Raqobatchilar. Marketing konsepsiyasi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun bir
kompaniya o’z raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq darajadagi iste`mol qiymati va
mijoz qoniqishini ta`minlashi kerakligini uqtiradi. Shunday qilib, marketologlar
shunchaki maqsadli iste`molchilar ehtiyojiga moslashishdan ko`ra ko`prog`ini
bajarishlari kerak. Ular shuningdek, iste`molchilar ongida raqiblarning takliflaridan
kuchliroq bo`lgan takliflarni pozisiyalash orqali strategik raqobat ustunligini qo`lga
kiritishi kerak. Lekin faqat birgina raqobatbardosh marketing strategiyasining o`zigina
barcha kompaniyalar uchun eng yaxshi hisoblanmaydi. Xar bir firma o’z raqibinga
nisbatan o’z xajmi va sanoat o’rnini e’tiborga olish lozim.
Sanoatda hukmron
pozitsiyasiga ega yirik firmal kichik firmalar ega bo`lolmaydigan muayyan
strategiyalardan foydalanishi mumkin. Lekin, yirik bo’lishning o`zi yetarli emas. Yirik
firmalar uchun muvafaqiyatli va muvafaqiyatsiz strategiyalar mavjud. Va kichik
firmalar ham yiriklarnikidan ko`ra yaxshiroq natija beradigan strategiyalarni ham
ishlab chiqishlari mumkin.
53
Muassasalar. Kompaniyaning marketing muhiti turli muassasalarni o’z ichiga
oladi. Muassasalar o’z maqsadiga erishish uchun tashkilotning qobiliyatiga ta`sir etish
yoki u bo`yicha haqiqiy va potensial manfaatga ega biror bir guruh hisoblanadi. Biz
muaasasalarni yetti turga bo’lishimiz mumkin:
• Moliyaviy muaasasalar: Bu guruh mablag’larini olish uchun kompaniya
qobiliyatiga ta’sir qiladi. Banklar, investitsiya taxlilchilar va aktsiyadorlar asosiy
moliyavis muassasalar hisoblanadi.
• Media muassasalari: Bu guruh yangiliklar, taxriryat fikrini oshiradio`zida
mujassam etadi. Bu gazeta, jurnallar, TV, bloglar va boshqa internet ommaviy axborot
vositaliri hisoblanadi.
• Xukumat muassasalari: Menejment hukumat ishlanmalarini e`tiborga olishi
kerakkerak. Marketologlar kompaniya huquqshunoslarini tovar havfsizligi, to`g`ri
reklama va boshqa masalalarda ko`pincha maslaxatlar berishi lozim.
• Fuqaro xarakati muassasalari: Kompaniyaning marketing qarorlari iste’molchi
tashkilotlar, ekologik guruhlar va boshqa kichik guruhlar tomonidan so’roq qilinishi
mumkin. Uning jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi iste’mol va fuqaro guruhlar bilan
yaqin munosabatda bo`lishlariga yordam berishi mumkin.
• Maxalla muassasalar: Bu gurux maxalla fuqarolarini va jamoyatchilik
tashkilotlarini o’z ichiga oladi. Katta kompaniyalar odatda maxalliy hamjamiyat
masalalari bilan shug’ullanish bo’limlari va dasturlarini yaratish va jamiyatni qo’ollab
quvatlash bilan shug’ullanadi.
• Bosh muassasa: Kompaniya o`z maxsulotlari va faoliyati borasida umumiy
aholining munosabati haqida qayg`urishi kerak. Kompaniyaning jamoatchilik imidjini
uning xarid qilinshiga ta`sir etadi etadi.
• Ichki muassasa: Bu guruh ishchilar, menejerlari, ko`ngillilar va direktorlar
kengashini o`z ichiga oladi. Yirik kompaniyalar ichki muassasani ruhlantirishi va
xabardor etishi uchun hisobot va boshqa vositalardn foydalanadi. Xodimlar o`zlari
ishlaydigan kompaniya haqida o`zlarini qulay his etsalar, bu ijobiy munosabat tashqi
muassasalarga namoyon bo`ladi.
Kompaniya ushbu yirik muassasalar uchun shuningdek uning mijoz bozorlar