Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


III. Yangi tushunchani ilgari o„rganilgan tushunchalar tizimiga



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Boboqulova Sh pdf

III. Yangi tushunchani ilgari o„rganilgan tushunchalar tizimiga 
kiritish tushunchani o„zlashtirish, bilimni nutq tajribasiga tatbiq etishning muhim 
sharti hisoblanadi. Tushunchalar orasida bog„lanishni vujudga keltirish, amalga 
oshirish o„quvchilarning o„zbek tilidan egallaydigan bilimlar tizimiga hamda 
tildan 
ongli 
foydalanishiga 
poydevor 
bo„ladi. 
Tushunchalar 
orasidagi 
bog„lanishni bilib olish amaliy (grammatik, orfografik, nutqiy) vazifalarni hal 
qilishda nazariy bilimlarni ko„proq tatbiq etishga imkon beradi. 
Tushunchalar orasidagi bog„lanishni aniqlamay, ularni bilimlar tizimiga 


19 
kiritmay turib, o„quvchilar tilni ongli o„zlashtira olmaydilar. 
Boshlang„ich sinf o„quvchilari o„zlashtiradigan asosiy bog„lanish yo„llari 
quyidagilar: 
1.So„zga beriladigan morfologik so„roqlar va ularning grammatik 
belgilari (kim?, nima? so„rog„iga javob bo„lgan so„z shaxs va narsani bildiradi 
→ birlik va ko„plikda qo„llanadi →egalik qo„shimchalari bilan o„zgaradi → 
kelishiklar bilan turlanadi; qanday?, qanaqa? so„rog„iga javob bo„lgan so„z 
shaxs va narsaning belgisini bildiradi → o„zgarmaydi; necha?, nechanchi? 
so„rog„iga javob bo„lgan so„z shaxs va narsaning soni va tartibini bildiradi → 
asosan, o„zgarmaydi; nima qildi?nimaqilyapti?, nima qiladi? so„rog„iga javob 
bo„lgan 
so„z 
predmet 
harakatini 
bildiradi → bo„lishli yoki bo„lishsiz shaklda qo„llanadi → shaxs-son 
qo„shimchalari bilan tuslanadi → o„tgan, hozirgi va kelasi zamondan birini 
ko„rsatadi). 
2. So„z turkumi – gap bo„lagi bo„ladi (ot gapda ega yoki ikkinchi darajali bo„lak, 
sifat – ikkinchi darajali bo„lak, son – asosan, ikkinchi darajali bo„lak, fe‟l – kesim 
vazifasida keladi). 
3. Bosh kelishikdagi ot – ega, boshqa kelishiklardagi otlar – ikkinchi darajali 
bo„lak bo„ladi. 
4. Kishilik olmoshlari fe‟llarda shaxsni ifodalaydi (agar fe‟l men yoki biz 
olmoshlari bilan qo„llansa, I shaxs, sen yoki siz olmoshlari bilan qo„llansa, II shaxs 
ifodalanadi). 
5. Umumiy asos va asosdosh so„zlarning ma‟nosidagi umumiylik (asosning 
umumiyligi asosdosh so„zlarning ma‟nosidagi o„xshashlikka sabab bo„ladi). 
6. So„zning leksik ma‟nosi va uning morfemik tarkibi (so„zning morfemik 
tarkibi o„zgarsa, ko„proq uning leksik ma‟nosi o„zgaradi:gul – gulchi, guldon, 
gulla kabi). 


20 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin