Ekspluatasiya instituti



Yüklə 4,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/44
tarix27.08.2023
ölçüsü4,46 Mb.
#140763
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
5fca3a27369a7

9.1-jadval 
Samolyot va 
vertolyotlar 
turlari 
Yo„lovchi 
joylari soni 
Yuk ko„tara 
olishi, t 
Ko„tarilish 
maksimal 
og‟irligi,t 
Uchish 
tezligi, km/s 
Qo„nmasdan ucha 
olish masofasi, 
km 






Magistral trassalarda uchuvchi samolyotlar 
TU-154 
158-164 
18,0 
90,0 
900-1000 
7000 


63
IL-62 
186-198 
23,0 
165,0 
900-1000 
9000-11000 
Maxalliy trassalarda uchuvchi samolyotlar 
AN-24 
50 
5,7 
21,0 
450-500 
1900 
YAK-40 
24-30 
2,28 
13,7 
550-600 
500 
Vertolyotlar 
MI-6 
80 
5-8 
39,0 
250 
620 
MI-8 
28 
3-4 
12,0 
225 
425 
MI-10 
28 
8-12 
12,0 
180 
500 
Maksimal kutarila olish og‟irliklariga qarab samolyot va vertolyotlar to„rtta 
sinfga bo„linadi. 
Maksimal ko„tarila olish og‟irligi bo„yicha samolyotlar va vertolyotlar sinfi 
9.2-jadval. 
9.2-jadval 
Sinflar 
Maksimal ko„tarila olish og‟irligi 
Samolyotlar 
Vertolyotlar 
I sinf 
50 t dan ortiq 
10 t dan ortiq 
II sinf 
20-50 t 
5-10 t 
III sinf 
10-20 t 
2-5 t 
IV sinf 
1 t gacha 
2 t gacha 
2. Aeroportlar. 
Aeroportlar havo transporti korxonalaridan biri bo„lib, 
yo„lovchilar, yuk va pochta jo„natish va qabul qilish hamda samolyotlarni uchishga 
tayyorlash va uchishni tashkil qilish ishlari bilan shug‟ullanadi. Aeroportlar 
tarkibiga havo roboti, vokzal, maxsus injenerlik bino va inshoolari hamda 
vertolyotlar qo„nish maydonlari kiradi.
 
Aeroport hududida har-xil injenerlik kommunikatsiyalari, kanalizatsiya, elektr 
va bosimli havo ta‟minoti, yoritish va aloqa tarmoqlari ham bo„ladi. 
Aeroportlar o„z vazifalari bo„yicha xalqaro aeroportlarga, mamlakat ichi 
magistral trassasida uchishga xizmat qiluvchi va mahalliy trassalarda uchishga 
xizmat qiluvchi aeroportlarga bo„linadi. 
Xalqaro va mamlakatimiz magistral trassalariga xizmat qiluvchi aeroportlar 
murakkab meteorologik sharoitlarda ham muntazam va kechayu -kunduz ishlashga 
mo„ljallangan bo„ladi (9.3-rasm). 


64
9.3-rasm. Toshkent xalqaro aeroport bosh rejasi. 1 va 2 - sun‟iy uchush qo„nish tasmasi 
(SUQT); 3-16-yurgizib borish yo„lakchasi (YuBY); 17-19-to„xtab turish joylari (TTJ-1) 
Yo„lovchilar oqimi yillik xajmiga qarab aeroportlar besh sinfga bo„linadi. 7 
mln dan ortiq yo„lovchilar oqimiga xizmat qiluvchi aeroportlar sinfdan yuqori 
aeroportlar deb ataladi. Bir yilda 25 mingdan kam yo„lovchilar oqimiga xizmat 
qiluvchi aeroportlar xam sinfli aeroportlarga kirmaydi. Aeroportlarning ahamiyati 
va sinflariga qarab texnik rivoji, jihozlar miqdori va darajasi belgilanadi. 
Aeroportlarning eng muhim va asosiy qismi havo rabotidir. Xavo raboti samolyot 
va vertolyotlarning xavf-xatarsiz uchishi va qunishi uchun yo„llar (tasmalar) 
hamda ularga texnika xizmati kursatish uchun maxsus tayyorlangan er 
uchastkalaridir. 9.3-rasmda Buxoro va Tashkent aeroportlari keltirilgan. 
9.3-rasm. Buxoro va Toshkent aeroportlari 


65
Vertolyotlar qo„nishi yoki uchishi uchun maxsus tayyorlangan maydonchalar 
- uchish, qo„nish va burilish uchun tegishli ravishda jixozlangan bino va inshootlar 
bo„lib, ular vertolyotlarda yuk va yo„lovchilar tashishga mo„ljallangan bo„ladi. 
Havo raboti o„z vazifalariga ko„ra transport samolyot va vertolyotlarni qabul 
qiluvchi havo rabotlari, maxsus havo rabotlar, zavod poligon-havo rabotlari, o„quv 
xamda sport klublari havo rabotlariga bo„linadi. 
Ish muddatlari va xarakteristikalariga ko„ra havo rabotlar muntazam ishlovchi 
havo rabotlar, mavsumiy ishlovchi havo rabotlar, tezkor topshiriqlarni bajaruvchi 
havo rabotlar tarzida tasniflanishi mumkin. 
Havo rabotlar vazifalariga ko„ra boshlang‟ich va eng so„ngi punktlaridagi 
asosiy havo rabotlar, oraliq punktlaridagi havo rabotlar va zaxiradagi havo rabotlar 
ixtiyorida bo„ladilar. Samolyot va vertolyotlar hamda uchuvchi komandalar asosiy 
havo rabotlar ixtiyorida bo„ladilar. Boshlang‟ich yoki eng so„nggi havo rabotlardan 
samolyotlar uchishni belgilangan trassalar bo„yicha boshlaydilar yoki 
tamomlaydilar. Oraliq punktlaridagi havo rabotlarda samolyotlar jadvallar buyicha 
yo„lovchilar bir qismini tushirishadi yoki chiqarishadi hamda texnik qarovdan 
o„tkaziladi va yoqilg‟i zapaslarini oladi. Favqulodda xollarda samolyotlarni yo„lda 
qo„nishi uchun ham zaxira havo rabotlari bo„lishi kerak. 
Havo rabotlari uchish, texnik xizmat ko„rsatish va turar joy zonalaridan iborat 
bo„ladi. 
Uchish zonalari-uchish maydonchasi, xavfsizlik tasmasi va havodan tushish 
tasmasidir. Uchish maydonchalari maxsus jixozlangan hududdan iborat bo„lib, 
samolyotlarning uchish va qo„nish oldi harakatlari uchun xizmat qiladi. Uchish 
tasmalari soni va joylashishi havo rabotining samolyotlar o„tkaza olish qobilyatiga, 
shamolning havo raboti rayoni yonidagi aksariy yo„nalishiga, maydon relefi va 
gidrogeologik sharoitlariga bog‟liqdir. Samolyot va vertolyotlar uchish va qo„nishi 
uchun uchish zonasining bir qismidagi tasmalar ustiga sementbeton va asfaltbeton 
qoplamalari yotqiziladi, ular har qanday ob-havo sharoitida ham samolyot va 
vertolyotlarning uchishi va qo„nishini ta‟minlashga qaratilgan bo„lib, uchish va 
qo„nish tasmalari deb ataladi. Havo rabotlari kategoriyalariga qarab bunday 
tasmalar umumiy uzunligi 600-2600 metr va undan ham ortiq bo„ladi, kengligi esa 
25-80 metr va undan ortiq bo„lishi zarur. Uchish va qo„nish tasmasidan 
samolyotlarning qo„nish joylarigacha yoki perronlargacha bo„lgan yo„llar yurgizib 
borish yo„llari deb ataladi. Ularning kengligi 10-25 metr atrofida bo„ladi. 
Samolyot va vertolyotlarni to„xtatib qo„yish joylari ham qattiq qoplamali 
yo„llardan iborat bo„lib, ularda samolyot va vertolyotlarga texnik xizmat 
ko„rsatiladi. Tungi soatlarda va murakkab ob-havo sharoitlarida samolyotlar 
muntazam qatnashi uchun havo rabotlari hududidagi yo„llar maxsus elektr chirog‟i 
va radio-texnika bilan jihozlangan bo„ladi. 


66
Havo raboti hududi atrofida uchish xavfsizligini ta‟minlash uchun ma‟lum 
radiusdagi bino va inshootlar cheklangan bo„lib, u havo raboti oldi hududi deyiladi. 
Havo raboti oldi hududi va uning ustidagi taxminan 50 kilometrlar atrofidagi 
havo fazosi aerotoriya yoki aeroport hududi deb ataladi. 
Havo transportining asosiy xususiyati-samolyotlarning katta tezligi, 
yo„lovchi, pochta va yuk tashish vaqtining qisqalgidir. Gaz-turbina dvigatelli 
samolyot o„rta hisobda soatiga 600-800 km tezlikda yo„lovchi tashiy oladi. 
Gaztrubinali havo kemalarida yo„lovchilarning o„rtacha uchish masofasi 2000 km 
ga etdi. Samolyotlarning baland ucha olishi uning poezdlar va avtomobillar bora 
olmaydigan eng chekka o„lkalarga ham etib borishiga imkon beradi.

Yüklə 4,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin