•davr nashriyoti* t o s h k e n t


Aviasozlik uchun m ateriallar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/60
tarix21.12.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#188959
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60
XZKhXUEVQOx07lRf6W5N

Aviasozlik uchun m ateriallar
Birinchi samolyotlar 
yog‘och
karkasga 
ega bo'lgan. Yog'och 
aviakonstruktorlar 
uchun 
eng 
yengil, mustahkam va arzon ma­
terial edi. Unga ishlov berish, yo- 
pishtirish, yog'och detallarni shu- 
rup yordamida biriktirish oson.
Metall faqatgina ikkita yog'och 
konstruksiyani biriktirish talab 
etiladigan joylarda qo'llanilgan.
Bir necha o'n yillar davomida 
juda ko'p samolyotlarning qa- 
notlari, 
eleronlari, 
fyuzelyajla- 
rining karkaslari perkal - havo 
o'tkazishi va suv o'tkazmasligi uchun lok shimdirilgan paxtalik mato 
yordamida mahkamlab bog'lab qo'yilgan. Samolyot konstruksiya- 
sida metalining ishlatilishi ulkan ustunliklarga sabab bo'lardi: mus- 
tahkamligi teng bo'lgan holda alumin konstruksiya yog'och kons- 
truksiyaga nisbatan anchagina yengil bo'lardi. Biroq u vaqtlarda 
uchuvchi metall - aluminiyni sanoat miqyosida ishlab chiqarish 
yo'lga qo'yilmagan edi. Faqatgina 1918-yilga kelibgina, Germaniyada
Tovushdan tez
uchar 
sam o­
lyotlar yupqa po'latdan, titan
yoki kompozit materiallardan,
oyna yoki ugleplastik tolalar-
dan to ‘qilgan va tez qotuvchi
epoksid smolasi shimdirilgan
matodan 
qoplamaga 
ega
bo'lib, 
kompozitlar issiqqa
chidamli, juda yengil va mus­
tahkam.
Po-2 sam olyoti


birinchi bo lib 
butunlay m etalldan yasalgan samolyot 
yaratildi. 
Aluminiy yog'ochga nisbatan yengil va mustahkamroq, bu metalldan 
yasalgan detallar boltlar va mixparchinlar yordamida biriktiriladi. Vaqt 
o'tishi bilan aluminiy o'rniga undan ko'ra mustahkamroq bo'lgan qo- 
tishma - duraluminiy paydo bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi davridagi 
aksariyat samolyotlarda qanot va fyuzelyajning qoplamasi va karkasi 
duraluminiydan yasalgan. Undan qilingan qoplama parvoz paytida 
og'irlikning bir qismini o'ziga oladi, bu esa butun konstruksiyani yen- 
gilroq qilish imkonini beradi.
Tovush tezligidan tezroq uchishga erishilganidan key in, sam o­
lyot konstruksiyasining havoga ishqalanishi natijasida judayam qizib 
ketishi muammosiga duch kelindi va duraluminiydan voz kechishga 
to'g'ri keldi. Tovushdan tez uchuvchi samolyotga mustahkam va yen­
gil qanotlar talab etilardi. Bunga 
titan 
yordamida erishish mumkin. 
Biroq titanga ishlov berish va undan detallar yasash qiyin.
Rossiyaning Su-47 «Berkut» beshinchi avlod qiruvchi sam olyoti



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin