51
tizimida muhim bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib
beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Marketing
bo’yicha menejerlar tovar mavjudligi va uning qiymatini o’rganib borishlari kerak.
Yetarlicha miqdorda yetkazib bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish
tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa muddatli istiqbolda sotuvlar
qiymatini oshirishi, va uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar yetkazishi
mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada
kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Mijozlar kompaniyaning mikromuhitida eng muhim ishtirok etuvchi shaxslar deb
hisoblanadi. Boylikni butun yetkazib berish tizimining maqsadi maqsadli mijozlarga
xizmat ko’rsatish va ular bilan mustahkam munosabatlarni o’rnatish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: