Annotatsiya
Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yoʻnalishi hisoblanadi. Lekin, bu anʼana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy institutlarning taʼlim-tarbiyaviy taʼsirlarni davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faoliyatlarida oila, maktab kabi jamoalar faoliyatlari bilan hamkorlik amalga oshirilib, bir-birlarining taʼsir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi.
Аннотация
Наставничество является одним из направлений всестороннего образования молодежи. Однако эта традиция выражается как продолжение воспитательно-воспитательного воздействия социальных институтов, занимающихся воспитанием молодежи в различных контекстах, таких как семья и школа. Именно поэтому в наставнической деятельности осуществляется сотрудничество с деятельностью таких сообществ, как семья и школа, усиливается влияние друг друга
Annotation
Mentoring is one of the areas of comprehensive education for young people. However, this tradition is expressed as a continuation of the educational impact of social institutions involved in the education of youth in various contexts, such as family and school. That is why, in mentoring activities, cooperation is carried out with the activities of communities such as family and school, the influence of each other is enhanced
Jo’rayev Xasanjon
101-guruh
Maʼlumki, oliy oʻquv yurtlarida boʻlgʻusi mutaxassis oʻqituvchilarga tarbiyaviy taʼsir qiluvchi ustoz-shogird anʼanalari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez surʼatda ilmiy-texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida taʼlim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi, ularning tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni, innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar boʻlgʻusi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarni aniqlash, ularga oʻz vaqtida yordam berish kabi masalalarga eʼtibor qaratish, ustoz-shogirdlik anʼanalaridan oʻrinli foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda. Uning asosida har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari oʻz ifodasini topdi.
Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tomonlama shakllantirishga eʼtibor har qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylandi, ularni kasbiy faoliyatini oshirishga qaratildi. Tarixiy sharoitlarining oʻzgarishi borasida toʻplangan tajribalarni yoshlar ongiga yetkazish shakllari ham oʻzgarib bormoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ustoz-shogird anʼanalarini yana-da rivojlantirishning asosiy vazifalardan biri mustaqil Oʻzbekistonni rivojlantirishga asos boʻladigan yangi taʼlim tizimining tashkil etilishidir. 1997-yil 29-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik anʼanalari koʻplab mehnat jamoalarida, shu jumladan, davlat idoralarida qoʻllanib keladi. Biroq, hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib borilayotgan islohotlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab qiladi.
Hayotda yozilmagan, ammo unga amal qilinmasa, xunuk oqibatlarga olib keladigan qonunlar bor. Shulardan biri ustoz va shogirdlik munosabatlaridir. Xalq orasida ustoz va shogirdlik odobi, qadriyati, muloqot shartlari ana shunday yozilmagan qonunlar shaklida million yillardan buyon yashab, kamolga yetib, rivojlanib kelayotir. Biron bir kasb egasi yoʻqki, u ustoz koʻrib kamolga yetmagan boʻlsin. Ustoz va shogirdlik rishtalari juda nozik boʻlib, sal qaltis harakat qilinsa, uzilishi, keyin ulanganda ham tugun qolishi mumkin. Ana shunday hol yuz bermasligi uchun, avvalo, shogird ustoziga cheksiz mehr qoʻyishi, ishonishi, uning har bir soʻzi, xatti-harakatini tushunishi, unga rioya qilishi shart. Shogird ustozidan oʻrganganlarini maromiga yetkazib, mustaqil ish boshlashdan oldin ustozini rozi qilib, duosini olishi ham odat tusiga kirgan. Duo olmagan shogirdlarning esa kosasi oqarmagan, biri ikki boʻlmagan. Rozilik olish koʻngil obodligini taʼminlashdir. Shogirdidan koʻngli toʻlgan ustozgina unga chin dildan fotiha beradi. Xalqimiz “Ustoz koʻrmagan shogird - har maqomga yoʻrgʻalar” degan hikmatli iborani bejiz toʻqimagan.
Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar oʻrganayotgan muddatda uning har bir harakati va ish uslubini, hatto nimani qayerga qoʻyish, qaysi tomoniga koʻproq eʼtibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi. Odatda ustoz baʼzan hunarning har bir ikir-chikirini ham aytavermaydi, balki amalda koʻrsatadi. Ehtimol, bu bilan ustoz shogirdining hushyorligini, sinchkovligi va qiziqishini sinab koʻrmoqchidir? Shu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan shogirdning oshigʻi, shubhasiz, olchi boʻladi.
Boshqa kasblarni mutlaqo kamsitmagan holda aytish joizki, hunarlar orasida eng qiyini ilm oʻrganishdir. Bu borada ustoz tanlashning ham ahamiyati katta. Avvalo, ustoz bilan shogird bir-biriga munosib boʻlishi, bir-birini tushunishi lozim. Bunda koʻproq masʼuliyat shogird zimmasiga tushadi. Negaki, shogird ustozini avaylashi, uning hurmatini joyiga qoʻyishi, baʼzi injiqliklariga chidashi, igna bilan quduq qazishdek zahmadli ishga bardosh berishi shart.
Ustozlik – bu yoshlarni har tomonlama tarbiyalashdagi bir yoʻnalishi hisoblanadi. Lekin, bu anʼana oila, maktab kabi turli mazmundagi yoshlar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi ijtimoiy institutlarning taʼlim-tarbiyaviy taʼsirlarni davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faoliyatlarida oila, maktab kabi jamoalar faoliyatlari bilan hamkorlik amalga oshirilib, bir-birlarining taʼsir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi. Ijtimoiy hayot tajribasining tasdiqlashicha insoniyatning boʻlgʻusi ijtimoiy-siyosiy faolligi, taʼlim-tarbiyani avloddan-avlodga yetkazish asosida amalga oshirilishini tasdiqlaydi. Bunday yuqori darajadagi tasdiqlanishlar ustozlik faoliyatini ham yuqori darajada baholash zarurligini ifodalaydi. Ustozlarning faoliyati shogirdlarda vaqt koʻrsatkichlarni umum davlat miqyosida amalga oshirishga oʻrnatishdan iborat. Bu jarayonda esa vaqtni qanday taqsimlash masalasini hal qilishda ustoz koʻrsatmalari asosiy oʻringa ega. Har qanday vaqtni taqsimlashda maqsad, vazifa, vositalardan qanday foydalanish zarurligini oʻrgatib shogirdlarni boʻsh vaqtlarini sermazmun yoʻnalishda bilim, koʻnikma,malakalar egallashga jalb qila bilish ustoz siymosini yana-da obroʻ-eʼtiborli shaxsga aylantiradi. Shuni ham taʼkidlab oʻtish zarurki, ustoz-shogirdlik anʼanasining faqat moddiy-iqtisodiy tomoniga eʼtibor qilinadigan boʻlsa bu faoliyat asosi hech qanday taʼlim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlmaydi.
Demak, bu faoliyat asosida ixtiyoriylik tamoyili bilan bir qatorda, tizimli ravishda hamkorlik mazmunida har ikkala tomonini mutaxassislik darajasini yuqori darajaga koʻtarishi ham oʻz ifodasini topadi. Ularni yuqori darajadagi umum mutaxassislik xususiyatlari bilan birgalikda madaniy muloqot, munosabat darajalari ham rivojlanib, shakllanib boradi. Yaʼni ulugʻ mutafakkirlarining fikrlariga koʻra boʻlgʻusi mutaxassisni har tomonlama shakllantirish uchun uni oʻzini ham har tomonlama bilish zarur degan talablar “Ustoz shogird” anʼanalari asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |