Buxoro Davlat Universiteti Pedagogik ta‟lim fakulteti 14-12bt-20 guruh talabasi


Ot: 1. So„z turkumi. 2. So„rog„i. 3. Birlik yoki ko„plikda ekanligi.  Sifat



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/17
tarix11.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111330
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Boboqulova Sh pdf

Ot: 1. So„z turkumi. 2. So„rog„i. 3. Birlik yoki ko„plikda ekanligi. 
Sifat: 1. So„z turkumi. 2. So„rog„i. 3. Qaysi ot bilan bog„langanligi. Fe‟l. 1. So„z 
turkumi. 2. So„rog„i. 3. Bo„lishli yoki bo„lishsiz ekanligi. 
Og„zaki tahlil namunasi:Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – sifat, qanday – 
mevali; daraxtlar oti bilan bog„langan: mevali daraxtlar; daraxtlar – ot, nimalar? 
– daraxtlar, ko„plikda; gulladi – fe‟l, nima qildi? – gulladi, bo„lishli. 
IV sinfda o„rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to„ldiriladi 
va quyidagi tartibda o„tkaziladi: 
Ot: 1. So„z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko„plikda 
ekanligi. 4. Egalik qo„shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. 
Sifat: 1. So„z turkumi. 2. So„rog„i. 3. Qaysi ot bilanbog„langanligi. Son: 1. So„z 
turkumi. 2. So„rog„i. 3. Qaysi ot bilan bog„langanligi. 
Olmosh: Kishilik olmoshi:
1. So„z turkumi.2. So„rog„i. 3. Shaxs-soni. 4. Kelishigi. 
Fe‟l: 1. So„z turkumi. 2. So„rog„i. 3. Bo„lishliyokibo„lishsiz ekanligi.
4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. 
O„quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o„qituvchi bu tartibga 
rioya qilib so„zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi. 
So„z turkumiga ko„ra tahlil og„zaki va yozma tarzda o„tkaziladi: uni 
mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To„liq bo„lmagan morfologik 
tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan 
tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. 


31 
Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o„zbek tilida so„z qanday ma‟noli 
qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu 
sinfda o„quvchilarga asosdosh so„zlar, asosasosdosh so„zlarning umumiy qismi 
ekani, so„z yasovchi qo„shimchalar va so„z o„zgartuvchi (shakl yasovchi) 
qo„shimchalar haqida elementar ma‟lumot beriladi. 
So„z tarkibiga ko„ra tahlil quyidagicha o„tkazilishi mumkin: 
1.So„zga so„roq berish va u nimani anglatishini bilish. 
2. Asosni aniqlash. Buning uchun so„zga asosdosh so„zlartanlash.Asosdosh 
so„zlarni taqqoslash va umumiy qismi (asos)ni aniqlash. 
3. So„z yasovchi qo„shimchani aniqlash. Bu yangi so„z yasash uchun xizmat 
qilishini aytish. 
4. So„z o„zgartuvchi (shakl yasovchi) qo„shimchani aniqlash. Bu so„zni boshqa 
so„z bilan bog„lash uchun xizmat qilishini aytish. 
III sinfda “So„zning tarkibi” mavzusi to„liq o„rganilgach, gulzor so„zini so„z 
tarkibiga ko„ra og„zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo„lishi mumkin: 
1.Qaysi so„z turkumi ekanini bilaman.Gulzor so„zinima? so„rog„iga javob 
bo„ladi, narsani bildiradi, bu – ot.2. Asosnianiqlayman. Buning uchun asosdosh 
so„zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini 
topaman – gul. Bu – asos. 
3. So„z yasovchi qo„shimchani aniqlayman, gulzor so„zi gul so„ziga –zor 
so„z yasovchi qo„shimchasini qo„shishbilan yasalgan. 
4.Bu so„zda so„z o„zgartuvchi qo„shimcha yo„q. 
So„z tarkibiga ko„ra tahlildan so„ng shunday ko„rinish hosil bo„ladi: gulzor. 
IV sinfda paxtakorga so„zini so„z tarkibiga ko„ra og„zaki tahlil qilish tartibi 
quyidagicha bo„lishi mumkin: 


32 
1. Paxtakorga – ot. 
2. Asosni aniqlayman. Buning uchun asosdosh so„zlar tanlayman: 
paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism – paxta. Bu – asos. 
3. So„z yasovchi qo„shimchani aniqlayman: paxtakor so„zi paxta so„ziga
kor so„z yasovchi qo„shimchasini qo„shish bilan yasalgan. 
4. So„z o„zgartuvchi (shakl yasovchi) qo„shimchalarni aniqlayman: -ga – 
so„z o„zgartuvchi qo„shimcha, kelishik qo„shimchasi. 
IV sinfda ishladim so„zini so„z tarkibiga ko„ra og„zaki 
tahlil tartibi: 1. Ishladim – fe‟l. 
2. Asosni aniqlayman. Asosdosh so„zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, 
ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism – ish.Ish – asos. 
3. So„z yasovchi qo„shimchani aniqlayman: ishla fe‟li ish so„ziga -la 
qo„shimchasini qo„shish bilan yasalgan. -la – fe‟l yasovchi qo„shimcha. 
4. So„z o„zgartuvchi (shakl yasovchi) qo„shimchani aniqlayman: -di – 
o„tgan zamon qo„shimchasi, -m – shaxs-son qo„shimchasi, I axs, irlik: ishladim. 
So„z tarkibiga ko„ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham 
mumkin. 
So„zni morfologik 
tahlil 
qilish 
uning 
lug„aviy 
ma‟nosini 
tushunishda, morfemalarni to„g„ri yozishda o„quvchilarga yordam beradigan 
muhim vositadir. 
Boshlang„ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so„zni 
tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi 
so„zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va 
harflar o„rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. 
Boshlang„ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So„zda nechtabo„g„in bor, nechanchi bo„g„in urg„uli? 


33 
2.So„zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan
kam yoki ko„p bo„lsa, sababini aytish) 
3. Unli tovush nechta?Undosh tovush-chi? 
4.Harbir tovushni xarakterlash. Tovush so„zda qaysi harf bilan ifodalangan? 
Masalan, kitob so„zi quyidagicha tahlil qilinadi: 
1.So„zda ikki bo„g„in bor. Ikkinchi bo„g„in – urg„uli: ki-tób. 
 2.So„zda beshta tovush, beshta harf bor. 
3.So„zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.
4. kundosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan 
iunli tovush, i harfi bilan ifodalangan 
t– undosh tovush, jarangsiz, yozuvda tharfi bilan 
ifodalangan ounli tovush, oharfi bilan ifodalangan. 
– undosh tovush, jarangli, b harfi bilan ifodalangan 
Tovush-harf tomonidan to„liq bo„lmagan tahlildan so„zning yozilishini 
tushuntirishda ham, orfoepik to„g„ri talaffuzni o„rgatish maqsadida ham 
foydalaniladi. Masalan, maktab so„zi oxirida undoshi tarzida talaffuz qilinadi, 
jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim – maktab, b harfi yoziladi.
Kichik treninglar, o„yinlar, qo„shiq va she‟rlar mazmuniga ko„ra harakatlar qilish 
asosida amalga oshirilib, o„yin, o„qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. 
Boshlang„ich sinf o„quvchilarining asosiy faoliyat turi o„qish bo„lishiga qaramay, 
bir faoliyatdan to„la ikkinchisiga o„tish bolada qiyinchilik tug„diradi. Shu sababli, 
dars jarayonida turli ta‟limiy o„yinlar qo„llangan - holda darslar tashkil etiladi. 
Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to„xtalib o„tgan edik, o„quvchini 
tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o„tkazish orqali ruhiy, jismoniy 
toliqishini oldini olib, darsga bo„lgan diqqatini jamlashga olib keladi. 


34 
O„tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos 
bo„lsa, yanada maqsadga muvofiq bo„ladi.
Boshlang„ich sinf o„quvchilarida tushunarsiz so„zlar ma‟nosini tushuntirish, 
matnni qayta hikoyalash yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina 
qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo„lgan o„yinlardan foydalanish
ayniqsa, ko„zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo„lga kiritishda katta yordam 
beradi. Chunki o„yin kichik maktab yoshidagi o„quvchilar faoliyatida asosiy 
o„rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixologik xususiyatidan kelib chiqib 
aytadigan bo„lsak, o„yin dunyoni va o„zlikni anglashda, bog„lanishli nutqni 
o„stirishda asosiy vosita hisoblanadi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin