5A130202- Amaliy matematika va axborot texnologiyalari mutaxassisligi
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI Mavzuning dolzarbligi: G`ovak muhitlarda moddaning anomal kuchishi matematik model parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Model parametlarini aniqlashda turli usullari mavjud, jumladan eksperimet o`tkazish yo`li bilan, teskari masalalarni yechish asosida aniqlash mumkin. Eksperimet o`tkazish murakkabligi sababli koeffisientli teskari masalalarni yechish yordamida model prametrlarining qiymatlarini aniqlash samarali usullardan biridir.
Ishning maqsadi: Ushbu ishning maqsadi parabolik tipdagi tenglama uchun teskari masalalarni koeffitsientlarini sonli yechishdir. Ushbu maqsadga muvofiq, ishda quyidagi vazifalar qo'yilgan:
- parabolik tenglama uchun teskari masalalar, ularning tasnifi, nazariyasi va yechish usullarini o'rganish;
- diffuziya tenglamasi uchun koeffisientli teskari masalani yechish;
- g'ovak muhitda moddaning anomal kuchishining koeffitsientli teskari masalani yechish.
Ishning obyekti va predmeti: G`ovak muhitda modda ko`chishi jarayoni
Ishning yangiligi: - Dissertatsiyada g'ovak muhitda modda ko`chishining koeffisientli teskari masalani yechilgan. Teskari masala yechish asosida ko`chish tenglamalaridagi diffuziya koeffisienti va manba haidagi koeffisient qiymatlari aniqlangan. Dastlabki ma'lumotlarning xatolariga yechimning turg`unligi tadqiq qilingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi:Ushbu dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, adabiyot, ilova va ilmiy tezislardan iborat.
Ishning asosiy natijalari: Ishda dastlab to`g`ri masalalar quyilgan va ular sonli yechilgan. To`g`ri masalaning yechimidan foydalanib anomal modda kuchishining koeffisientli teskari masalalari yechilgan. Masalalar bir va ikki o`lchamli bo`lgan hollarda yechilgan va tenglamada izlanayotgan koeffisientning qiymati topilgan.
Ilmiy rahbar B. Xo’jayorov Magistratura talabasi M. Ruziyeva