Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə26/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196
HZTF javoblari.

Taksonomist strategiyasi.

Taksonomiya organizmlarning hamma guruhlarini o’z ichiga olar ekan ularni taksonomistik jihatdan o’rganish ham bir qolipli bo’lishi qiyin. Qolaversa insonning shaxsiy xusisyatlari ham turlicha bo’lganligi tufayli taksonomistlar ish davomida turlicha yo’l tutadilar. Shunday qilib taksonomist strategiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:

1) Obyekt tanlashda ya’ni o’rganish uchun qaysi guruh organizmlarni olishda.

2) Joy tanlashda. Taksonomist London, Nyu-York va Sankt-Peterburg kabi ma’lum bir yirik ilmiy markazdagi laboratoriyada, ulkan hajmli kolleksion material bilan ishlashi, bundan tashqari ilmiy markazdagi bibliografik ma’lumotlardan foydalanishi mumkin. Lekin bu holda obyektning ko’payishi, hayotiy sikllari, jinsiy dimorfizmi, ekologik nishasi, mavsumiy xususiyatlari, moslanishlari, rangi boshqa xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar olib bora olmaydi, yangi material olishi qiyin bo’ladi. Yoki bo’lmasam aynan shu guruh organizmlar yashaydigan hududdagi kichik bir stansiyada tog’ridan to’gri o’rganish obyektidan uzoqlashmagan holda ishlashi mumkin. Bunda tadqiqotchi bibliografik ma’lumotlar olishga qiynaladi biroq, o’z obyekti bilan tabiiy muhitdagi kontaktda bo’ladi, uning juda ko’p xususiyatlari bilan tanisha oladi.

3)Taksonomiyaning turini tanlashda. α-taksonomiya yangi turlar ochish va ularni sistemaga kiritish. Taksonomiyaning bu turi bilan shug’ullanuvchilar taksonomistlar orasida ko’pchilikni tashkil etadi. Ular ma’lum bir guruhga mansub organizmlarni yig’adilar, tahlil qiladilar va ular o’rtasidagi farq va o’xshashliklarga asoslanib yangi turlarni ilgari ma’lum bo’lgan taksonlar tarkibiga ya’nikim, fanga kiritadilar.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin