Bolalarda elementar matematik tassavurni shakllantirish usullari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/4
tarix28.05.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#59915
  1   2   3   4
BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIK TASSAVURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI


BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIK TASSAVURNI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga matematika o‘qitish metodikasida asosiy o‘rinni metodik usullar sifatida beriladigan savollar egallaydi. Ular reproduktiv-mnemik, reproduktiv-bilish, produktiv-bilish bo‘lishi mumkin. Bunda savollar aniq va ixcham bo‘lishi lozim. O‘qitish jarayonida bolalar yoshi va o‘rganiladigan materialga bog‘liq holda reproduktiv va produktiv savollar birligi bo‘lishi kerak. Savollar bolalar fikrlishini rivojlantirishni ta’minlaydi. Bolalarga beriladigan savollar ko‘pincha guruhda nazoratni qo‘lga olish maqsadida qo‘llanadigan savollar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha qo‘llanadigan savollar, bu yopiq deb ataluvchi savollardir. Ularga faqat bir to‘g‘ri javob bo‘ladi va ular bilimni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Munozaralar vaqtida beriladigan ochiq savollar guruhning faolligini rag‘batlantirish va ko‘rib chiqilayotgan muammolarni tahlil qilishda muhimdir.


Ochiq savollarni ko‘rib chiqaylik. Faraziy savollar. Agar ... bo‘lsa, Siz nima qilardingiz, o‘ylardingiz? Ular bolalarga u yoki bu vaziyatlarni tasavvur qilishlariga yordam beradi, fikrlash jarayonini kuchaytiradi.
Fikrlashga undaydigan savollar. Bu muammoni yechishda biz qanday yordam
berishimiz mumkin? Rag‘batlantiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi savollar. Bu juda qiziq, keyin nima bo‘ldi? Ular bolalarga shaxsiy tajribalari va qarashlari bilan o‘rtoqlashishga imkon beradi.
Fikr bildirish savollari. Siz ... to‘g‘risida nima deb o‘ylaysiz?” Bunday savollar bolalarga ularning fikrlari muhim va qiziqarli ekanligini bildirishda qo‘llaniladi.
Surishtiruvchi savollar. Nima uchun bunday deb o‘ylaysiz? Hotirjamlik bilan berilgan bu savol ularga o‘z fikrlarini chuqurroq o‘ylab ko‘rishlari va tushuntirishlarini tahlil qilishlariga yordam beradi.
Tushuntiruvchi, umumlashtiruvchi savollar. Siz ... deb o‘ylayapsiz desam, men
haq bo‘lamanmi? Bola aytganlarini umumlashtirish va uni to‘g‘ri tushunganligini
tekshirish, boshqalarni ular shu fikrga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘ylab
ko‘rishga undaydi.
Rozilikni bildiruvchi savollar. Ko‘pchilik ... ekanligiga rozimisizlar? Bunday
savollar munozaraga undash uchun berilishi mumkin. Yoki munozara yakunida, Biz
bu qismni tugatdikmi? kabi savollar keyingi mavzuga o‘tishga ruxsat olish uchun
beriladi.
Ikkilantiruvchi savollardan foydalanmaslikni esda tutishga harakat qiling,
masalan “X - haq, shundaymi? Bunday savollar bolaning faolligini susaytiradi. Bir
zumda juda ko‘p savol bermang va ikki ma’noni anglatuvchi savollarni qo‘llamang.
Savol bilan bolalarni himoyalanishga majburlamaslik kerak, ularda tanlashga
imkoniyat bo‘lishi kerak va bu imkoniyatni o‘zlari yaratadi. Ular quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
- reproduktivli-mnemonik (masalan: Bu nima? Bayroq qanday rangda? Bu
figura qanday nomlanadi?);
- reproduktiv-bilish (masalan: Agar men polkaga yana bittasini qo‘ysam
nechta kubik bo‘ladi? Qaysi son katta (kichik): 9 yoki 7?);
- produktiv-bilish (masalan: Piyolalar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
Bu vazifani qanday yechamiz? Qizil bayroq hisob bo‘yicha qandayligini qanday
aniqlash mumkin?).
Bir zumda juda ko‘p savol bermaslik va ikki ma’noni anglatuvchi savollarni
qo‘llamaslik lozim. Savollar bolalarda qabul qilish, xotira, fikrlash, nutqni
faollashtiradi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda asosan oddiydan
boshlab, predmetlarning aniq belgilarini, xossalarini, amaliy harakat natijalarini
yoritishga yo‘naltirilgan, bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni, ularni
tushuntirish va asoslashni, oddiy isbotlashdan foydalanishni talab etuvchi
murakkabroq savollardan ko‘prok foydalaniladi.
Ko‘proq bunday savollar tarbiyachi tomonidan namunani namoyish etgandan
keyin yoki bola topshiriqni bajargandan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog‘oz
to‘g‘riburchakni ikkita teng qismga bo‘lganida, ulardan so‘raladi: “Sen nima qilding?
Bu qism qanday nomlanadi? Nima uchun har bir bu ikkita qismni yarim deb nomlash
mumkin? Qismdan qanday shakl hosil bo‘ldi? Kvadrat hosil bo‘lganini qanday
isbotlash mumkin? To‘g‘riburchakni to‘rtta teng qismga bo‘lish uchun nima qilish
kerak?”
Metodik usul sifatida tarbiyachi savollariga qo‘yiladigan ayrim asosiy talablarni ajratib ko‘rsatamiz: to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiy ketma-ketlik, formulirovkasining har xilligi, o‘rganiladigan materialning bolalar yoshiga mos holda reproduktiv va produktiv savollarning optimal nisbati, savollarning bola fikrlashini uyg‘otishi, rivojlantirishi, o‘ylashga, analiz qilishga, taqqoslashga, solishtirishga, umumlashtirishga undashi, savollar soni uncha katta bo‘lmasligi, lekin qo‘yilgan didaktik maqsadga erishish uchun yetarli bo‘lishi, javobini sekin aytib berish va o‘xshash savollardan qochish kerakligi, qo‘shimcha savollardan mohirona foydalanish zarurligi. Savollarni bolalarning elementar matematik tasavvurlarini rivojlantirishda bilish faoliyatini faollashtirishning samarali vositasi sifatida ko‘rib chiqish hamda ularga javobni o‘ylashga imkon berish kerak. Bolalarni mustaqil holda savollarni shakllantirishga o‘rgatish lozim. Aniq vaziyatda didaktik materialdan foydalanish bilan tarbiyachi ularga predmetlarning soni, o‘lchami, shakli, o‘lchash usullari haqida savollarni qo‘yish taklifini beradi. Bolalar javobiga qo‘yiladigan metodik talablarni ko‘rsatib o‘tamiz:
- savol harakteriga bog‘liq holda qisqa yoki to‘liq savollar bo‘lishi;
- mustaqil va anglangan; to‘g‘ri, aniq, grammatik to‘g‘ri.
Tayanch so‘z va iboralar variantidan foydalanish shaklidagi topshiriqlarni
tuzishda interfaol usullarni qo‘llab hal qilinadigan topshiriqlar miqdoriga ham e’tibor
berish lozim. Bu usullarni qo‘llash bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi,
materialni yuqori intellektuallik darajasida o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusidan kelib chiqqan holda ushbu usullarning
mosini tanlab olishi lozim. Mashg‘ulotda interfaol usullardan foydalanishda quyidagi
uslubiy tavsiyalarga amal qilish tavsiya etiladi:
- ishlash uchun joy tayyorlash, bolalarga jismonan qulay sharoit yaratish, ijodiy
ish uchun materiallarni oldindan tayyorlash;
- jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda bo‘lish, bolalar so‘z erkinligini
hurmat qilish;
- bolalarning guruhlarga bo‘linishiga jiddiy e’tibor berish, barchasini ishga jalb
qilish, ruxan tayyorgarligiga ko‘maklashish, bu borada mashq qilishlar, ularning
ishda faol ishtiroki uchun doimiy rag‘batlantirishlar, bolaning o‘zini namoyon etish
uchun imkoniyat yaratish;
- interfaol usullardan foydalanganda guruhda bolalar soni ko‘p bo‘lmasligiga
erishish, tarkibi 4-6 kishidan iborat, kichik guruhlarda samarali ish olib borish, har
kimni tinglash, har bir guruhga muammoni bayon etish bilan chiqishga imkon berish.
Interfaol usullar tarbiyachi bilan bola o‘rtasidagi doimiy o‘zaro munosabatlarni
ko‘zda tutadi. Ularni noto‘g‘ri qo‘llash bu usullar samaradorligini pasaytirish yoki bu haqida noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Pedagogikada bolalarning savollar va javoblar tizimi suhbat deyiladi. Suhbat
usuli atroflicha o‘ylangan savollar yordamida tarbiyachi bilan bolalar orasidagi
suhbatni ko‘zda tutib, ularning mustaqil fikrlashini yangi tushunchalarni egallashga
olib keladi. Uni qo‘llashda savollarni qo‘yish, bolalarning javob va mulohazalarini
muhokama qilish, xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan
foydalaniladi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin