2. Bojxona nazorati shakllari Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib o‘tishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib o‘tayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.
Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona nazoratining shakllari:
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va ko‘maklashish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.Normativ hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi;
O‘zbekiston Respublikasining "Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida"gi Qonuni;
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
Bojxona nazoratining shakllari: hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
og‘zaki so‘rov;
axborot olish;
bojxona ko‘zdan kechiruvi;
tovarlarning tamg‘alanganligini tekshirish;
bojxona ko‘rigi;
shaxsiy ko‘rik;
bojxona identifikatsiyalashi;
bojxona kuzatuvi;
binolar va hududlarni tekshirish;
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish;
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati.
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan oʻtkaziladi: bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan xujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish; jismoniy va mansabdor shaxslarni ogʻzaki soʻrab-surishtirish; bojxona koʻrigidan oʻtkazish; tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash; tovarlar va transport vositalarini xisobga olish; xisobga olish va xisobot tizimini tekshirish; Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan xududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish; qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda. Bojxona nazorati oʻtkazilayotganida inson, xayvonot va oʻsimliklar xayoti va sogʻligi uchun xavfsiz boʻlgan xamda tovarlar va transport vositalariga ziyon etkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin. Bojxona nazoratini oʻtkazish qoidalari qonun xujjatlarida belgilanadi