Fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə6/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#135203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
sample report 2023

Bank boshqaruvi


  • Boshqaruv Raisi

  • Boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari

  • Boshqaruv raisining o’rinbosari

  • Boshqaruv raisining o’rinbosari

  • Boshqaruv raisining o’rinbosari

  • Bosh buxgalter - Bosharuv raisining o'rinbosari vazifasini vaqtincha boshqaruvchi

  • Yuridik departament direktori - Boshqaruv a'zosi.

Bankning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish bank Boshqaruvi tomonidan qonun hujjatlarida, mazkur ustavda va aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan «Bank Boshqaruvi to’g’risida»gi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Boshqaruv raisining rahbarligida bankning joriy faoliyatini boshqarishni amalga oshiradi. Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi va Bank Kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalardan tashqari, bankning kundalik faoliyatiga tegishli barcha masalalar bank boshqaruvi vakolatiga kiradi. Bank Boshqaruvi aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi va Bank Kengashining qarorlari bajarilishini ta’minlaydi.

Rivojlanish strategiyasi


Davlatimiz bo’ylab o’z pozitsiyasini kengaytirish va mustahkamlash bilan maqsadlarga erishish, hodimlarning professional darajasini oshirish, taqdim etilayotgan hizmatlarni sifatini, avtomatlashivuni va texnologiklashkanligini oshirish, uzoq muddatlik va o’zaro manfaatdorlik hamkorlikni qurish yoli bilan har bir mijoz bilan o’zaro ishonchli munosabatlarini yaratish.

Bank istiqbollari


«Hamkorbank» ATB mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda eng yaxshi banklardan biriga aylanishga intiladi, bank biznesini baraqaror ravishda rivojlantiradi, mijozlar, sheriklar va barcha manfaatdor shaxslar bilan birgalikda o'z oilasi va butun mamlakat foydasiga takomillashib borishga intiladi.
2018-2020 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilab beradi, ular aktivlar va passivlar tuzilmasini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, shuningdek Bankni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgandir.
Bank o‘zining tijorat faoliyatida bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish yuzasidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil-7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoniga amal qiladi hamda mijozlar va kontragentlar uchun ham, aksiyadorlar, potensial investorlar va regulyator uchun eng yuksak darajada ochiq bo‘lib qolgan holda, ishonchlilik, likvidlilik va mustaqillik prinsiplariga qat’iy rioya etadi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son va 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-son Qarorlarining bank tizimini institutsional rivojlantirishni yanada isloh qilish, tijorat banklarining kapitallashuv, barqarorligi va likvidliligi darajasini xalqaro standartlarga muvofiq oshirish, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari spektrini kengaytirish bo‘yicha ijrosini ta’minlash, shuningdek milliy va xalqaro reyting agentliklaridan yuqori reyting ko‘rsatkichlarini qo‘lga kiritish maqsadida Bankning asosiy strategik ustuvorligi quyidagi strategik vazifalarni bajarishni ta’minlash hisobiga investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishdan iborat:

  • Raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etish.

  • CHakana biznesni rivojlantirish.

  • Tavakkalchiliklarni va kapitalni boshqarish tizimlari samaradorligini

oshirish.

  • Korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish hamda biznes-jarayonlarni

takomillashtirish.

  • Banke foydaliligi va rentabelligini oshirish asosida barqaror rivojlanishni ta’minlash.

Asosiy faoliyat turlari bo‘yicha strategik maqsadlarga erishish bank bozoridagi pozitsiyalarning yanada kuchayishiga olib kelishi lozim, bu Bankka kelgusida ham barqaror va ishonchli Bankning iqtisodiy o‘rnini saqlab qolish, shuningdek bo‘lajak investorlar uchun jozibador bo‘lish imkonini beradi.
2019-2021 yillar uchun Rivojlanish strategiyasi Bankning barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashda boshqaruvining samaradorligini oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan:

  1. Bankda korporativ boshqaruvni tartibga soladigan qonunchilik asoslarni

takomillashtirish.

  1. Bankda korporativ boshqaruv haqidagi tushuncha va korporativ madaniyatni shakllantirish.

  2. Bankda kuzatuv kengashining bank faoliyatining samaradorligidagi mas’uliyatini oshirish.

  3. Bankda ichki auditni to‘la mustaqilligini ta’minlash.

  4. Bank faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarning shaffofligi va oshkoraligini ta’minlash.

  5. Bank korporativ boshqaruvi bo‘yicha reyting tizimini amalda tadbiq tish.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash, banklar raqobatbardoshligini yanada oshirish borasida amaliyotga yangi yo‘nalishlarni joriy qilish va yuqori samaradorlikka erishishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamiz moliya-bank tizimining uzluksiz isloh qilinishi uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini xalqaro me’yorlar va andozalarga asosan baholashga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortib borishi tijorat banklarining qator ko‘rsatkichlar tizimiga amal qilish hamda muntazam ravishda o‘z faoliyatlarini nazorat qilishlariga sabab bo‘lmoqda.
Respublika moliya bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish hamda mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yaqin sheriklar asosida ishlash, barcha ko‘rsatkichlarning barqaror o‘sishini ta’minlash, eng muhimi bank mijozlarining ishonchini qozonish ATB “Hamkorbank” ning yaqin kelajakdagi ustuvor maqsadlari etib belgilangan.
Hamkorbank” o‘z faoliyati mazmun–mohiyatini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida faol ishtirok etish, mulkchilikning turli shaklida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchi ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlarning zamonaviy, sifatli va tezkor bank mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini jahon andozalari darajasida samarali qondirish hamda xalqimizning turmush farovonligini oshirish yo‘lida tinmay xizmat qilishda, deb biladi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin