Dintaniw uzb


Diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  -



Yüklə 255,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix24.03.2022
ölçüsü255,84 Kb.
#54120
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Dinshunoslik

        Diniy  ekstremizm  va  fundamentalizm  -    Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 

masalasi  ijtimoiy  xaetda  muxim  va  murakkab  masala  bulib  kelgan.  Chunki  uning  zamirida 

shaxsning  xukuki,  demokratiya,  adolatparvarlik  va  insonparvarlik  kabi  katta  ijtimoiy  siesiy 

xukukiy  va  axlokiy  tushunchalar  etadi.  BMTning  ustavidan  tortib  barcha  xalkaro  xujjat  va 

shartnomalarda  xamma  mamlakatlarning  konstitutsiya  va  konunlarida  vijdon  erkinligi  uz 

ifodasini topgan.  

 

Odamlar doim turli dunekarash va e`tikod bilan yashaganlar va yashaydildar. Xar kimning 



uz ichki dunesi, uz e`tikodi buladi. Vijdon erkinligi kanedaydir bir mavxum tushuncha emas, u 

albatta  ma`lum  ijtimoiy  vaziyatda  namoen  buladi.  Shuning  uchun  uni  konkret  tarixiy,  ijtimoiy, 

sharoitsiz  ob`ektiv  va  sub`ektiv  omillarsiz  tasavvur  kilish  kiyin.  Bundan  tashkari  «Vijdon 

erkinligi» tushunchasi ilmiy talkin kilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni xam albatta 

nazarda tutish kerak. 

Mustakillik  yangilanish  jaraeni  xamma  soxalar  kabi  vijdon  erkinligi,  davlat  va  din,  dinga 

ishonuvchilar  va  ishonmaydiganlar  urtasidagi  munosabatlar  soxasini  xam  uz  ichiga 

oldi.Binobarin  Uzbekiston  Respublikasi  konunchiligida  asarlar  osha  karor  topgan  vijdon 

erkinligiga  yuksak  va  samimiy  xurmat  ifodalangan.  1992  yilda  kabul  kilingan  UzRning 

Konstitutsiyasining  31  moddasida  xar  bir  fukaro  uchun  vijdon  erkinligi  xukuki  kafolatlanadi. 

Shuni  mamnuniyat  bilan  kayd  etish  lozimki,  keyingi  yillarda  davlat  bilan  diniy  tashkilotlar 

urtasidagi uzaro munosabatlarda juda katta uzgarishlar sodir bulmokda. Dinning jamiyatdagi urni 

tiklanmokda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat kursatishlariga imkoniyat yaratilmokda. 

Kator  tarixiy  obidalar  diniy  tashkilotlar  ixtieriga  utkazildi,  yangi  masjidlar  ochilmokda.  Diniy 

tashkilotlarning  xalkaro  alokalari  kun  sayin  kengayib  bormokda.  1991  yilda  UzR  Oliy  Majlisi 

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tugrisida»gi konunni kabul kildi. 1998 yilda bu konunning 

yangi  taxriri  kabul  kilinib,  15  may  kuni  matbuotda  e`lon  kilindi  va  shu  kundan  e`tiboran  u 

kuchga kirdi. 




Mazkur  konun  23  moddadan  iborat.  1  moddasida  ushbu  konunning  maksadi  nimalardan 

iborat  ekanligi  ochik  va  ravshan  baen  etilgan.  Konunning  3  moddasi  vijdon  erkinligi  xukuki 

xakida bulib unda xar bir fukaro dinga munosabatini uzi mustakil aniklashi, u xar kanday dinga 

e`tikod  kilish  eki  xech  kanday  dinga  e`tikod  kilmaslik  xukukiga  ega  va  bu  xukuk  esa  UzR 

Konstitutsiyasi tomonidan kafolatlanajagi ta`kidlandi. 

4  moddada  fukarolarning  dinga  munosabatlaridan  kat`inazar  teng  xukukliligi  xakida  suz 

boradi. Rasmiy xujjatlarda fukaroning dinga munosabati kursatilishiga yul kuyilmaydi. 

Vijdon  erkinligi  xakidagi  konunning  5  moddasida  UzRda  din  va  diniy  tashkilotlar 

davlatdan  ajratilganligi  kursatilgan.    Bu  degani  davlat  diniy  masalalar  bilan  shugallanmaydi, 

diniy  tashkilot  va  diniy  boshkarma  ishlarga  aralashmaydi.  Din  va  diniy  tashkilotlar  xam  davlat 

ishlariga  aralashmasligi  lozim.  Lekin  diniy  tashkilotlar  jamoat  ishlarida  ishtirok  etish  xukukiga 

egadir. 


Diniy  tashkilotlarga  UzR  da  diniy  xarakterga  ega  bulgan  partiyalar  tuzish,  respublikadan 

tashkaridagi  diniy  partiyalarning  bulim  eki  filiallarini  ochish  man  etiladi.  Dindan  davlatga  va 

Konstitutsiyaga  karshi  targibot  olib  borishda  nafrat,  millatlararo  adovat  uygotish  axlokiy 

negizlarni  va  fukaroviy  totuvlikni  buzishda  buxton  vaziyatni  bekarorlashtiruvchi  uydirmalar 

tarkatishda,davlatga  jamiyat  va  shaxsga  karshi  karatilgan  boshka  xatti  xarakatlarda 

foydalanishga  yul  kuyilmaydi.  Terrorizm,  narkobiznes  va  uyushgan  jinoyatchilikka 

kumaklashadigan  shuningdek  boshka  garazli  maksadlarni  kuzlovchi  diniy  tashkilotlar  okimlar, 

sektalar va boshkalarning bunday faoliyatlari takiklanadi. 

Fukarolar  dinga  bulgan  munosabatlaridan  kat`i  nazar  ta`limning  xilma  xil  turlari  va 

darajalarini  egallashi  mumkin.  Konunning  9  moddasida  kursatilishicha  diniy  tashkilotlarning 

markaziy boshkaruv organlari ruxoniylarni  va uzlariga zarur bulgan diniy xodimlarni tayerlash 

uchun  diniy  ukuv  yurtlari  tuzishga  xakli.  Diniy  ukuv  yurtlari  UzR  Adliya  vazirligida  ruyxat 

utkazilib,tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat kursatish xukukiga ega buladi. 

Oliy  va  urta  diniy  ukuv  yurtlarida  ta`lim  olish  uchun  fukarolar  UzRning  «Ta`lim 

tugrisida»gi  Konuniga  muvofik  umumiy  majburiy  urta  ta`lim  olganidan  keyin  kabul 

kilinadi.Diniy  ta`lim  beruvchilar  maxsus  diniy  ma`lumoti  bor  kishilar  bulib,  bolalarni  ukitish 

uchun  diniy  boshkarmaning  eki  markazning  ruxsotnomasiga  ega  bulishi  kerak.  Xususiy    diniy 

ta`lim berishga yul kuyilmaydi. Bu konun koidalarni buzganlar konun oldida javobgardirlar. 

Diniy  tashkilot  –bu  ma`lum  dinga  ishonuvchilar  va  ularning  jamoalarining  uyushmasidir 

(masjid,  cherkov,  sinagoga,  diniy  ukuv  yurtlari  va  x  kabi).  Uni  tashkil  etish  uchun  unga  bir  xil 

e`tikkodga  ega  bulgan  kamida  100  kishi  a`zo  bulishi  kerak.  UzR xar  kanday  fukarosi  18  eshga 

tulganidan keyin ma`lum diniy jamiyatga a`zo bulishi mumkin. 

Diniy  tashkilotlar  uz  mulklariga  ega  buladilar.  Binolar,  din  bilan  boglik  buyumlar,  ishlab 

chikarish  va  xayriya  ishlariga  muljallangan  inshootlar  pul  mablaglari  xamda  diniy  tashkilotlar 

faoliyatini  ta`minlash  uchun  zarur  bulgan  boshka  mol  mulk  diniy  tashkilotlarning  mulki 

xisoblanadi.  Ibodat,  diniy  ras  rusum  va  marosimlar  utkazish  maxalliy  xokimiyat  tomonidan 

takiklanmaydi.  Konunning  3  moddasida  kursatilishicha  dinga  e`tikod  kilish  eki  uzga  e`tikodlar 

erkinligi  milliy  xavfsizlikni  va  jamoat  tartibini  boshka  fukarolarning  xaeti  salomatligi,  axloki, 

xukuki va erkinligini ta`minlash uchun zarur bulgan darajadagina cheklanishi mumkin. 

Konunnig  23  moddasida  «Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar  tugrisida»gi  konunni 

buzgan kishilar konun oldida javob berishlari kursatilgan. UzRda ijtimoiy xaet siesiy institutlar, 

mafkuralar  va  fikrlarning  xilma  xilligi  asosida  rivojlanadi.  Uning  xududida  15  ta  diniy 

konfessiya  vakillari  istikomat  kiladilar.  Konstitutsiyaning  12  moddasida  ta`kidlanishicha  xech 

kanday  mafkura  davlat  mafkurasi  sifatida  urnatilishi  mumkin  emas.  Shunga  kura  xech  kanday 

konfessiya boshkalaridan ustun deb karalishi eki ularga uz ta`sirini utkazishi mumkin emas. 



2.Diniy  ekstremizm  muayyan  diniy  konfessiya  va  tashkilotlardagi  ashaddiy  mutaassib, 

fanatik  unsurlarning  faoliyati  mafkurasi.  Fanatizm  uz  akidasining  shak  shubxasiz  tugriligiga 

ishonib,  boshka  firka  va  mazxablarni  butunlay  rad  etgan  xolda  ularni  tan  olmaslik,  balki  ularni 

diniy asoslarni buzishda ayblab ularga karshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy 

fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayerlaydi. 



2. Fundamentalizmning vujudga kelishi. Ekstremizmni keltirib chikaruvchi omillar. 

Fundamentalizm  ma`lum  din  vujudga  kelgan  ilk  davriga  kaytish  va  bu  yul  bilan 

zamonaning  barcha  muammolarini  xal  kilish  mumkin  degan  fikrni  ilgari  suruvchilarning 

yunalishi.  Diniy  fundamentalizm  akidaning  uzgarmasligini  ximoya  kiladigan  vaxy  va 

mu`jizalarning  mukaddas  kitoblardagi  baenining  xarfiy  talkini  tarafdori,  ularning  xar  kanday 

majoziy  talkiniga  murosasiz  suzma-suz  talkinga  asoslangan  e`tikodni  aklga  tayangan  mantikiy 

dalillardan  ustun  kuyadigan,  muayyan  diniy  e`tikod  shakllanishining  boshlangich  davrida 

belgilangan barcha yul yuriklarni kat`iy va ogishmay bajarilishini talab kiladigan diniy okimlarni 

ifodalashda kullaniladigan istiloxdir. 

Fundamentalizm  iborasi  birinchi  bor  1  Jaxon  urushi  arafasida  vujudga  kelgan 

protestantizmdagi ortodoksal okimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu okim 1910 yildan keyin 

shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an`anaviy akidalariga, ayniksa 

Bibliyaning  mutlako  mukammaliliga  ishonishni  mustaxkamlashni,  uni  suzma  suz  sharxlashga 

kat`iy rioya kilishni talab kildilar. Bu okim keyinchalik Amerikada keng tarkalib ketdi. 1919 yili 

Filadel`fiyada Jaxon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi. 

Asrimizning  70  yillaridan  boshlab  esa  bu  suz  islomga  nisbatan  kullanila  boshladi.  Islom 

fundamentalizmi  zamonaviy  islomdagi  uch  yunalishdan  biridir.  Islom  fundamentalizmining 

asosiy goyasi «sof islom» printsiplariga kaytish maksadi «islomiy tarakkiet» yulini joriy etishdir. 

XX  asrning  80-90  yillarida  butun  duneda  diniy  omilning  faollashuvi  sobik  sovetlardan 

keyingi  xududda  xam  uz  aksini  topdi.  Bu  davr  jamiyat  tarakkietida,  bir  jixatdan,  diniy 

e`tikodning  ijtimoiy  madaniy  xaetdagi  tabiiy  mavkei  tiklanaetgan,  2  chi  tomondan  mazkur 

asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tugilishi vakti buldi. 

Asosiy  konunimizda  yana  shu  narsa  kat`iy  kilib  belgilab  kuyilganki,  konstitutsiyaviy 

tuzumni zurlik bilan uzgartirishni maksad kilib kuyuvchi. Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi, 

va    xavfsizligiga,  fukarolarning  konstitutsiyaviy  xukuk  va  erkinliklariga  karshi  chikuvchi, 

urushni,  ijtimoiy,  milliy  irkiy  va  diniy  adovatni  targib  kiluvchi,  xalkning  sogligi  va 

ma`naviyatiga  tajovuz  kiluvchi,  shuningdek  xarbiylashtirilgan  birlashmalarning,  milliy  va  diniy 

ruxdagi  siesiy  partiyalarning  xamda  jamoat  birlashmalarining  tuzilishi  va  faoliyati 

takiklanadi.(57 modda). 

Urta  Osiedagi  respublikalar  uz  mustakilligiga  erishishi  va  uning  mustaxkkamlanishi 

davrida «islom omili», «islom uygonishi», «kayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar 

tobora kuprok ishlatilib, bu xol ularning bekies faollashuvini uzida aks ettirdi. Bunga sabab sobik 

Sovet  davlatining  mafkuraviy  tasavvurlari  va  kadriyatlarining  emirilib  muayyan  vakt  davomida 

xosil  bulgan  ma`naviy  bushlikni  tuldirish  zarur  edi.  Kommunistik  mafkura  ma`naviy  jixatdan 

kashshok bulib, uziga xos mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga karshi karatilganligi 

bilan shuro xokimiyatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm uchun kulay sharoit tugdirdi. 

Usha davrda dinning ta`kib ostida bulib kelgani islom dinining eng saloxiyatli ulamolari katogan 

kilinishi,  minglab  masjid  va  madrasalarning  buzib  tashlanishi,  diniy  taasubni  yukotishga  emas, 

balki  uning  ildizlarini  oziklantiruvchi  xatarli  omillarning  kuchayishiga  olib  keldi.  Millatlar 

orasida uzlikni anglash tuygusi, etnik jixatdan nasl nasabini izlashga intilishlari bekies kuchaydi 

Uzbekistonga  nisbatan  islom  fundamentalizmining  taxdidi  akidaparastlikni  eyish,  bu  yul 

bilan  musulmonlarni  isloxotchi  davlatga  ishonichini  yukotishga  urinishida  uzini  namoen 

etmokda.  Bunday  guruxlar  mustaxkamlanib  boraetgan  umummilliy  birdamlik  va  xamjixatlik, 

millatlar va fukarolararo totuvlikka raxna solishga xarakat kilmokdalar. Demokratiya va duneviy 

davlat  tushunchalarini,  e`tikod  erkinligiga  asoslangan  kup    konfessiyali  duneviy  jamiyatni 

obrusizlantirishga yunaltirilgan sa`y-xarakatlarni amalga oshirmokdalar. 

Prezidentimiz  ta`kidlaganidek,  «Eng  avvalo,  jamiyat.  Gurux,  aloxida  shaxs  ma`naviy 

xaetining  muayyan  soxzasi  bulgan  din  umuminsoniy  axlok  meerlarini  uziga  singdirib  olgan, 

ularni jonlantirgan xamma uchun majburiy xulk atvor koidalariga aylantirgan. 



Binobarin  din  odamlarda  ishonch  xissini  mustaxkamlagan.  Ularni  poklab,  yuksaltirgan. 

Xaet  sinovlari,  muammo  va  kiyinchiliklarni  engib  utishlarida  kuch  bagishlagan.  Umuminsoniy 

va ma`naviy kadriyatlarni saklab kolish xamda avloddan avlodga etkazishga erdamga kelgan. 

Dinning  yuksak  rolini  e`tirof  etish  bilan  birga  diniy  dunekarash  tafakkurning,  insonning 

uzini urab turgan dunega uzi kabi odamlarga munosabatining  yagona usuli bulmaganligini xam 

ta`kidlash  mumkin.  Duneviy  fikr,  duneviy  turmush  tarzi  xam  u  bilan  enma  en,  u  bilan  teng 

yashash xukukiga ega bulgan xolda rivojlanib kelgan». 

Keyingi  yillarda  yurtimizda  milliy  va  diniy  kadriyatlarning  tiklanishiga  katta  e`tibor 

berilib, bu narsa xukumatimizning ustuvor siesatiga aylandi. Kuplab diniy bayramlarga ommaviy 

tus berildi, televidenie va matbuot tomonidan diniy masalalar tez-tez eritila boshlandi. Fukarolar 

urtasida  diniy  ilm  va  an`analarga  kizikish  kuchaydi.  Bundan  foydalanib,  ba`zi  garazli  shaxslar 

ma`lum manfaatlar evaziga chet eldan yurtimizga sukulib kirmokchi bulgan ekstremistik okimlar 

«da`vatchi»lariga  aylandilar.  Ular  xorijliklar  tomonidan  istaganlaricha  mablag  va  diniy 

adabietlar  bilan  ta`minladilar.  Bu  xarakatlar  tezda  uz  okibatini  kursatdi.  Fargona  vodiysi  va 

Toshkent  shaxrida  uya  kurib  olgan  «Vaxxobiychilik»  xarakati,  jumxuriyatimizning  deyarli 

barcha shaxar va kishloklariga etib borishga ulgurgan «Xizbut taxrir» kabi guruxlarning keyingi 

yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna fasod xarakatlari shundan darak beradi. 

Modomiki,  biz  eshlarimizni,  Prezident  aytganidek  Imom  Buxoriylar,  Nakshbandiylar  va 

Yassaviylar  ta`limoti  asosida  tarbiyalar  ekanmiz,  biz  ularni  turli  islom  nikobi  ostidagi  garazli 

guruxlar  bilan  buyuk  ajdodlarimiz  amal  kilgan  va  bizlarga  xam  tavsiya  etgan  musaffo    islom 

urtasini ajrata oladigan darajada bilimli kilishimiz zarur buladi. 

Vaxxobiylik  XVIII  asrda  Arabiston  yarim  orolida  vujudga  kelgan  dini-siesiy  okimdir. 

Uning asoschisi Muxammad ibn Abd al-Vaxxob 1703 yili Arabiston yarim oroli Najd ulkasining 

al-Uyayna  degan  joyida  tavallud  topgan.  Bu  davrda  uning  otasi  Abd  al-Vaxxob  ibn  Sulaymon 

mustakil maxalliy amir xokimiyatida kozilik lavozimida xizmat kilar edi. Muxammad eshligidan  

diniy ilmlarni uz otasi raxbarligida urgana boshladi. U an`anaga kura, Kur`onni ed oldi, tafsir va 

xadis  ilmlari  bilan  tanisha  boshladi.  Bir  necha  bor  Misr,  suriya,  Kurdiston,  Irok,  Eron 

mamlakatlarida bulib, kupincha ulamolar suxbatida uzining janjalkashligi va mutaassibligi bilan 

ajralib  turgan.  U  uz  targibotchilik  faoliyatini  1730  yillarda  boshlab,  birinchi  maksadi  uziga 

munosib xomiy topish buldi. 

1745  yili  Muxammad  ibn  Abd  al-Vaxxob  ad-Diriyya  vodiysiga  uning  amiri  Muxammad 

ibn  Saud  taklifiga  binoan  kuchib  utdi.  Bu  bilan  Muxammab  ibn  Saud  uz  xokimiyatini 

kuchaytirishda  vaxxobiylikdek  mafkuraviy  kurolga  ega  buldi.  Vaxxobiylar  uzlari  xoxlagan 

jamoani  kufrda  eki  shirkda  ayblashlari  va  unga  karshi  jixod  e`lon  kilishlari  mumkin  edi.  Ibn 

Saud  esa  bu  jixodni  amalga  oshirib,  uz  xokimiyati  chegaralarini  kengaytirishni  boshladi. 

Muxammad  ibn  Abd  al-Vaxxob  1792  yili  vafot  etdi.  Ibn  Saud  va  uning  sulolasi  vaxxobiylik 

bayrogi  ostida  olib  borgan  urushlari  1932  yilida  Saudiya  Arabistoni  davlatining  tuzilishi  bilan 

yakunlandi. 

Vaxxobiylik  ta`limoti  diniy    masalalarda  din  fundamenti,  ya`ni  Paygambar  davri 

vokeiyliklariga kaytishni talab etdi. Ular barcha muxoliflarini bid`atchilikda ya`ni dinga yangilik 

kiritganlikda  aybladilar,  uzlarining  siesiy  dushmanlarini  esa  mushriklikda  ayblab,  ularga  karshi 

jixod  olib  borishga  fatvo    berdilar.  Axlokiy  nazariy  jixatdan,  garchi  shaxsiy  kamtarlik,  mol 

mulkka xirs kuymaslik duneviy xaetda toat ibodatga aksariyat vaktni sarflashni targib kilsalarda, 

lekin  amalda  saroy  axolining  boskinchilik  urushlari  kushni  kabilalar  mol  mulklarini  talash 

okibatida gap bilan amal urtasida ziddiyat paydo buldi. 

Vaxxobiylik  xarakatlari  Usmoniylar  imperiyasi  (1453-1924)  xududlarida  vujudga 

kelganligi  va  imperiya  bilan  bu  xarakat  urtasida  bir  necha  konli  tuknashuvlar  yuz  berganligi 

tufayli  bu  okimda  turk  islomiga  karshi  bulgan  kuchli  kayfiyat  uz  aksini  topdi.  Imperiyaning 




markaziy  xududlarida  xanafiylik  mazxabi  mutlak  xukmron  mavkeiga  ega  bulganligi  uchun 

mazkur koidalari kattik tankid kilindi. 

Shuningdek  vaxxobiylik  xarakati  mafkurasining  markazida  avvaliga  Arabiston  erlarini 

birlashtirish  orkali  keyinchalik  butun  islom  dunesida  islom  davlatini  shakllantirish  goyasi  xam 

mavjud edi. Ular bu maksad yulida xar kanday kurbonliklarga tayer edilar. Vaxxobiylarning chet 

ellarda  kuplab  tashkilotlari  bulib,  ular  faol  xarakat  olib  boradilar.  Ularning  kupchiligi  yashirin 

siesiy faoliyat olib boradi. Ish uslublari –diniy xissietlari kuchli bulgan fukarolarni jamiyatlariga 

tortib,  ularni  kayta  tarbiyalash,  sung  ulardan  tashvikot  va  ijtimoiy  tartibbuzarlik,  ekstremistik 

xarakatlarda  foydalanish.  Bu  ishlarga  ayniksa  eshlarni,  bolalarni,  xaet  tarzidan  norozi  bulgan 

shaxslarni jalb kiladilar. Xayriya fondlari orkali mayib majruxlarga, etim esirlarga erdam, diniy 

ta`lim  berish,  turli  diniy  adabietlarni  tarkatish  kabi  yullar  bilan  keng  targibot  ishlarini  olib 

boradilar. Kishilarga fanatizm murosasizlik, uzgalar fikrlari va manfaatlariga xurmatsizlik ruxini 

singdirishga urinadilar. 

Al-Ixvon  al-muslimun.  XIX  asr  dastlabki  yillarida  islom  dini  tarkalgan  mamlakatlar 

iktisodiy,  ijtimoiy,  siesiy,  xaetda  katta  tarixiy  uzgarishlar  yuz  bera  boshladi.  Bu  uzgaraetgan 

yangi  sharoitlarga    diniy-falsafiy,  xukukiy  normalarning  XIX  asr  yarmidan  boshlangan 

moslashuvi  fanda  «Islomiy  isloxatlar»  nomini  oldi.  Lekin  bu  jaraen  xaddan  tashkari  chuzilib 

ketdi  va  kup  soxalarda  ziddiyatli  xollarni  keltirib  chikardi.  Ular  orasida  panislamizm  va 

musulmon  jamoalarining  boshka  konfessiyalardan  ajratish  goyasini    aytishimiz  mumkin. 

Jamoliddin  al-Afgoniy  (1839-1897)  xisoblanadi.  U  diniy-siesiy  arbob  bulib,  1884  yili  Parijda 

Muxammad  Abdux  (1849-1905)  bilan  birgalikda  «al-Urvat  al-vusko»  jurnalini  nashr  etdi  va 

unda  panislamizm  goyalarini  targib  kila  boshladi.  Afgoniyning  goyalarini  keyinchalik 

«Musulmon birodarlar» («al-Ixvon al-muslimun») radikal shakllarida rivojlantirildi. 

Al-Ixvon  al-muslimun  1928  yili  Misrning  Ismoiliya  shaxrida  Misrlik  shayx  Xasan  al-

Banno tomonidan tashkil etilgan  diniy-siesiy tashkilot. Xasan al-Banno Jamoliddin al-Afgoniy, 

Muxammad Abdux, Rashid Rizo asarlaridan ta`sirlanib, panislamizm goyasida «jixod», «islomiy 

millatchilik», «islomiy davlat» ta`limotlarini ishlab chikdi. Al-Ixvon al-muslimun bu ta`limotlar 

asosida  islom  dini  tarkalgan  mamlakatlarda  Kur`on  va  shariatda  ifodalangan  koidalarga  tulik 

rioya  kiluvchi,  «islomiy  adolat»  printsiplari  urnatilgan  jamiyat  kurish  uchun  siesiy  kurashni 

boshlab yubordi. 

Al-Ixvon  al  muslimun  uz  tarixida  bir  necha  boskichlarni  bosib  utdi.  1928-1936  yillardagi 

davrni xayriya va ma`rifatchilik boskichi deb atasa buladi. Keyinchalik u kurash uslubi sifatida 

terrorni  kullash  darajasiga  etgan  siesiy  tashkilot  sifatida  maydonga  chikdi.  Kuplab  davlatlarda 

uning faoliyati takiklandi. Keyingi davrda al-ixvon al-muslimun orasida bulinish yuz berib, ular 

3 yunalishga bulinib ketdi. 

1)

 



«mu`tadillar»- Xasan al-Banno va Sayyid Kutb tarafdorlari. 

2)

 



«islom demokratlari» -«islom sotsializmi» ta`limoti tarafdorlari 

3)

 



«at-Takfir  va-l  xijra»,  «al-Jixod»,  «Xizb  at-Taxrir  al-islomiy»  kabi  terror  uslubini 

kullovchi tashkilotlar. 

Xizbut  taxrir  1952  yili  Kuddus  shaxrida  falastinlik  iloxietchi  Takiy  addin  an-Nabaxoniy 

(1909-1979) tomonidan asos solingan diniy-siesiy partiya. U Xayfada tugilib usgan, Koxiradagi 

«al-Azxar» universitetida ta`lim olgan. 

Xizbning asosiy maksadi avval arab davlatlari mikiesida, keyin islom dunesi mikesida va 

nixoyat  jaxon  mikesida  xalifalik  shaklidagi  islom  davlatini  tuzish.  Ularning  asosiy  da`vosi 

Mustafo Kamol Otaturk tomonidan 1924 yili Usmoniy xalifa Ikkinchi Abdulmajid (1922-1924) 

xalifalikdan  gayrikonuniy  chetlatildi.  Davlat  diniy-islomiy  konunlar  asosida  xalifa  tomonidan 

idora etilishi lozim. Xizb dasturi 187 banddan iborat bulib, asosiy maksadi xokimiyatga erishish. 

Bundagi  asosiy  yul-  islomiy  fikrlovchi  shaxslarni  shakllantirish.  Ularga  islomiy  ta`lim-tarbiya 

berish ikki boskichdan iborat: 1) u bilan islom ta`limotini urgatish yulida madaniy ma`rifiy ishlar 

olib borish; 2) siesiy faoliyatga tortish. 



Maksadga erishish uchun kurash uch boskichdan iborat: 

-goyaviy fikriy kurash; 

-jamiyatda goyaviy inkilobni amalga oshirish; 

-xokimiyatga fakatgina umma jamoaning tulik roziligidan sung kelish. 





Yüklə 255,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin