3.15-rasm. Adsorbentli shisha plastinka eksikator yupqa qatlamli
xromatografiya uchun asbob.
Kamera sifatida keng stakan, eksikator va boshqalardan foydalanish
mumkin. Erituvchi yuqoriga ko’tarilib, plastinkaning qarama-qarshi uchiga 0,5-1
sm qolganda xromatografiyalash to’xtatiladi. Buning uchun plastinka kameradan
olinadi va quritiladi.
Qog’oz xromatografiyasi ham yupqa qavatli xromatografiyaning bir
ko’rinishi bo’lib, u murakkab aralashmalarni, ayniqsa, oksillar, uglevodlar, yog’lar,
antibiotiklar, gormonlar, glikozidlar, alkaloidlar, fenollar va boshqa tabiiy
moddalarni ajratish va aniqlashda ishlatiladi.
Bu usulda qog’ozga adsorbilangan suv turg’un faza, harakatchan faza
sifatida esa suv bilan aralashmaydigan erituvchi ishlatiladi. Tekshiriladigan
aralashmadagi moddalarni ajratish shu ikki erituvchi orasida ularning taqsimlanish
koeffitsiyentiga bog’liq. Qog’oz adsorbent hisoblanadi. Qog’oz xromatografiyasi
63
erituvchining yo’nalishiga qarab, yuqoriga ko’tariluvchi (3.16-rasm, a), pastga
tushuvchi (3.16-rasm, b) va radial xromatografiya usullariga (3.17-rasm) bo’linadi.
3.17-rasm.Yuqoriga ko’tariluvchi (a) va pastga tushuvchi (b) qog’oz
xromatografiyasi usullari uchun qurilmalar.
Agar aralashmadagi moddalar har xil erituvchilarda turlicha R qiymatlariga
ega bo’lsalar, ularni ikki tomonlama xromatografiya yordamida ajratish mumkin.
Buning uchun kvadrat bichimli qog’oz olinib, modda qog’ozning burchagiga
tomiziladi va oldin bir xil erituvchilar sistemasida xromatografiya o’tkaziladi,
so’ngra qog’oz quritiladi va u 90°C ga burilgandan so’ng ikkinchi erituvchi
sistemasida xromatografiya o’tkaziladi.
Bir xil qiymatli R
f
olish uchun xromatografiyalash sharoiti (eritmalar
sistemasi tarkibi, harorat, qog’ozning sifati, jarayonning borish vaqti, kameraning
germetiklik darajasi va boshqalar) bir xil bo’lishi kerak.
Tekshirilayotgan moddalar aralashmasining eritmasi shisha kapillyar yoki
pipetka yordamida yuqoriga siljuvchi va pastga tushuvchi xromatografiyalarda
qog’oz chetidan 2-3 sm masofaga, gorizontal radial xromatografiyada esa qog’oz
markazidagi qog’oz pilikdan 1,5-2 sm masofada ma’lum oraliqda bir necha
tomchidan tomiziladi. Qog’oz namuna bilan quritiladi va maxsus kameralardagi
erituvchi
sistemasiga
modda
tomizilgan
tomchilar
tegmaydigan
qilib
joylashtiriladi.
|