E'lon, ariza, tilxat, ma'lumotnoma, bayonomani husnixat bilan yozish



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə3/4
tarix13.06.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#129551
1   2   3   4
E\'lon, ariza, tilxat, ma\'lumotnoma,

ARIZA

Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ariza ish, o‘qish, yashash joylarida eng ko‘p qo‘llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo‘lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog‘cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, xo‘jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo‘llanishi mumkin.

  • – ariza yo‘llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
  • ariza yozuvchining ish, o‘qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
  • – hujjat nomi – ariza;
  • – matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo‘lgan fikr–mulohazalarning qisqagina bayoni);
  • – ilova hujjatlar ro‘yxati (mavjud bo‘lsa yoki talab etilsa);
  • – ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.

Bayonnoma

Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi.

  • Bayonnomalar qisqa, to‘liq, stenografik, fono-grafik shakllarda bo‘l adi.
  • Qisqa bayonnomada yig‘ilishning kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilarning ismi, familiyasi hamda qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi.
  • Bayonnoma kirish va uch asosiy qismdan tuziladi. Kirish qismida yig‘ilish o‘tkazilgan tashkilot nomi, bayonnoma sanasi, tartib raqami, yig‘ilish joyi, rais va kotibning ismi, familiyasi, qatnashuvchilar ro‘yxati va soni (15 kishidan oshmasa, ismi va familiyasi, lavozimi, ish joyi ko‘rsatiladi) keltiriladi.
  • So‘ngra KUN TARTIBI bosh harflar bilan yozilib, ikki nuqta qo‘yiladi va ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi.
  • Asosiy matndagi uch qism: ESH1TILDI, SO‘ZGA CHIQD1LAR, QAROR QILINDI so‘zlari ham katta harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin