Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


IV. Ayrim til kategoriyalari bog„lanishining mohiyati yangi til



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Boboqulova Sh pdf

IV. Ayrim til kategoriyalari bog„lanishining mohiyati yangi til 
kategoriyasini o„rganish ja-rayonida ochiladi, shuningdek, bir yoki bir necha til 
kategoriyasi o„rganilgandan keyin oydinlashadi. Masalan, so„zning leksik ma‟nosi 
va uning morfemik tarkibi so„zning ma‟noli qismlarini o„rganish jarayonida 
biryo„la muhokama qilinadi, chunki u yoki bu morfemaning rolini boshqacha 
yo„l bilan tushuntirib bo„lmaydi; o„qituvchi so„z tarkibini o„zgartiradi va shu bilan 
bog„liq holda so„z ma‟nosiniig o„zgarishini ko„rsatadi, bu o„zgarish so„zning qaysi 
qismi (so„z yasovchi qo„shimcha) hisobiga hosil bo„lganini tushuntiradi: ishchi – 
ishla – ishchan; paxtakor – paxtazor
Fe‟llarning shaxs-sonda tuslanishi kishilik olmoshlari o„rganilgandan so„ng, 
fe‟lda shaxs kishilik olmoshlarining uch shaxsni ko„rsatishi bilan bog„lab 
o„rganiladi. 
Maktabda grammatik materialni o„rganish amaliy yo„nalishga ega bo„lgani va, 
birinchi navbatda, o„quvchilarning nutqiy va aqliy rivojlanishiga xizmat qilgani 
uchun, bir til kategoriyasining boshqasiga tobeligini va bir-birini taqozo qilishini 
tushunish bilan birga, o„quvchilarning bu haqdagi bilimlaridan amaliy vazifalarni 
hal qilishda, ya‟ni so„zlarni yozish, gap tuzish, so„zni tahlil qilishda foydalanishga 
o„rgatish ham muhimdir. O„qituvchi tilni o„rgatish vazifalarini hisobga olib, 
doimo o„quvchilarningnutqiy tajrbasiga suyanadi va til kategoriyalarining 
bog„liqligi haqidagi bilimlarni tajribaga tatbiq etish jarayoniga yo„naltiradi. Bilim 
komponentlari 
o„rtasidagi 
bog„lanishni 
aniqlash 
bilimni 
tajribaga, 
o„quvchilarning yozma va og„zaki nutqiga tatbiq etish imkonini beradi. 
Ona tilini o„rganish jarayonida bilimlarning izchilligi qanday ta‟minlanadi? 
Avvalo, maktab dasturi lingvistik materialni o„rganishda yangi o„rganiladigai 
materialning ilgari o„rganilganlar bilan ilmiy asoslangan bog„lanishini aniqlashga 
imkon beradigan izchillikni ko„zda tutadi. O„qituvchi bu bog„lanishning 
mohiyatini metodik jihatdan aniq ko„z oldiga keltirishi zarur. O„zaro bog„liq 
bo„lgan til hodisalarini ketma-ket va parallel o„rganish mumkin. Bularning qaysi 
biridan foydalanish ma‟qulroq degan masala ko„proq materialning lingvistik 


21 
mohiyatidan kelib chiqib hal qilinadi. Masalan, kishilik olmoshlari fe‟ldan oldin 
o„rganiladi, bu fe‟lning shaxs-sonda tuslanishini kishilik olmoshlariga bog„lab 
o„rganish imkonini beradi. O„qituvchi yangi o„rganiladigan materialni ilgari 
o„rganilganlar bilan bog„laydi. Buning uchun til tushunchalarini taqqoslaydi va bir-
biriga qarama-qarshi qo„yadi. Masalan, so„z o„zgartuvchi qo„shimchalarni 
o„rganishda ular so„z yasovchi qo„shimchalar bilan taqqoslanadi (so„z yasovchi 
qo„shimcha yangi so„z hosil qilish uchun xizmat qilsa, so„z o„zgartuvchi 
qo„shimcha so„zning shaklini o„zgartirish uchun, ya‟ni gapda so„zlarni bog„lash 
uchun xizmat qilishi aniqlanadi). 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin