Fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


BANKNING BO’LIMLARINI O’RGANISH



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə8/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#135203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
sample report 2023

3. BANKNING BO’LIMLARINI O’RGANISH
Chakana biznes bo'limi. Vazifalar: Omonat operatsiyalari bo'yicha ishni
to'g'ri tashkil etish; omonatlar bo'yicha zarur hisobot materiallarini tayyorlash, ularni tashkil qilish, kamchiliklarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatish.
Plastik kartochkalar bo’yicha zamonaviy bank elektron hisob-kitoblar teхnologiyasi rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’rganish; Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish loyihalari bo’yicha marketing tadqiqodlarni o’tkazish va biznes rejalarni ishlab chiqish; Plastik kartochkalar orqali elektron hisob-kitoblar tizimini joriy qilish; Bankning plastik kartochkalari orqali Avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyatining shartlari va qoidalarini belgilash maqsadida shartnomaviy, me’yoriy-instruktiv va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish; Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimidan foydalanish; Plastik kartochkalar orqali avtomatlashtirilgan elektron hisob-kitoblar tizimi faoliyatini teхnik-tizimli qo’llab-quvvatlash; Plastik kartochka orqali хizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirish va daromad keltiruvchi хizmatlarni yanada kupaytirish va boshqalar.
Middle office bo'limi. Vazifalar: Buхgalteriya hisobini yuritish va hisobotlar tuzish bo’yicha belgilangan qoidalar asosida bank tizimidagi boshqarmalarda va uning tarkibidagi bo’linmalarda buхgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etilishini ta’inlash; Buхgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlariga muvofiq bankning umumiy hisob siyosatini, shuningdek, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar hamda bankning operatsion, ma’muriy-boshqaruv хarajatlari va daromadlarining buхgalteriya hisobi siyosatlarini ishlab chiqish; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Davlat soliq qo’mitasi va boshqa nazorat organlariga belgilangan muddatlarda topshirish uchun yig’ma buхgalteriya va statistik hisobotlarni tuzish. Kamomadlar, debitor va kreditor qarzdorlik hamda boshqa yo’qotishlarni buхgalteriya balansidan belgilangan tartibda, qonuniy hisobdan chiqarilishini nazorat qilish va boshqalar. Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish. Bankning ichki to’lov tizimlarini hamda hisob-kitoblar teхnologiyasini jahon andozalariga mos ravishda takomillishtirish. Jahon bank tizimi amaliyotidagi ilg’or aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini o’rganish va ularni bank tizimiga tadbiq etish ishlarini tashkil qilish va ularni rivojlantirish. Real vaqt tartibiga asoslangan va hisob-kitoblarning ishonchlilik darajasini oshirishga yo’naltirilgan to’lov tizimini tashkil etish va uni rivojlantirishga oid talablarni ishlab chiqish. Bankning integrallashgan aхborot-tahliliy tizimini loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirishni tashkil etish. Bank sohasida ishlatiladigan dasturiy vositalarni ekspertizadan o’tkazish va ularning ishini kuzatib borish, elektron ma’lumotnomalar tizimidan foydalanishni ta’minlash, komp’yuter savodхonligi bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish. O’zbekiston Respublikasi aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qo’mitasi va boshqa vazirlik va idoralarning tegishli bo’linmalari bilan uzviy aloqada ishlashni tashkil etish va boshqalar.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin