Ekspluatasiya instituti


 Shaharlarni rejalashtirish sxemalari



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
5fca3a27369a7

3. Shaharlarni rejalashtirish sxemalari. 
Shahar ko„cha-yo„l tarmoqlari 
joylashtirish sxemasiga qarab quyidagi turlarga bo„linadi 6.2-rasmda:
 
1. Radial, 
2. Radial-aylanma; 
3. To„g‟ri burchakli; 
4. To„g‟ri burchakli-dioganalli; 
5. Uchburchak; 
6. Aralash ixtiyoriy. 
6.2-rasm. Shaharlarning rejalashtirish sxemalari 
4. Ko„cha va ko„chadan tashqari transport turlari, ularning tavsiflari. 
Shahar aloqa yo„llari transport tizimining muhim tarkibiy qismi bo„lib 
hisoblanadi. Shahar aloqa yo„llarini ikki xil asosiy turi bor: 
- ko„chadagi va ko„chadan tashqaridagi har xil turdagi va toifadagi ko„chalar 
va yo„llar, maydonlar, chorraxalar, yo„lovchilar harakatiga, relsiz va relsli 
transportlar (avtomobillar, avtobuslar, troleybuslar, tramvaylar) harakatiga 
mo„ljallangan aloqa yo„llari kiradi; 


46
- ko„chadan tashqaridagi, metropoliten (liniya) shahar elektr temir yo„li, tez 
yurar tramvay va h.k. kiradi. (6.3-rasm). 
6.3-rasm. Shaxar ko„cha-yo„l tarmoqlari 
5. Metropoliten va uning ahamiyati. 
Harakat tezligini keskin oshirish 
maqsadida ayrim shahar yo„lovchi transportlari harakati ko„cha yo„llaridan 
tashqarida amalga oshiriladi. Bularga metropoliten, er osti tramvayi, monorels 
transporti kiradi.
 
Dunyoning 50 dan ortiq shahrida metropoliten mavjud. Hamdo„stlik 
mamlakatlari ichida metropoliten Moskva, Sank-peterburg, Kiev, Toshkent, 
Xarkov, Tbilisi, Boku va Erevan shaharlarida ishlab turibdi.
Metropoliten transporti yordamida hozir Toshkentda umumiy shahar 
yo„lovchilarining 12,6 % tashilmoqda. Metropoliten inshootlarini qurish juda 
katta kapital mablag‟ talab etadi. Shuning uchun ham metropoliten axolisi bir 
mln. dan ortiq shaharlarda va bir soatdagi yo„lovchilar oqimi 25-30 ming kishi 
bo„lgan yo„nalishlardagina quriladi.
Metropoliten yo„llari asosan er ostida quriladi. Ayrim joylarda metropoliten 
yo„llari er ustida bo„ladigan bo„lsa, ular shahar qurilishlari va ko„cha 
harakatidan mutlaqo ajratib qo„yiladi. Metropoliten izlari oralig‟i temir 
yo„llaridagi kabi 1520 mm bo„lib, ular avtomatik blokirovka bilan jihozlanadi. 
Metropoliten harakatlanuvchi tarkib birligida 4 ta dan 8 ta gacha vagon 
bo„lib, u ertalabki va kechqurungi “dolzarb” vaqtlarda 90 sekundli interval 
bilan ishlashi mumkin. Moskva shahridagi metropoliten bir soat ichida 48 juft 
poezdni aniq va muntazam ravishda tez harakat bilan o„tkazishi mumkin. Agar 
Frantsiya poytaxtidagi metro poezdi harakat tezligi 26 km/soat bo„lsa, 
Moskvadagi metro poezdlari 60- yilda 48 km/soat tezlik bilan harakat qilgan. 


47
Toshkent metropoliteni bugungi kunda uchta “Chilonzor”, “O„zbekiston” va 
“Yunusobod” yo„nalishlariga ega (6.4-rasm). 
6.4-rasm. Toshkent shahar metropoliteni sxemasi 

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin