Matematika o’qitish metodikasi



Yüklə 18,22 Kb.
tarix05.09.2023
ölçüsü18,22 Kb.
#141591
Eliboyev BMI raxbar xulosasi


Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika instituti Matematika va informatika fakulteti “Matematika o’qitish metodikasi” yo’nalishi 4-bosqich 404-guruh talabasi Eliboyev Dilmurod Berdimurod o`g`lining Mаtemаtikа kursidа mаtemаtik induksiyа metоdini о`qitish metоdikаsi (АL lаr misоlidа)mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Ko’p yillik pedagogik faoliyatimiz jarayonida ko’pchilik maktab o’qituvchilari matematika fanini yaxshi bilmasliklari va matematikani o’qitish jarayonida bir qator xato va kamchiliklarga yo’l qo’yib kelishlarining guvohi bo’ldik.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi maktab o’quvchilarining bilimlarini oshirishga, qiziqishlarini o’stirishga va shu kabi masalalarga bag’ishlangan bo’lib, unda maktab matematika darsligiga oid materiallar sistemalashtirilgan va yuqori sinflar bo’yicha ko’rsatib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi, predmeti, mazmun va mohiyati bayon qilingan.
Birinchi bobda asosiy ishga taalluqli ma’lumotlar to’liq shakllantirilgan. Har bir tushuncha va formulalarga taalluqli misollar ishlab chiqilgan. Amaliy, laboratoriya va mustaqil mashg’ulotlar uchun qo’shimcha vazifalar belgilangan.
Ikkinchi bobda Matematika darslarida o`quvchilarda tenglama tuzishga doir nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish masalalari yoritilgan. Turli qiziqarli masalalarga tenglamalar tuzilgan.
Ishning xulosa qismida esa bir qancha adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish, pedagogik amaliyot davomida olingan tajribalar asosida bajarilgan ishlar, olingan natijalar, taklif va mulohazalar keltirilgan.
Talaba Eliboyev Dilmurod bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayonida ko’plab ilmiy va metodik adabiyotlarni o’ganib chiqdi, tahlil qildi va o’zining ilmiy tadqiqot ishiga layoqatli ekanligini ko’rsata oldi, hamda bitiruv malakaviy ishiga qo’yigan barcha masalalarni berilgan maslahat va ko’rsatmalar asosida o’zi hal qila bildi.
Umuman olganda, talaba Eliboyev Dilmurod tomonidan tayyorlanayotgan Mаtemаtikа kursidа mаtemаtik induksiyа metоdini о`qitish metоdikаsi (АL lаr misоlidа) mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi davlat attestatsiyasi komissiyasi tomonidan qo’yilgan barcha talablarga to’liq javob beradi, agar bitiruv malakaviy ishi muvoffaqqiyatli himoya qilinsa, ishni “a’lo” baho bilan baholash mumkin dеb hisoblayman va ishni himoyaga tavsiya etaman.

Matematika o`qitish metodikasi”


kafedrasi o`qituvchisi: N.Isayev
Yüklə 18,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin