruhlarda muhokama - mazkur o„quv tadbirida ixtiyoriy holatda 
masalani ko„tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko„tarilgan muammolar 
yechimini topish va g„oyalarni baholash uchun yig„ilgan to„rt-olti kishi ishtirok 
etadigan davra.
Rolli o„yin - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o„xshatish". Rollar o„quvchilarga 
aynan mo„ljallanganligini va ularga "go„yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini 
beradi.
So„rovnomalar o„tkazish - bilimlarni tekshirish va o„qitish jarayonini baholash 
uchun foydalaniladi.
Boshqarilayotgan xayolotlar – o„qituvchi tayyorlab qo„ygan
fantaziyasini o„qiydi yoki guruhning o„zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi.
Ijodiy mehnat - rasm chizish, andozalash, qo„shiq, tarixlar, chizgilar yozish va 
o„yinlar o„ylab topishni mujassam etadi. Bunda guruhlar bir - birlarining 
taqdimotlarini nazorat qilishlari so„raladi.
O„yinlar va bardamlashtiruvchi mashqlar - bir xillikni yangilashtirish, kuch-
quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. 
Bunda turli harakatli o„yinlar o„tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish 
daqiqasi sifatida ham talqin etiladi.
Klaster - (lot."g„uncha", "bog„lab") axborotlarni yoyish usuli bo„lib, undan 
foydalanish o„quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr 
yuritishlariga katta imkoniyat beradi. 


28 
Maktabda tildan nazariy bilimni o„rganishdan maqsadfikrni og„zaki va yozma 
tarzda grammatik to„g„ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli 
foydalanish hisoblanadi. Biroq nazariy bilimni amalda qo„llashni esa maqsadga 
muvofiq va muntazam o„rgatib borish talab etiladi. 
Mashqlar tizimi tushunchani o„zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga 
mos ravishda mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o„quvchilar 
mustaqilligi o„sib borishini hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini 
aniqlashni ko„zda tutadi. Bu tizim mashqlarning o„zaro bog„lanishiga 
asoslangan. 
Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko„ra tasnif qilinadi, 
shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo„ladi. Agar bilimni shakllantirish 
xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo„linadi: 
1) morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik 
mashqlar hamkiradi); 2) sintaktik mashqlar
Agar o„quvchilar faoliyatiningxarakteri, ya‟ni mashq jarayonida o„quvchilar 
bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, 
sintetik, taqqoslashga,guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo„linadi. 
Mashqning o„ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchunyuqoridagi 
ikki asos hisobga olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan 
so„zlardan gap tuzishni va gap bo„laklarini ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni 
shakllantirish turiga ko„ra sintaktik mashq, faoliyat xarakteriga ko„ra sintetik-
analitik mashq hisoblanadi. 
Boshlang„ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam 
ko„llaniladi, shuning uchun ham vazifaning etakchi tomoni hisobga olinadi. 
Masalan, matnga mazmunga mos otni qo„yish, qaysi kelishik ekanini ko„rsatish 
talab etilsa, bu leksik-morfologik mashqdir. O„quvchi otning qaysi kelishikda 
ekanini aniqlash uchun u bog„langan so„z (fe‟l yoki ot)ni aniqlashi (so„z 
birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko„ra bu mashq sintaktik mashq 


29 
hisoblanadi. 
Grammatiktahlil analitikmashqqa kiradi. Grammatik tahlil so„z turkumiga 
ko„ra (morfologik) tahlilni,gap bo„laklariga ko„ra (sintaktik) tahlilni o„z ichiga 
oladi. 
Gap bo„laklariga ko„ra tahlil o„quvchilar o„zlashtirgan sintaktik bilimlarning 
me‟yoriga qarab chuqurlashib boradi. 
Amaldagi dasturga ko„ra, I sinf o„quvchilari “ega” va “kesim” atamalaridan 
foydalanmaydilar, ammo ular gapniig bosh bo„laklarini amaliy ravishda topish 
ko„nikmasiga ega bo„ladilar, ya‟ni gap kim yoki nima haqida aytilganini 
bildirgan so„z (ega)ni, u haqda nima deyilganini anglatgan so„z(kesim)ni 
topadilar. 
Masalan, 
Bolalar 
olmalarni 
terdilar 
gapini 
tahlil 
qilishda 
o„quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: “Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? – 
bolalar (so„zning tagiga bitta to„g„ri chiziq chizadilar). Bolalar – nima qildilar? 
terdilar (so„zning tagiga ikki to„g„ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar – 
gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar)–olmalarni”.II sinfda I sinfdagidek 
muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, II sinf o„quvchisi 
“Chiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha tahlil qiladi: “Gap gullar 
haqida aytilgan. Nimalar? – gullar – ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida 
nima deyilgan? Ochildi – nima qildi? – kesim (tagiga ikkito„g„ri chiziq chizadi). 
Qaerlarni? (bezadi) –adirlarni – ikkinchi darajali bo„lak, gapni to„ldirayapti 
(tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) –chiroyli(gullar) ikkinchi darajali 
bo„lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi – gapning asosi. Chiroyli gullar 
vaadirlarni bezadi – so„z birikmasi”. 
III-IV sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o„zgarmaydi, ammo so„z 
birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi. 
Morfologik tahlilning mohiyati so„zning qaysi so„z turkumi ekani, gapda 
qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi. 
To„liq morfologik tahlilda o„quvchi so„z turkumining o„zi o„rgangan 


30 
belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o„quvchisi shu so„z qanday savolga javob 
bo„lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati). 
III sinfda so„z turkumlari o„tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o„tkaziladi: 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin