Investitsion risklar - moliyaviy yo'qotishlar ehtimoli
Investitsion faoliyat barcha shakl va turlarda xavf bilan bog'liq. Investitsion risk - bu investitsiya sharoitlarining noaniqligi sharoitida kutilmagan moliyaviy yo'qotishlar ehtimoli.
Inflyatsiyaning yuzaga chiqishining asosiy sabablari bo`lib iqtisodiyot tarmoqlari, jamg`arma va iste`mol, talab va taklif, davlat daromadlari va xarajatlari, xo`jaliklarning pul massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning kredit ekspansiyasi hisoblanadi. Ushbu ta`kidlab o`tgan omillar o`z mohiyatiga asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin.
Iqtisodiyotimizning jahon xo`jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashuv jarayoni tobora chuqurlashib borayotganini inobatga oladigan bo`lsak, jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta`sir ko`rsatayotgani haqida gapirib o`tirishning hech qanday zarurati bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.
Avvalo, inflyasiyani jilovlamasdan turib, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish mumkin emas.
Jahon tajribasini puxta o‘rganib, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda, monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur.
Inflyasiyani keltirib chiqaruvchi asosiy omillar investitsion faollikning oshishi natijasida iqtisodiyotda vujudga keladigan yuqori talab va tartibga solinadigan narxlarning liberallashtirilishi bo‘lishi kutilmoqda. Bunda davlat korxonalarining isloh qilinishi (sh.j. xususiylashtirishi) doirasida kapital qo‘yilmalar hajmining o‘sishi investitsion faollikni rag‘batlantiruvchi asosiy omil bo‘ladi.
Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning keskin tushib ketishida va tabiiyki, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlarning muhim turlariga nisbatan hamda eksportga yo`naltirilgan etakchi tarmoqlar va ular bilan bog`liq turdosh korxonalar faoliyatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa, o`z navbatida, butun iqtisodiyotimizning mutanosib va samarali rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda, ko`zda tutilgan loyihalarni amalga oshirish, o`z oldimizga qo`ygan maqsadlarga erishish yo`lida ko`plab muammolarni tug`dirmoqda.
Kurs ishining obyekti O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Statistika davlat qo`mitasi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimizda yazaga kelayotgan inflyatsiya darajasi, kelib chiqish sabablari hisoblanadi.
Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o`rganib, uni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqb quyidagilar vazifa etib belgilandi:
Inflyatsiyanig kelib chiqish sabablarini o`rganish chiqish;
Inflyatsiyani hisoblash usullarini o`rganish;
O`zbekistonning inflyatsiya darajasini tahlil qilish;
O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora-tadbirlarini o`rganish.
Inflyatsiya - bu tovarlar va xizmatlar baholarining o’sishi natijasida muomaladagi pul massasining ko’payishi va shuning natijasida pulning qadrsizlanishidir.
P.Graud va M.Polan tomonidan amalga oshirilgan va inflyatsiyaga bag’ishlangan jiddiy ilmiy tadqiqotlardan biri bo’lib, ushbu ilmiy ish 165 mamlakatni va 1969-1999 yillarni qamrab oladi2.
Mazkur tadqiqot mualliflari inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan - pullarning o’sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to’g’ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi, degan xulosaga keldilar.
Inflyatsiya sur’atlarining o’sishi bilan uning pullar taklifiga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko’zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyatsiya koefffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashdi.
P. Graud va M. Polanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda – past, oqilona va yuqori darajalarga ajratgan holda, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o’rtasidagi bog’liqlikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda, asoslab berilganligi inflyatsiya va milliy valyutaning nominal almashuv kursi o’rtasidagi bog’liqlik masalasiga oydinlik kiritadi.
XX asrning 70-yillariga qadar Fillips kashf etgan inflyatsiya va ishsizlik o’rtasidagi aloqadorlik xususidagi ilmiy xulosa amaliy ahamiyat kasb etdi. Ammo 1970 yilga kelib “Fillips egri chizig’i” deb ataluvchi mazkur xulosa amaliy ahamiyat kasb etmay qoldi.
Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o’sishi, odatda, Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish bilan bog’liq. Byudjet siyosati va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik masalasi L. Katao va M. Terronzaning ilmiy ishida chuqur tadqiq qilingan3.
Mazkur tadqiqotning jiddiyligi shundaki, L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo’yicha 1960 yildan 2001 yilgacha bo’lgan davrda inflyatsiya va byudjet defitsiti o’rtasidagi bog’liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo’lgan tendentsiyalarni baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi o’rtasida bevosita bog’liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslangan: inflyatsiyaning o’rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining YaIMdagi salmog’ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi.
Bunda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli statistik bog’liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida, balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakatlarida va inflyatsiya darajasi juda past bo’lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o’rtasidagi sezilarli bog’liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L.Katao va M.Terronzalarning fikriga ko’ra, quyidagi omillar bilan izohlanadi:
hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;
markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;
moliya tizimining rivojlanganligi.
Iqtisodiy adabiyotda inflyatsiya va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi aloqadorlik masalasida kesin munozarali fikrlar, xulosalar mavjud. Bir guruh iqtisodchi olimlar, shu jumladan, G.Xess va Ch.Morrislarning fikriga ko’ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o’sishi ham iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir ko’rsatadi4. Ularning fikriga ko’ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo’lmagan o’sishi ham inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o’z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavkasining o’sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o’zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk uchun qo’shimcha ustamani ham aks ettiradi. Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
Ikkinchi guruh iqtisodchi olimlar esa (prof. M.A. Pivovarova, A.Kudrin va boshq.) inflyatsiyaning ma’lum darajasi sharoitida iqtisodiy o’sish sur’atlari yuqori bo’lishi mumkin, deb hisoblaydilar. Masalan, prof. M. Pivovarovaning fikriga ko’ra, inflyatsiyaning uncha yuqori bo’lmagan darajasi iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, bunday sharoitda antiinflyatsion siyosatni amalga oshirish ishsizlikning o’sishiga, iqtisodiyotning pasayishiga olib keladi5. Bunday sharoitda, odatda, pullar taklifi ustidan qattiq nazorat o’rnatiladi.
Bazaviy inflyatsiyaga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlari majmuida G.Brover va N.Erikson tomonidan inflyatsiyaning nomonetar omillarini tadqiq qilishga bag’ishlangan ilmiy izlanish o’ziga xos o’rin tutadi. Ushbu olimlar mazkur sohada olib borgan tadqiqotlarining natijalariga asoslangan holda, inflyatsiyaning xarajatli modelini (markup theory ofinlation) yaratdilar6.
Mazkur modelda inflyatsiyaning uzoq muddatli dinamikasi tadqiq qilinadi va chiqim inflyatsiyasining asosiy omillari sifatida quyidagilar e’tirof etilgan:
ish haqi;
kommunal xizmatlar tariflari;
import qilingan xom-ashyo va butlovchi qismlarning baholari.
Ish haqi omilini oladigan bo’lsak, ish haqining oshishi natijasida baholarning sezilarli darajada o’sishi yuz berishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, agar ish haqi doimiy tarzda oshirib borilsa, u holda, korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy darajasi oshadi. Bu esa, o’z navbatida, korxonalarni baholarni oshirishga majbur qiladi. Aks holda, korxonalar foydasining miqdori kamayib ketadi. Bunday sharoitda “ish haqi-baholar” spiralining harakatiga barham berish uchun mehnat unumdorligining o’sish sur’atini o’rtacha ish haqining o’sish sur’atidan yuqori bo’lishini ta’minlash zarur. Agarda mehnat unumdorligini oshirishga muvaffaq bo’linmasa yoki uning pasayishi yuz bersa, u holda, ish haqi o’sishining baholar darajasiga nisbatan ta’siri kuchayadi.
Pullar taklifining inflyatsiyaga ta’siri isbotlangan bo’lsada, inflyatsiyani yuzaga keltiruvchi barcha omillar monetar mazmunga ega emas va binobarin, Markaziy bankning nazorati doirasidan tashqaridadir. Lekin mazkur nomonetar omillar o’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida inflyatsiyaning o’sish sur’atlariga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli, pul-kredit siyosatining strategiyasini ishlab chiqishda bazaviy inflyatsiyaga, ya’ni inflyatsiyaning uzoq muddatli davriy oraliqlardagi o’zgarishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa, Markaziy bankning inflyatsiyani jilovlashdagi rolini aniqroq baholash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |