Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boboqulova Sh pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


35 
Xulosa. 
Jamiyatimizning barcha jabhalarida qayta qurish bo„lgani kabi ta‟lim-tarbiya 
sohasida ham qayta qurish, yangilanish zarurligi namoyon bo„lib bormoqda. 
Mustaqillik va ta‟lim sohasidagi islohotlar ta‟lim jarayoni uchun tavsiya etiladigan 
didaktik materillarni zamon talablari asosida tubdan qayta ko„rib chiqish va 
zamonaviy shakllarini yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy didaktik materiallar qanday bo„lishi kerak ekanligi borasida qator 
didakt olimlar izlanishlar olib borishmoqda. Ushbu paragrafda zamonaviy darslik, 
o„quv qo„llanmalar va ikkilamchi didaktik materiallarga quyiladigan talablarni 
tahlil qilamiz.
Bugungi kunda boshlang„ich ta‟limning sifati, samaradorligi butkul o„qituvchi 
zimmasiga, uning izlanuvchanligi, fidoiyligi, o„z mas‟uliyatini qay darajada xis 
etishiga bog„liq bo„lib qoldi. Har bir boshlang„ich sinf o„qituvchisi o„zi 
o„qitayotgan sinf o„quvchilari o„quv yili yakunida fanlardan egallashlari lozim 
bo„lgan bilim, malaka, ko„nikmalar mezoni talablari darajasida bilim, malaka va 
ko„nikmalariga ega bo„lishiga erishishi kerak. Shunday ekan darslarni qanday usul 
bilan olib borish masalasini o„qituvchi ehtiyoriga berish ma‟qul, deb bilamiz. 
Lekin o„qituvchi aniq maqsad bilan faol va fidokorona mehnat qilishi, darsning har 
bir bosqichiga mas‟uliyat bilan yondoshmog„i lozim.
Demak dars jarayonida o„quvchini faollashtirish, mustaqil faoliyat ko„rsata 
oladigan qilib etishtirish lozim. Hozirgi kunda o„qituvchilardan talab etilayotgan 
narsa, o„quvchilarni faolligini kuchaytirish, chunki faollik bor joyda onglilik 
bo„ladi.
Darslarni zamonaviy usulda tashkil etish uchun bir qator metodik va pedagogik 
talablarga qattiy rioya qilish lozim. Birinchi navbatda o„qituvchi nazariy va 
metodik tomondan yaxshi qurollangan va o„z kasbining jon kuyar fidoiysi 
bo„lmog„i kerak. Ikkinchidan esa, estetik did bilan ma‟lum bir tizimda ishlangan 
ko„rgazmali qurollar va tarqatma didaktik materiallarga ega bo„lishi kerak. 
Shuningdek, o„zi o„qitayotgan sinf o„quvchilarini o„z farzandi mehri bilan sevishi 
va o„z oldigan yosh avlodni kelajakning etuk hamda barkamol avlodi etib 


36 
tarbiyalashdek murakkab va mas‟uliyatli vazifa turganini unutmasligi kerak. 
Ma‟lumki bola maktabga kelganga qadar asosan o„yin bilan mashg„ul bo„lgan. 
Ularda chaqqonlik, ziyraklik, hozirjavoblik, sinchkovlik, epchillik kabi ijobiy 
xislatlar kurtak ota boshlagan, lekin hali etilmagan bo„ladi. Muttasil o„yin bilan 
mashg„ul bo„lgan bolaning faoliyati endilikda o„zgaradi. Kechagi o„yin bilan 
mashg„ul bo„lgan bola endilikda 40-45 daqiqa davomida diqqatini bir yerga 
to„plab, talabga rioya qilgan holda o„qituvchi bilan faoliyatda bo„ladi, bilim oladi, 
mushohada qiladi. Bu bola uchun juda murakkab jarayondir. O„qituvchi yana 
shunday vaqtda o„quvchilarni o„quv mashg„ulotlariga qiziqtirish yo„llarini topishi 
o„z ishiga ijodiy yondashuvi lozim. O„quvchilarning darsga bo„lgan qiziqishini 
oshirish, tafakkurini rivoj lantirishda noan‟anaviy dars turlarini qo„llash, ta‟limiy 
o„yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday darslarning oddiy darslardan 
farqi shundaki, o„qituvchi darsni o„yin tariqasida tashkil etadi va bolalarni xayolan 
turli olamga, ertaklar olamiga, kosmas va hatto marsga ham olib chiqishi mumkin. 
Masalan, o„yin, munozara (savol-javob), mushohada bellashuv sahnalashtirilgan 
uyg„unlashgan, test-sinov kabi dars shakllari noan‟anaviy darslar jumlasiga kiradi. 
Bunday dars darslikda berilgan katta bo„lim materiallari o„rganib bo„lingach, 
chorak (yil) oxirlarida egallangan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash maqsadida 
o„tkazilishi ham mumkin. Bunday noan‟anaviy darslar, albatta, qiziqarli o„tadi. 
Uquvchilarning diqqati tarbiyalanadi. O„yin faoliyati tobora jiddiy tus olib, 
mashg„ulot (dars) bilan almashinadi, ya‟ni topshiriqlar, suhbatlar, savshl-javoblar 
asta-sekin murakkablashib boradi. Bazan darsda o„quvchilarni mustaqillikka, 
ijodkorlikka yo„naltirish maqsadida juda ko„p ish turlaridan foydalangan holda 
darslar tashkil etiladi. Bunday hollarda dars strukturasi buziladi. Ana shu dars 
strukturasining buzilishi noan‟anaviy dars demakdir. 


37 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin