O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti



Yüklə 79,17 Kb.
səhifə1/5
tarix09.02.2023
ölçüsü79,17 Kb.
#83668
  1   2   3   4   5
mustaqil ishiD



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI

IQTISODIYOT ” kafedrasi


BOJXONA ISHI” fanidan




MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Bojxona nazorati va uni amalga oshirish tartibi


Bajardi: Iqtisodiyot yoʻnalishi 19_122-guruh talabasi lbrohimova Dilfuzaxon

Fargʻona-2022


Mundarija
Kirish
1. Bojxona nazoratining oʻziga xos xususiyatlari
2. Bojxona nazorati shakllari
3. Bojxona nazorati zonalari


Mavzu boʻyicha savollar
Mavzu boʻyicha testlar
Mavzu boʻyicha keyslar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


Kirish


Bugungi kunda milliy bojxona tizimini yanada takomillashtirish yо‘lida amalgaoshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar bojxona nazorati va kuzatuvining tartib-tamoyillarini jahon standartlariga moslashtirish, mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, respublika iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bilan bir qatorda tashqi savdo jarayonlari integratsiyasiga о‘z ulushini qо‘shayotgan TIF subyektlariga bojxona tartibotlaridan qо‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Bu esa о‘z navbatida, bojxona organlari tomonidan ularga kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, ya’ni qо‘llanilayotgan bojxona nazorati shakllari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Biroq, bojxona organlari tomonidan toki hozirgi kungacha bо‘lgan bojxona nazorati shakllarini yanada samaraliroq bо‘lishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kо‘rilayotgan choratadbirlarning natijaviylik darajasi hamon past ekanligini kо‘rsatmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida xizmatlar ulushining ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga sezilarli ta’siri natijasida xizmat kо‘rsatuvchi sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish, firmalar strategiyasida uzoqni kо‘zlovchi choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, bu borada xalqaro yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ishini bugungi kun talablariga javob beradigan xizmat turlari bilan boyitish masalasi о‘z dolzarbligini kо‘rsatib turibdi. Shu bilan birga, dunyo bozorlaridagi tovarlar narxiga transport xarajatlarining bevosita ta’sir etishi tashqi savdo ishtirokchilaridan о‘z mahsulotlarini tashishda optimal transport yо‘llari va vositalaridan foydalanishni talab etadi.Bojxona xizmati organlari xom-ashyo, tovar, valyuta, xizmat va kapital olib kelish, olib chiqish ustidan davlat nazoratini o‘rnatish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, milliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash, davlat budjeti daromadini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarishi barobarida mamlakat iqtisodiy manfatlarini o‘z vakolatlari darajasida himoya qiladi va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydi. О‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bо‘lmish transport sohasini rivojlantirish, undagi xizmat turlarini zamonaviy standartlar asosida shakllantirish masalasi ushbu sohada amalga oshirilishi rejalashtirilgan dolzarb vazifalar qatorida e’tirof etiladi.



Yüklə 79,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin