D. R. Djurayev, A. A. Turayev, sh sh. Fayziyev, B. A. Hikmatov


Taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/140
tarix20.11.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#163759
növüУчебник
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140
13655 2 B20DB1386017CEE2425CAEE937D51666EC4CCC41

Taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi
. Ikkita o’zarо aralashmaydigan suyuqlik 
yoki harakatsiz suyuq va gaz fazalarda turlicha taqsimlanish kоeffitsientlariga ega 
bo’lgan mоddalarni ajratishda ishlatiladi. Harakatsiz faza sifatida maхsus suyuqlik 
bilan bo’ktirilgan qattiq tashuvchi ishlatiladi, harakatchan faza esa erituvchi 
(suyuqlik taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi) yoki gaz (gaz-suyuqlik хrоmatоgrafiyasi) 
bo’lishi mumkin. Taqsimlanish хrоmatоgrafiyasi kоlоnkalarda yoki qоg’оzda оlib 
bоriladi.
Taqsimlash xromatografiyasi sinalayotgan aralashmadagi komponentlarning 
bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuq fazada taqsimlanish koeffitsiyentining 
farqiga asoslanadi. Bunda fazalardan bittasi qo’zg’almaydigan bo’lib, qattiq 
adsorbentlarning teshiklarida bo’ladi. Qattiq adsorbent sifatida sellyuloza, 
silikagel, kraxmal ishlatiladi. Qo’zg’almaydigan faza nisbatan ancha qutbli 
erituvchidan iborat bo’lishi kerak, aks holda qo’zg’aladigan faza sorbent 
teshiklaridan qo’zg’almaydigan fazani siqib chiqaradi. Bunday faza qog’ozga 


66 
adsorbsiyalangan yoki silikagelga qo’shilgan suvdir. Xromatografiya kolonkada 
bajariladigan va qog’oz xromatografiyasi bo’ladi.
Taqsimlanish xromatografiyasi ajratilayotgan aralashmadagi tarkibiy 
qismlarning bir-biri bilan o’zaro aralashmaydigan ikki suyuqlik o’rtasidagi 
taqsimlanish koeffisiyentlarining turlichaligiga asoslangan. Bunda suyuqliklardan 
biri adsorbentga adsorbsiyalangan bo’lib, u turg’un faza vazifasini bajaradi. 
Ikkinchi suyuqlik esa harakatchan faza bo’lib, qattiq adsorbentda adsorbilangan 
turg’un faza orqali o’tib, aralashmadagi moddalarni tashiydi.
Gaz xromatografiya.
Parchalanmay bug’ holatiga o’tadigan moddalarning 
analizi va ajratilishi uchun ko’pincha gaz xromatografiyasi ishlatiladi. Bunda 
elyuyent (gaz tashuvchi) sifatida geliy, azot, argon kabi gazlardan foydalaniladi. 
Sorbent sifatida esa (zarralar diametri 0,1-0,5 mm bo’lgan) silikagellar, 
alyumogellar, g’ovakli polimerlar va boshqalar ishlatiladi.
1953-yilda D.A.Vyahirov, A.I. Bruk va S.A.Guglin, Yanaklar birinchi marta 
gaz xromatografik kolonkadan chiqayotgan tekshiriluvchi moddalarni aniqlash 
usulini taklif etdilar. Bunda kolonkadan chiqayotgan gaz oqimining byuretkadagi 
ishqorda yutilishini ko’rsatilib o’tilgan.
Gaz xromatografiyasi amaliyotida yangi sorbentlarni, qo’zg’almas suyuq 
fazalarni, turli ko’rinishdagi kolonkalarni yaratish uslubi analitik imkoniyatlarini 
ma’lum darajada kengaytiradi.
Gaz xromatografiyasi ham quyidagi belgilariga asoslanib sinflanadi:
a) fazalarni agregat holatiga asoslanib;
b) elementar xususiyatlariga asosan;
v) fazalarni o’zaro harakatiga asosan;
g) usul asboblarning jihozlanishiga asosan;
d) olib boriladigan ishning maqsadiga asosan.
A) Fazalarning agregat holati barcha xromatografik usullarga ta’alluqli 
bo’lib, gaz xromatografiyasida qo’zg’aluvchan faza sifatida gaz yoki bug’ holidagi 
moddalardan foydalaniladi. Shunga asosan gaz xromatografiyasini ikki turga: gaz-
adsorbsion (gaz - qattiq sorbent) va gaz - suyuqlik xromatografiyasiga bo’linadi.


67 
Gaz adsorbsion xromatografiyaning birinchi turi qo’zg’almas faza sifatida 
qattiq sorbent - adsorbit, ikkinchi turi esa qattiq sorbent ustiga bir xil qalinlikda 
joylashtirilgan suyuqlikdan iborat.
B) Elementar xususiyatiga asosan sinflanishi qo’zg’almas faza suyuqlik 
bo’lsa, u holda elementar xususiyati uning erituvchida eriganligidir. Bu holatda 
tekshiriluvchi dori moddasi qo’zg’almas suyuq fazada erib, so’ngra qo’zg’almas va 
qo’zg’aluvchi fazalar orasida taqsimlanadi. Dori moddasini bunday ajratilishi 
taqsimlanish xromatografiyasiga ta’luqlidir.
C) Fazalarni o’zaro harakatiga asoslangan gaz xromotografiyasi turi uchta 
usul dan iborat:
1. Elyuyent. 2. Frontal. 3. Siqib chiqarish. 
1. Elyuyent (proyavitel) xromatografiyasi - uslubida tekshiriluvchi 
aralashma komponentlari kolonkadan o’zining sorbsiyalanishiga asoslanib alohida 
bir-biridan ajralgan modda zonalari oraliqlarida toza elyuyent chiqadi. Ajralish 
davomida birinchi bo’lib, kolonkadan kam adsorbsiyalanish xususiyatiga ega (yoki 
kam erish koeffitsentiga ega) bo’lgan aralashma tarkibi, toza qo’zg’aluvchi gaz 
hamda kolonkadan chiqishiga nisbatan kuchli adsorbsiyalanuvchi tarkib va yana 
toza gaz oqimi ajraladi.
Bu usul gaz adsorbsion xromatografiyada ko’p ishlatiladi, chunki tahlilning 
optimal sharoitida amaliy tekshiriluvchi aralashma komponentlari to’liq ajraladi. 
Buni ushlanish vaqti bilan belgilanib, miqdoriy tarkibi esa xromatogrammadagi 
cho’qqiga asoslanib aniqlanadi. Ajralishni tashqari kolonkadan chiqayotgan 
alohida moddalarni har xil kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan ham aniqlash 
va baholash mumkin.
1952-yil Nоbel mukоfоti sоvrindоri A. Martin хrоmatоgrafiya usullarini 
ishlab chiqqan. U E vitaminini va nikоtin kislоtani ajratish uchun samarali qarama-
qarshi оqimli uskunani iхtirо qilgan. R. Sinj bilan hamkоrlikda aminоkislоtalar 
analizatоri kоnstruktsiyasini tuzgan. Ularning izlanishlari 1944-yil qоg’оz 
хrоmatоgrafiyasi usulining kashf qilinishiga оlib keldi. Martin penitsillinni ajratish 


68 
va tоzalash, biоlоgik faоl birikmalarni ajratish sоhasida ishlagan va gaz-suyuqlik 
хrоmatоgrafiyasi usulini takоmillashtirgan.

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin