O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi fargʻona davlat universiteti



Yüklə 79,17 Kb.
səhifə4/5
tarix09.02.2023
ölçüsü79,17 Kb.
#83668
1   2   3   4   5
mustaqil ishiD

3. Bojxona nazorati zonalari
Bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.
Bojxona nazorati zonalari turlari:
doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda;
muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvini va bojxona ko‘rigini o‘tkazish zarurati bo‘lgan taqdirda.
Shu bilan birga, transport vositalarining respublika hududi bо‘ylab alohida harakatlanishi yо‘l harakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit bermaydi va yо‘llardagi transport oqimi muvozanati ta’minlanadi. Bundan tashqari, elektron kuzatuvni joriy qilish orqali ayrim uzoq masofali yо‘nalishlarda sarflanayotgan bojxona kuzatuviga ajratilgan mablag‘larni qisqartirish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi “Bojxona yig‘imlari stavkalari tо‘g‘risida”gi 700-sonli qarori asosida belgilangan “bojxona kuzatuviga olganlik uchun” bojxona yig‘imi 200 km masofagacha BHMning 2 baravari, 200 km dan ortiq masofagacha BHMninig 5 baravari miqdorida undirilishi belgilangan . Agar, “Dautata” chegara bojxona postidan “Dо‘stlik” bojxona kompleksigacha masofa 1730 kmga tengligini va unga tо‘lanadigan yig‘im miqdori BHMninig 5 baravarini tashkil qilishi hisobga olinsa, bu yо‘nalishda bir avtotransportni bojxona kuzatuvini amalga oshirish 1 mln 350 ming so’m miqdoridagi xarajatni talab qiladi. Ekspertlar fikricha, elektron kuzatuvni amalga kiritish yuqoridagi kabi uzoq masofal yо‘nalishlarga sarflanadigan xarajatlarni 35-40 %gacha kamaytirish imkonini beradi. Mamlakat hududi orqali avtotransportda tashilayotgan xalqaro yuklarning hajmini oshirishga va ularning harakatini tezlashtirishga yо‘naltirilgan choralardan yana biri sifatida, bugungi kunda 31 mamlakat tomonidan imzolangan “TIR-EPD” tizimini keltirish mumkin. Xalqaro miqyosda eksport-import operatsiyalarida qо‘llanilayotgan, tovarlarni oldindan elektron deklaratsiyalash (TIR-EPD) amaliyoti tashuvchining chegara bojxona postlaridagi rasmiylashtiruvga sarflanadigan vaqtini qisqartirishga xizmat qiladi
Tizim ayni shu davrdan boshlab, bosqichmabosqich tarzda amaliyotga joriy etilmoqda. Lekin, bu tizim imkoniyatidan faqat xalqaro tashuvlarda TIR Karnetkitobchasi orqali harakatlanayotgan, ya’ni, О‘zbekiston avtomobilda tashuvchilar uyushmasiga a’zo bо‘lgan avtotashuvchi firmalargina foydalanmoqda. Ayni vaqtda respublikada xalqaro TIR Karnet kitobchasi orqali harakatlanayotgan milliy tashuvchi firmalar soni 205 tadan iborat bо‘lib, ular hisobidagi yuk avtotransportlari soni 2500 ga yaqinni tashkil qiladi. Bu esa, xalqaro yuk tashuvlarida qatnashayotgan 530 dan ortiq firma va ular hisobidagi 5500 ta yuk avtotransportining barchasiga yuqoridagi tizimdan foydalanish imkoniyatini bermaydi. Kelgusida mazkur tizim imkoniyatlaridan barcha avtotashuvchi firmalarga foydalanish sharoitini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “TIR-EPD” tizimi orqali oldindan elektron deklaratsiyalashni amalga oshirayotgan mamlakatlar rо‘yxati Manba: О‘zbekiston Xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi ma’lumotlari asosida mualliflar ishlanmasi.Umuman olganda, bugungi kunda respublikada bojxona kuzatuvi sohasidagi mavjud qonunchilikni takomillashtirish, undagi transport xizmatlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish dolzarb masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. Bunda, yetakchi xorijiy davlatlarda amalda bо‘lgan elektron transport xizmatlarini joriy etish zarurati yuzaga keladi. Shundan kelib chiqib,
- mamlakat tranzit salohiyatini oshirish borasida quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: - respublika bojxona organlarida “GPS-elektron kuzatuv”ni joriy etishda investorlar orasida malakaga ega bо‘lgan milliy tashkilotlarni aniqlash, ular bilan о‘zaro manfaatli hamkorlikni yо‘lga qо‘yish;- bojxona organlarida “GPS-elektron kuzatuv”ni joriy qilishning tashkiliy jihatlarini xorijiy davlatlar, xususan, Ozarbayjon va Moldova Respublikalari tajribalarini о‘rganish asosida amalga oshirishni taqazo etadi.


Yüklə 79,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin