Davlat universiteti



Yüklə 165,77 Kb.
səhifə2/11
tarix08.05.2023
ölçüsü165,77 Kb.
#109776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Invеstisiyaga talab funksiyasi. Bank fоiz stavkasi va kutilayotgan sof foyda normasi

Kurs ishining maqsadi. Investisiyaga talab funksiyasi hamda Bank foiz stavkasi normasi mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishining vazifasi. Investisiyaga talab funksiyasi hamda Bank foiz stavkasi oid malumotlarni o’rganish, ko’rib chiqish, tahlil qilish va unga qoshimcha ma’lumotlar kiritish.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Investisiyaga talab funksiyasi hamda Bank foiz stavkasi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan iborat. Kirish qismida kurs ishi maqsadi vazifasi, kurs ishi obyekti va predmeti, shuningdek bir qator ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Asosiy qism 5 ta rejadan iborat va ularda narxning shakllanishi yoritib berilgan.

1. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.

YaIMning ikkinchi komponenti bo’lgan investitsiyalarga to’xtalib o’tamiz.


Investitsiyalar yoki kapital qo’yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapitaldir. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsiyalar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi.
Investitsiyalarni turlicha guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’radigan foyda me’yorini pasaytirib qo’yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom investitsiya funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega: I q e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng bo’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatlari, er, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdagi e nuqta shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi.

R

I

0 e I


3.1-chizma. Avtonom investitsiyalar grafigi


Yüklə 165,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin