Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Boboqulova Sh pdf

bosh harf bilan yozilishi” mavzusini tushuntirish uchun o„quvchilarga “Kim 
qanday uy hayvonlarini boqadi? Ularga o„zingiz nom qo„yganmisiz? Qanday 
nom qo„ygansiz?” kabi savollarni beradi. O„quvchilar tartib bilan o„zlari 
boqayotgan hayvonlari va unga qo„ygan nomlarini aytadilar (mushuk – Mosh, 
kuchuk – Olapar, sigir – Targ„il, ot – Lochin kabi); o„qituvchi ikki ustun shaklida 
xattaxtaga yozib boradi. O„qituvchi «Ikki ustun shaklida yozilgan so„zlarni 
o„qing, ularni taqqoslang. Ularning yozilishida qanday farq bor? Nima uchun? 
Isbotlang» topshirig„ini beradi. Bu savol-topshiriqlar xarakteri bolalarni 
o„ylashga, izlanishga majbur qiladi. Ular birinchi ustundagi so„zlar kichik harf 
bilan, ikkinchi ustundagilar esa katta (bosh) harf bilan yozilganini aytadilar, 
ammo nima uchun shunday yozilganini isbotlashga ularning 
bilimlari 
etishmaydi. Shunday qilib, muammoli vaziyat yaratiladi. O„quvchilar yangi 
materialni o„rganish zarurligini sezadilar. Bu metodda eng muhim jihat 
muammoli vaziyat yaratish, til hodisalarini tahlil qilish, o„zaro taqqoslash 
omillarini bajarish bilan bolalarning bilish faoliyatini faollashtirish hisoblanadi. 
Suhbat-muhokama 
jarayonida 
muammoni 
o„qituvchi 
rahbarligida 
o„quvchilarning o„zlari halqilishlari yoki o„qituvchi tomonidan hal qilinishi ham 
mumkin. 
Muhokamaning borishi bilimlar asosida topshiriqlarni faol bajarishni, faol 
aqliy faoliyatni talab qiladi. 
II. O„quvchilarda so„z va gapga lingvistik munosabatni o„stirish 
ustida maqsadga yo„naltirilgan ishlar. O„quvchilarda so„z va gapga 
lingvistik munosabat nazariy bilimlarni o„zlashtirish, mavhum tafakkurni 
o„stirish jarayonida shakllantiriladi va tilning semantik hamda grammatik 
tomonining bir-biriga ta‟sirini anglashni bildiradi. 
O„quvchilar tilni ularda til birliklariga, xususan, ularning asosiylari bo„lgan 
so„z, morfema, so„z birikmasi
gapga 
lingvistik 
munosabatni 
parallel 


18 
shakllantirish bilan birga ongli o„zlashtiradilar. So„zga lingvistik munosabat 
so„zni tovush-harf tomonidan tahlil qilib, uning tovush va grafik tomoni 
o„rtasidagi bog„lanishini aniqlash, so„zni morfemik tahlil qilish va so„zga leksik 
ma‟no berishda morfemaning o„rnini tushunish; so„zni grammatik tahlil qilish 
va shu so„zning muayyan so„z turkumiga oid ekani bilan uning grammatik belgilari 
o„zaro bog„liqligini tushunish ko„nikmasining shakllanishiga 
qarab 
o„sib 
boradi.Lingvistik munosabat o„quvchilarda asta-sekin shakllantirib boriladi, 
ularda bilish, tushunib olish saviyasi ham har xil bo„lishi mumkin. Masalan, II 
sinf o„quvchilari gapdagi so„z birikmalarini topadilar, ammo u so„z birikmasidagi 
so„zlar o„zaro qanday, ya‟ni nimalar yordamida bog„langanini tushuntira 
olmaydilar. IV sinf o„quvchilari gapdagi so„z birikmasini topadilar va so„z 
birikmasi tarkibidagi so„zlar o„zaro so„z o„zgartuvchi qo„shimchalar (kelishik, 
shaxs-son qo„shimchalari) yoki ohang yordamida bog„langanini tushuntiradilar, 
ya‟ni bog„lanish grammatik vositalar bilan ifodalanishini ko„rsatadilar. Bu so„z 
birikmasi tarkibidagi so„zlarning bog„lanish mohiyatini elementar darajada 
tushunish bo„lib, uni yuqori sinflarda chuqurroq (so„z birikmasi tarkibidagi 
so„zlarning bog„lanish turlari, bosh va ergash so„zning xususiyatlarini) 
tushunadilar. 
O„qituvchi o„quvchilarda so„zga, so„z birikmasi va gapga lingvistik 
munosabatni ta‟lim jarayonida maqsadga muvofiq o„stirib boradi, xususan, 
o„rganiladigan kategoriyani o„quvchi tushunib olishiga g„amxo„rlik qiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin