Urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti «kimyoviy texnologiyalar»



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə1/11
tarix11.01.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#78931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs loyixa


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI


«KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR» KAFEDRASI




KURS LOYIXA ISHI

Mavzu: Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish.


Bajardi: 181-YSTJ guruh talabasi :ACHILOV O.U.

Kurs loyiha ishi rahbari: MAMATOVA S.SH.


Urganch – 2021


Tuzuvchilar: "Kimyoviy texnologiyalar" kafedrasi o’qituvchilari
G.P.Raximova, O’S.Quryazov, S.Sh.Mamatova.


Taqrizchilar: "Kimyoviy texnologiyalar " kafedrasi mudiri
prof. Z.K.Babayev
"Kimyoviy texnologiyalar" kafedrasi o’qituvchisi
D.B.Matkarimova
Uslubiy ko'rsatma “Kimyoviy texnologiyalar" kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqildi va o'quv jarayoniga qo`llash uchun tavsiya etildi.
Bayonnoma № ____ "_____" __________ 2021 y.

Uslubiy ko'rsatma UrDU uslubiy kengashida ko'rib chiqildi va bosmaga tavsiya etildi.


Bayonnoma № ____ "_____" __________ 2021 y.
MUNDARIJA
Kirish
Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish.
1. Yubkalar silueti va yubkani modellashda uning bo’laklarining o’zaro mutanosibli.
2. Andozalarni qurish.
3. Ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish bo’yicha texnologik xarita.

4. Yubkani tikish texnologiyasi, molniyali taqilma va shlitsani ishlash.


. 5.Yubkani yuqori chetiga korsaj tasma ulash.


Xulosa
Adabiyotlar
Ilovalar


Kirish
Hukumatimiz o‘quvchilarga mehnat ta‘limi o‘qitishga, ularda kasb-hunarga
havas uyg‘otishga katta e‘tibor berib kelmoqda. Ta‘limning islohida o‘quvchilar bilan olib boriladigan mehnat tarbiyasi va mehnat ta‘limini yanada takomillashtirish zarurligi alohida ta‘kidlanadi. Jadal sur‘atlar bilan
rivojlanayotgan sanoat, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari yoshlarning umumiy bilimi bilan bir qatorda umummehnat ko’nikmalariga tayyorgarligiga ham katta talablar qo‘ymoqda. Bu muhim vazifani hal qilishda maktablarimizda mehnat ta‘limi va tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega. O‘qvchilar turli mehnat jarayonida faol ishtirok etmoqdalar, ijtimoiy-foydali mehnatda qatnashmoqdalar, o‘quv ustaxonalarida unumli mehnat qilmoqdalar, turli buyumlarni yasashga ijodiy yondoshmoqdalar, texnika to‘garaklarida o‘z bilimlarini oshirmoqdalar.
Mustaqillikning o’tgan davri mobaynida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, inqiroz holatidan chiqarildi va uning ko’pgina sohalarida barqaror o’sishga erishildi. Jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, jumladan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda islohotlar amalga oshirilishi natijasida mamlakatimizda bir qator ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi – iqtisodiyotni erkinlashtirish orqali aholiga erkin va farovon hayotni ta’minlashdan iboratdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar ichida yengil sanoat ham o’z o’rniga ega. Chunki, respublikamiz sanoat ishlab chiqarishda yengil sanoat tarmog’i yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va ulardan ko’zlangan maqsadlarning bajarilishi sanoatning jadal sur’atda rivojlanishida ham o’z ifodasini topmoqda. Davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olish, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim vazifa bo’lib qolmoqda. Hali ham eski texnika va texnologiyalar asosida ishlayotgan korxonalarni tugatish va ularning negizida yalpi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Barcha turdagi sanoat ishlab chiqarish iqtisodi haqidagi amaliy bilim va ko’nikmalar chuqurlashtirish hamda ularni yosh avlodga o’rgatish ham yuqorida quyilgan vazifalarni muhim
qismi bo’lib qolmoqda.
O‘zbekistonning jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar bilan tezroq
kirishini ta’minlash maqsadida iqtisodiy islohotlaming dastlabki kunlaridanoq yengil sanoat, jumladan tikuvchilik va trikotaj ishlab chiqarish tarmoqlari tuzilishini tubdan o ‘zgartirish zaruriyati tugildi.
Bu sohalardagi o ‘zgarishlardan k o ‘zlangan maqsadlar quyidagilardan iborat:
— iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishdan iborat bir tom onliligiga chek qo‘yish;
— tikuvchilik va trikotaj m ahsulotlarining sifati va raqobatbardoshliligini jahon
bozori talablari darajasiga yetkazib, mamlakat eksport salohiyatini oshirish;
— Respublikamizda ishlab chiqariladigan tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari bilan
milliy bozorni to ‘ldirish orqali aholi talablarini to‘laroq qondirish.
Hozirgi paytda tikuvchilik va trikotaj sanoatini rivojlantirishning asosiy
yo‘nalishi texnologik jarayonni kom pleks m exanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishdan iborat. Bu yo‘nalishning asosini sanoatda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar sistemasi tashkil etadi. Mazkur vazifani bajarish uchun yuqori unumli jihozlarni qo‘llash, ularning ishonchliligini oshirish, ta ’mirlashning zam onaviy texnologiyalarini joriy etish, texnologikjara yonlarni takomillashtirish va xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish kerak bo‘ladi.
Hozir tikuvchilik va trikotaj buyum larini ishlab chiqarish tarmog‘ida minglab bichish uskunalari, tikuv mashinalari, qirqish va dazmollash presslari ishlab turibdi. Shu sababli, jihozlarning ishonchliligini oshirish maqsadida, ta'mirlashda texnik xizmat ko‘rsatishning ahamiyati katta.
Tikuvchilik va trikotaj sanoatiga qarashli jihozlardan foydalanuvchi
korxonalar, firm alar va maishiy xizm at uylari bilan ta’mirlash korxonalari o
‘rtasidagi iqtisodiy aloqani takom illashtirish borasida qator institut va loyihalash ilmiy markazlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu
o‘quv qo‘llanmada ayollar yubkasini modellash, andoza tayyorlash, gazlamaga andozani joylashtirish, bichish haqida tushuncha berilgan.


Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin